Kompyuter tarmoqlari mustaqil ishlarni bajarish uchun topshiriq va ko'rsatmalar Toshkent 2023 yil Umumiy tushunchalar



Yüklə 168,2 Kb.
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü168,2 Kb.
#196440
  1   2
1701519251 (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi



KOMPYUTER TARMOQLARI
Mustaqil ishlarni bajarish uchun topshiriq va ko'rsatmalar

Toshkent - 2023 yil


Umumiy tushunchalar
Mustaqil ishning (MI) maqsadi “Kompyuter tarmoqlari” fanidan o‘quv jarayonida olingan bilimlarni mustahkamlash va tizimlashtirish, ilmiy adabiyotlar va boshqa axborot manbalari bilan samarali ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, tahliliy fikrlashni hamda tadqiq etish qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
Fan bo‘yicha olgan bilimlari asosida talaba MI varianti bo‘yicha topshiriqlarni bajaradi va bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlaydi.
Mustaqil ish uchun berilgan umumiy ball 6 ball.
Vazifalar ikkita qismdan borat. Har bir mustaqil ish uchun 3 ball ajratiladi, ular quyidagi omillar bo‘yicha taqsimlanadi:
1. Mustaqil ish hajmiga qo‘yiladigan talablar va ro‘yxatga olish qoidalariga rioya etilishi: 0,5 ball.
2. Topshiriqni to‘g‘ri va to‘liq ochib berish: 1,5 ball.
3. Mustaqil ishni himoya qilish va savollarga javoblar: 1 ball.

Eslatma: Ishlarni o‘zaro nusxalash va o‘zlashtirish hollarida ular baholanmaydi va qayta qabul qilinmaydi.
Mustaqil ishlarni bajarish va tuzilishiga qo‘yiladigan talablar.
Vazifalar turli xil versiyalarda taqdim etiladi. Talaba guruh ro‘yxatidagi raqamga muvofiq o‘z variantini tanlaydi va uni to‘ldiradi.
Ish elektron shaklda topshirilishi / standart A4 o‘lchamdagi oq qog‘ozga chop etilishi kerak.
Hisobotda ish stolining parametr satridan (pozitsiyasidan) joriy sana va vaqtni ko‘rsatadigan ma‘lumotlarni ko‘rsatadigan skrinshotlar, shuningdek ko‘rsatilgan dasturning ishlashini vizualizatsiya qilish kerak.
Sahifa hoshiyalari: chapdan – 3 sm, o‘ngdan – 1,5 sm, yuqoridan va pastdan – 2 sm.
Matnni ikkala tomondan, bitta bo'shliqda tekislash (CTRL+J) tavsiya etiladi.
Sahifaning pastki qismida raqamlash.


Yüklə 168,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin