Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix12.08.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#139265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Yaxshiboyeva Durdona

2-
 
ta’rif. 
To‘plamning elementlari soniga to‘plam quvvati deyiladi va n(A) kabi 
belgilanadi. 
Masalan, A={a,b,c,d,e,f,g} to‘plamning quvvati n(A)=7ga, B={a}to‘plamning 
quvvati n(B) = 1 ga, C={b,d,f} to‘plamning quvvati n(C)=3 ga, D={a,g} to‘plamning 
quvvati n(D)=2 ga teng. 
3-
 
ta’rif. 
Quvvatlari teng bo‘lgan to‘plamlar teng quvvatli to‘plamlar deyiladi. 
Masalan, A={a,b,c} va C={b,d,f} to‘plamlar teng quvvatli. n(A) = n(C) = 3. 
To‘plamlarning berilish usullari. 
Agar har bir elementning ma’lum bir 
to‘plamga tegishli yoki tegishli emasligi bir qiymatli aniqlangan bo‘lsa, to‘plam berildi 
deyiladi. 
Sonli to‘plamlar uchun xarakteristik xossani formula bilan berish qulay. Bu holda, 
odatda, katta qavslar ichiga to‘plam elementi belgisi, vertikal chiziq va undan keyin 
to‘plam elementiga tegishli xossa yoziladi. Masalan: «M ‒ 6 sonidan kichik bo‘lgan 
natural sonlar» to‘plami bo‘lsin. Bu to‘plam xarakteristik xossasi orqali M={n |n

N va 
n < 6} ko‘rinishda ifodalanadi. Shunga o‘xshash: C={c|c<9, C

N}. «C‒9 sonidan katta 
bo‘lmagan natural sonlar» to‘plami. 
X={x|x
2
-4=0, x

R} bo‘lsa, X‒x
2
-4=0 tenglamaning haqiqiy ildizlari to‘plami 
bo‘ladi. 
Y={y|-2≤y≤6, y

R} bo‘lsa, Y‒ -2 dan 6 gacha bo‘lgan butun sonlar to‘plami 
hisoblanadi. Ba'zi bir sonli to‘plamlar uchun maxsus bеlgilar kiritilgan: N-natural 


sonlar to‘plami, Z–butun sonlar to‘plami, N
0
–butun nomanfiy sonlar to‘plami, Q–
ratsional sonlar to‘plami, R–haqiqiy sonlar to‘plami. 
To‘plam turlari. 
To‘plamlar ularni tashkil etuvchi elementlari soniga ko‘ra 3 
turda bo‘ladi: 
4-
 
ta’rif: 
Birorta ham elementi bo‘lmagan to‘plam bo‘sh to‘plam deyiladi va Ø 
ko‘rinishda belgilanadi. Bo‘sh to‘plamning quvvati n(Ø)=0 ga teng. 
Masalan, x
2
+4=0 tenglamaning haqiqiy ildizlari to‘plami, oydagi daraxtlar 
to‘plami, dengiz tubidagi quruq toshlar to‘plami bo‘sh to‘plamlardir. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin