Kompyuter grafikasining rivojlanish tarixi



Yüklə 157,52 Kb.
səhifə2/2
tarix25.12.2023
ölçüsü157,52 Kb.
#197238
1   2
Erbo\'tayeva Ozoda

Bu dastur fayllarni boshqarish, kompyuter displeyida slayd-filmlar namoyish etish, «qo’lda» chizish va tasvir qatlamlari bilan ishlash, uch o’lchamli maxsus effektlarni qo’llash, matnni qayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan. Bulardan tashqari Windows muxitida ishlovchi Adobe PhotoStyler, SGI va Macintosh kompyuterlari uchun mo’ljallangan Barco Creator, Live Picture, Scitex Blaze, Linotype Da Vinci, Eclipse, Pixelfx dasturlari ham keng tarqalgan. Barco Creator dasturi o’zining ishlash tezligi, hamda keng funksional imkoniyatlari bilan ajralib turadi.


Taqdimot ishlari dasturlari.
Makintosh va Windows muxitlarida ishlatiluvchi taqdimot dasturlar paketidan anchadan buyon mavjud dasturlar guruxini ajratib ko’rsatish mumkin. Bu guruxga Lotus firmasining Freelance Graphics, Software Publishing firmasining Harvard Graphics, Microsoft korporasiyasining Power Point dasturlari kiradi. Bu dasturlarni ishlab chiquvchilari xar bir yangi versiyasi(rusumi)da ishlatiladigan vositalarni ko’paytirib imkoniyatlarini kengaytiradilar. Makintosh va Windows muxitlaridagi yangi turdagi taqdimot dasturlari paketi multimedia vositalarini yanada to’liq ishlatishga mo’’ljallangan.
Bu dasturlar video a tovushli fayllarni qulay o’zatish (improt qilish), diagrammalarda annimasiya vositalaridan keng foydalanish imkonini beradi . Yangi turdagi taqdimot dasturlar katoriga Makromedia firmasining Action hamda Gold Disk firmasining Astound dasturlar paketi (tuplami) kiradi. Power Point dasturi MS OFFICE dasturlar to’plami tarkibiga kiradi. Undan foydalanish oson, qulay. Dasturda o’rgatuvchi o’quv dasturi, tayyor taqdimot namunalari, matn bilan ishlash vositalari, boshlovchilar uchun foydali yordam tizimi mavjud . Power Point dasturida ichki multimedia vositalari bo’lmasada, bu vositalarni OLE-2(Object Linking and Embedding) texnologiyasi yordamida kengaytirish va to’ldirish mumkin.
Astound dasturi( paketi) yangi taqdimot dasturlari ichida eng yaxshilaridandir. U ishlatilishi soddaligi bilan ajralib turadi. Tovushli kliplar, harakatli tasvirlar va multimedianing boshqa elementlaridan bir vaqtning o’zida baravar (sinxron) ishlatishga imkon beradi. Taqdimot dasturlari ichidan OS/2 va Macintosh muxitida ishlovchi komponovka (ihchamlashtirish, birlashtirish) va dizayn vositalariga ega Adobe Persuasion dasturini, Windows muxitida ishlovchi kuchli rasm chizish vositalari qulay boshqaruvga ega Novell Presentations dasturini, hamda slayd-ko’rgazmalar uchun Lifeboat Publishers firmasining Demo-it dasturini, taqdimotlar imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo’ljallangan Macromedia firmasining Director dasturlarini aloxida e’tiborga olish kerak bo’ladi.
lmiy vizuallashtirish dasturlari.
Ilmiy vizuallashtirish dasturlari nafaqat maxalliy rejalashtirish masalalarini hal qilishga, balki quyosh portlashlarini vizualashtirish masalalarini hal qilishgacha mo’ljallangan. ShК da ishlatiladigan ilmiy va muxandislik grafikasi dasturlari ichidan Golden Software firmasining Surfer va Grapher, MapViewer dasturlarini aloxida ko’rsatish mumkin. Bu dasturlar tekislik va grafiklar hamda rangli kartalar(xaritalar) yaratish uchun mo’ljallangan. Ular DOS va Windows muxitlarida ishlaydi. Rangli grafik va xaritalarni bu dasturlar yordamida ixtiyoriy monitor yoki tashqi qurilmalarga chiqarish mumkin. Surfer paketi z=f(x,y) ko’rinishdagi funksiyalar bilan aniqlanadigan ikki o’lchovli berilganlarga ishlov berish va vizuallashtirishga mo’ljallangan.
U tekislikning raqamli modelini ko’radi, yordamchi amallarini bajaradi hamda natijalarni vizuallashtiradi. Grapher dasturi y=f(x) ko’rinishdagi funksiyalarga ishlov berish va grafiklarini yasashga mo’ljallanagan. Unda bir rasmdagi grafiklar soni va grafiklardagi egri chiziqlar soni cheklanmagan. Xar bir egri chiziq 32000 tagacha nuqtadan iborat bo’lishi va bir grafikda xar hil o’lchovli, masshtabli bir nechta koordinata o’qlari bo’lishi mumkin. MapViewer paketi kartalarni kiritish taxrirlash-masshtablarni o’zgartirish, koordinatalarni o’zgartirish hamda kartalar bilan bog’lik raqamli axborotga( masalan- demografik ma’lumotlarga) ishlov berish va grafik ko’rinishda chiqarish imkonini beradi.
Yuqorida keltirilgan vizuallashtirish dasturlaridan tashqari umumiy holda ishlatiladigan quyidagi vizuallashtirish dasturlari ham bor: IRIS Explorer, VIS-5D, PV- Wave, Khronos, Data Visualizer, Data Explorer. SGIdagi Earth Watch dasturi yordamida Er ob–xavo sharoitining uch o’lchovli tasvirini modellashtirish va ko’rsatish, kosmik suratlar asosida topologik tekisliklarini ko’rish hamda ob-havo ma’lumotlarini bir xafta oldin berish mumkin. Video va komponovka bilan ishlash tizimlari. Raqamli videotasvirlarga ishlov berish dasturlari hamda ikki o’lchovli va uch o’lchovli grafikadan foydalangan holda ko’pqatlamli kompozisiyalarni yaratish, murakkab(s’yomka) suratga olish jarayoni o’rnini egallashi, kompyuter grafikasi yordamida suratga olingan materiallarga ishlov berish, suratga olingan materiallarni kompyuter animasiyasi bilan qo’shish, natijalarni kino va videotasmalarga chiqarish mumkin.
Yüklə 157,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin