Kompyuter tarmoqlarining texnik ta’minoti Reja: Tarmoq protokollari. Lokal tarmoqlar



Yüklə 113,15 Kb.
səhifə3/4
tarix02.06.2023
ölçüsü113,15 Kb.
#123002
1   2   3   4
kjybhbyu

Ma’muriyat tizimlari—tarmoqni boshqaradi. Kommunikasion tizimlar abonent tizimlar orasidagi axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog’lanishlarni kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi.

Mintaqaviy tarmoq—biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o’zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Bunday tarmoqda bir nechta markazlashgan (ya’ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quvvatli serverlar mavjud bo’ladi va bunday serverlar o’rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun’iy yo’ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
Global tarmoq—dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o’zida birlashtirish imkoniga ega bo’lgan tarmoq. Bu tarmoq Internet (Internet) deb yuritiladi.
Internet bilan birga intranet tushunchasi ham ishlatiladi.
Intranet—bu Internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va bayonnomalar asosida tashkil etilgan, ma’lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo’lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitini tashkil etuvchi kompyuter tarmog’idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farqlanadi: bir yoki bir nechta servyerdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma’lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo’ladi.
Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo’lib, uning foydalanuvchisiga bunday ma’lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, Internet tarmog’ida mavjud bo’lgan barcha elektron hujjatlar va ma’lumotlar omborini giperbog’lanishlar yordamida o’zaro bog’lab yagona axborot muhiti ko’rish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo’ladi.
Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki xizmatchi kompyuter) , konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. Har bir qurilmaning xususiyatini qisqacha yoritib o’tamiz.
Server—tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter.
Server disklarida kompyuterlarning birgalikda ishlash imkonini beruvchi dasturlar, ma’lumotlar omborlari va faksli aloqalarni, ma’lumotlarni bosmaga chiqarish ishlarini amalga oshiradi. Serverda joylashgan dasturlardan foydalanish doirasi umumiy masalaning qo’yilishiga ko’ra cheklangan bo’lishi mumkin.

Yüklə 113,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin