Kompyuter tizimlari kafedrasi



Yüklə 301,46 Kb.
səhifə7/12
tarix05.06.2023
ölçüsü301,46 Kb.
#125350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-Ma’ruza. Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasining rivojlan

Monitorlar. Kompyuter monitori (displey) ekranga matnli va grafik axborotni chiqarishga mo’ljallangan. Monitorlar monoxrom yoki rangli bo‘lib, matnli hamda grafik xolatlarda ishlashi mumkin.Matn xolatida monitor ekrani shartli ravishda aloxida belgi o‘rinlariga (ko‘pincha 80 ta belgili 25 ta satrga) bo‘linadi. Har bir o‘ringa 256 ta belgidan biri kiritilishi mumkin. Bu belgilar qatoriga katta va kichik lotin alifbosi xarflari, raqamlar, tinish belgilari, psevdografikramzlar va boshqalar kiradi. Ranglimatnlarda har bir belgi o‘rnigao‘zining va fonning rangi moskelishi mumkin. Bu esa chiroylirangli yozuvlarni ekranga chiqarishimkonini beradi.
Grafik holat ekranga grafiklar, rasmlar va boshqalarni chiqarishga mo‘ljallangan. Bu xolatda axborotlarni turli yozuvli matnlar shaklida ham chiqarish mumkin. Yozuvlar ixtiyoriy shrift, o‘lcham, interval va boshqalarga ega bo‘lishi mumkin.Grafik holatda ekran yoritilgan va yoritilmagan nuqtalardan iborat bo‘ladi. Har bir nuqta monoxrom monitorlarda qoraroq yoki yorug‘roq, rangli monitorlarda esa, bir yoki bir necha rangda bo‘lishi mumkin. Ekrandagi nuqtalar soni berilgan holatdagi monitorning xal etish qobiliyatiga bog‘liq. Shuni ta’kidlash lozimki, xal etish qobiliyati monitor ekranining o‘lchamlariga ham bog‘liq.IBM rusumidagi kompyuterlarda so‘nggi paytlarda kerakli sifatga ega bo‘lgan tasvirni hosil qilish imkonini beruvchi SVGA va suyuq kristalli (LCD) monitorlari qo‘llanilmoqda.
Klaviatura. IBM PC klaviaturasi foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni va boshqaruv buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo‘ljallangan qurilmadir. Klaviaturaning umumiy ko‘rinishi undagi tugmachalar soni va joy­lanishiga qarab turli xil kompyuterlarda farq qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi o‘zgarmaydi.

Sichqoncha va trekbol. Sichqoncha va trekbol kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali qurilmalari hisoblanadi. Ular klaviaturaning o‘rnini to‘laligicha almashtira olmaydi. Bu qurilmalar asosan ikki yoki uchta boshqaruv tugmachasiga ega.Sichqonchani ulanishining uch usulini ko‘rsatish mumkin. Eng ko‘p tarqalgan usul ketma-ket port orqali ulanishdir. Shinali interfeysli sichqonchalar kamroq tarqalgan. Ularni ulash uchunmaxsus interfeys yoki «sichqoncha»porti kerak bo‘ladi. Uchinchiko‘rinishdagi ulanish PS/2 stilidagi sichqonchalarda amalga oshirilgan.Hozirgi kunda ular portativ kompyuterlarda ishlatilmoqda.
Тrekbol — «ag‘darilgan» sichqonchani eslatuvchi qurilmadir. Тrekbolda uning korpusi emas, balki sharcha xarakatga keltiriladi. Bu esa kursorni boshqarish aniqligini sezilarli ravishda oshirishga imkon beradi. Shu bois trekbolga ega bo‘lgan sichqonchalarga qiziqish ortib bormoqda.

Yüklə 301,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin