Kompyuter grafikasining rivojlanish tarixi



Yüklə 157,52 Kb.
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü157,52 Kb.
#197238
  1   2
Erbo\'tayeva Ozoda


202-guruh talabasi
Erbutayeva Ozoda

Kompyuter grafikasining rivojlanish tarixi.


Кompyuter grafikasi o’zoq yillar davomida vujudga kelib 1960 yillarda ham to’laqonli grafik tizimlar mavjud bo’lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (КG) va kompyuter animasiyasi (КA) atamalaridan foydalaniladi. Кopyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha ko’rinishlari o’z ichiga olsa kompyuter animasiyasi dinamik o’zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi. Кompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o’zgartirish va tahrirlashdir. Кompyuter animasiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir. Кompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo’lib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o’rganadi. Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o’rganuvchi soha uch o’lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi.
Кompyuter grafikasi turlari.
Tuzilishiga ko’ra tasvirlar rastrli yoki vektorli bo’lishi mumkin. Masalan tasvir xosil qilishda skaner uni ko’pgina mayda elementlar (piksellar)ga bo’lib chiqadi va ulardan rastrli surat xosil qiladi. Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo’lib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning ma’lum bir miqdori vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda bu sonlar gorizontal bo’yicha (800) va vertikal bo’yicha (600) piksellar sonini belgilaydi. Piksellar soni qanchalik ko’p bo’lsa tasvirning ekrandagi va qoq’ozda chop etilgandagi sifati (razreshenie) yuqori bo’ladi. Vektorli grafikada tasvirlar matematik egri chiziqlarni rangi va bo’yalish rangini ko’rsatish orqali xosil qilinadi. Masalan oq fondagi qizil ellips bor yo’q’i ikki formula – to’q’ri to’rtburchak va ellipsning ranglari, o’lchamlari va joylashuvini aniqlovchi formulalari orqali tasvirlanadi. 
Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.
Xozirgi ko’nga kelib kompyuter grafikasi va animasiyasi vositalari kirib bormagan soxani topish qiyin. Кompyuter grafikasi va animasiyasi vositalarini qo’llanish soxasiga ko’ra quyidagi guruxlarga ajratish mumkin: · poligrafiya ishlari uchun mo’’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari; · ikki o’lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi; · taqdimot ishlari uchun mo’’ljallangan dasturlar; · ikki o’lchamli animasiya dasturlari; · uch o’lchamli animasiya dasturlari; · ikki o’lchamli animasiya dasturlari; · ikki o’lchamli va uch o’lchamli animasiya dasturlari; · videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar; · ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar.
Кompyuter grafikasi va animasiyasi dasturlari rassom va dizaynerlar, poligrafchi va kinematografchilar, kompyuter o’yinlari va o’qitish dasturlari yaratuvchilari, klipmeyker va olimlar, shuningdek o’z faoliyatida turli formatdagi tasvirlardan foydalanuvchi barcha mutaxassislarda ham katta qiziqish uyg’otadi. Poligrafiya ishlari va rasm chizish uchun mo’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari matnni turli ko’rinishdagi illyustrasiyalar bilan to’ldirish, saxifalar dizaynini yaratish, hamda yuqori sifatli poligrafiya maxsulotlarini chop ettirish imkoniga egadirlar. Bunday dasturlarga misol qilib, tasvirlarni qayta ishlash imkonini beruvchi Adobe Photoshop rastrli paketini keltirish mumkin. Bu va sho’nga o’xshash paketlar rastrli tasvirlarni taxrirlash va montaj qilish uchun zarur bo’lgan vositalardan: skanerlangan tasvirlar rangini korreksiyalash, fotosuratlarni «tekislash», maxsus effektlar va maskalardan foydalanish imkonini beradi. Paketning so’nggi versiyalari tasvirlarning ko’p qatlamli to’zilmasini qo’llash vektorli konturlarni yaratish va taxrirlash imkoniyatlariga ham ega.
Paket tarkibiga turli maskalar, ko’p sonli filtrlardan tashqri rang bilan ishlash va maxsus effektlarni yaratishga mo’’ljallangan vositalar majmui kiritilgan. Rastrli paketlardan tashqri poligrafiya ishlari uchun mo’ljallangan vektorli kompyuter grafikasi dasturlari ham mavjud. Bulardan Windows tizimi uchun mo’ljallangan Adobe Illustrator va Corel Draw dasturlari haqida aytib o’tish lozim. Illstrator illyustrasiyalar yaratish, sahifalarning umumiy dizaynini ishlab chiqish hamda tayyor tasvirni yuqori sifatda chop etishga mo’ljallangan. Paket ihtiyoriy shakldagi simvollar va figuralarni yaratib , so’ng ularni masshtablash, aylantirish(o’z uqi atrofida) va deformasiyalash imkoniyatlaridan tashqari matn va ko’p varaqli xujjatlarni qayta ishlash vositalariga ega. Corel Draw vektorli paketi rasm chizishdan tashqari turli grafiklarni tayyorlash va rastrli tasvirlarni taxrirlash ishlarini bajara oladi.

Yüklə 157,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin