530
www.
kokanduni.uz
“IKKI ESHIK ORASI”
ROMANIDA QO
‘
LLANGAN METAFORALARNING LINGVOPOETIK
TAHLILI
Dilnavoz Abdurahimova
Farg
‘
ona davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada metafora hodisasini grammatik jihatdan tahlil qilingan,
metafora ko
‘chimining ma’no turlari o’rganilgan hamda roman yuzasidan tahlili bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
tasviriy vositalar, ko’chim,
o’z ma’no, belgi, semema.
Kirish.
Tilshunoslik fanida metafora hodisasi - tilshunoslikdagi mavjud iboralarni qayta
ko'rib chiqish jarayonida yangi ma'nolarni
yaratish jarayoni sifatida ham, tayyor metaforik
ma'no sifatida ham ko'rib chiqilgan. Bu mavzu bo'yicha keng ko'lamli adabiyotlar mavjud.
Metaforani o'rganish bo'yicha ishlar bugungi kungacha davom etmoqda va u haqida bir
qancha ilmiy maqolalar ham yaratilgan. Tilshunoslikda metaforani o'rganadigan
turli
yo'nalishlar
ko'rib
chiqiladi.
Metafora (gr. metaphora - ko'chirish
) - nutq mexanizmi, biror leksema denotatining tashqi,
zohiriy o'xshashligi asosida boshqa ma'noni ifodalash uchun ishatilishi. Metaforik ma'no
hosil
bo'lishi uchun quyidagidan biri sabab bo'ladi:
1) bir so'z boshqa so'zga nisbatan so'zlovchining ifoda maqsadiga ko'proq mos va
muvofiq bo'ladi va shuning uchun birinchisi o'rnida ikkinchisi qo'lIaniladi;
2) biror denotatning ifodalovchisi bo'lrnaydi va ma'lum bir so'z boshqa denotatni ham
ifodalash uchun qo'lIanadi.Demak, birinchi holda ko'chirilayotgan so'z denotatning ikkinchi
atamasi bo'lsa, ikkinchi holda birinchi atamasidir. Masalan, (
quyi
) so'zi anglatadigan ma'noni
(
etak
) so'zi qulayroq va to'laroq ifodalaganligi bois tog'ning quyi tomoniga nisbatan (etak)
so'zi ishlatilgan. O
‘
zbek tilida dengizdagi o'ziga xos jo'g'rofiy o'rinning nomi bo'lmaganligi bois
(qo'ltiq) so'zi unga nisbatan ham qo'llanadi. Metafora hodisasi asosan, ot turkurni doirasida,
qisman fe'lda uchraydi: Qush uchdi. Samolyot uchdi qurilmalarining ikkinchisida (uchmoq)
fe'li ifodalagan harakat qushning havodagi qanotlarini silkitib qilgan parvoziga o’xshaydi. Shu
boisdan (uchmoq) fe'li ifodalagan keyingi ma'no rnetaforik ma'no. Metafora hosila ma'no hosil
qilishning keng tarqalgan usuli sifatida badiiy uslubning, nutqning eng rnuhim vositasidan
hisoblanadi. Metaforik hosila ma'no nutqda juda ko'p uchraydi.
Ammo ularning
lisoniylashgani
–sememaga aylangani nisbatan kam qo’llaniladi.
O
‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarida qo’llanilgan metaforaga ko’chimiga oid
birliklar tahlili nazariyasi
Barcha asarlarda bo’lgani kabi O’tkir Hoshimovning ushbu asarida ham voqealarni
tasvirlashda tasviriy vositalar orqali aytishi muhim hodisalardan biridir.
Shuningdek, bu
asarda ham ko’chimning bir qancha turlari ham qatnashgan v
a ular badiiy asarning qanchalik
jozibadaor va go’zalligini ko’rsatib beradi.
Xullas, uch kun avval «Moskvich»ida kelib qoldi. Yigitlar uchinchi qavatda domino o‘ynab
o‘tirishar, shaqur
-shuqur tovushlar pastdan bemalol eshitilib turardi. Shavkat
Qudrato
vichning rangi o‘chib ketdi...
-
Dezorganizatorlikka o‘zlari bosh
-
qosh bo‘ptilar shekilli, o‘rtoq Shomurodov?
- dedi labi
burilib. -
Brigadirlik yuki og‘irlik qilib qoldimi? Yana indamadim. Oxiri uning toqati toq bo‘ldi.
- Til-
zabon bormi o‘zi!
- dedi tutoqib.
–
Kvartal tugayapti. Birinchi iyuldan pardozchilar
ishga tushishi kerak. To‘rtinchi qavatni kim montaj qiladi? Tomni kim yopadi?
Ushbu parchada keltirilgan metafraga oid birliklar keltirilgan:
Parchada keltirilgan
“Shavkat Qudratovichning rangi o‘chib ketdi” birligida “rangi o’chib ketdi” iborasi orqali
yuzaga kelgan. Buning sababi aslida rangi o’chib ketmoq bu shaxsga nisbatan emas,
balki
narsaga nisbatan ishlatiladi. Masalan; Bu kitobning rangi o’chib ketdi. Birligida o’z ma’nosida