Kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishchora tadbirlari


Kichik yoshdagi bolalar uchun



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/21
tarix13.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#113000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Kitobhonlik

Kichik yoshdagi bolalar uchun.
N. Nosov yaratgan Pochemuchka (Nimavoy-o`zbek tilida Bilmasvoy tarzida tarjima qilingan)-bu yoshdagi bolalarning umumlashma obrazi darajasiga ko`tarilgan
Bu yoshdagi bolalar folklordan kengroq bahramand bo`la boshlaydilar: tez aytishlar mashqi bilan nutq tovushlari talaffuzini ravonlashtirsalar, chandish o`ynab so`zlar ohangdoshligini idrok qiladilar; guldur-guplar vositasida so`z va harakat uyg`unligini his etsalar, topishmoqlarni echish jarayonida zehnlarini charxlay boradilar
Maktab yoshidagi bolalar.
Ruhshunoslarning ma`lumotlarga ko`ra, bu yoshdagi bolalar dastlabki bosqichda 3600 tacha so`zdan foydalanishadi.
Sharl Perro, aka-uka Grimmlar, H.K.Andersen, Petr Ershov asarlarini, ayniqsa, bolalarga moslashtirib tabdil qilingan «Ellada qahramonlari», E. Rapsening
«Baron Myunxauzenning sarguzashtlari», shuningdek, A. Tolstoyning «Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari», Leonid Solovevning «Nasriddin afandi sarguzashtlari», Sh.Sa`dullaning «Yog`och qo`g`irchoq yoki Kachal polvon sarguzashtlari» ertak-qissalarini, Turg`unboy G`oyibovning adabiy-nasriy ertaklarini zavqu shavq bilan o`qiydilar
mashhur italyan bolalar adibi Janni Rodarining
«Chipollinoning boshidan kechirganlari», «Jelsomino yolg`onchilar mamlakatida»,
«Muzqaymoqdan qurilgan shahar», shved bolalar adibasi Astrid Lindgrenning «Mittivoy va tomda yashovchi Karlson haqida ikki qissa», polyak Yanush Korchakning «Qirol Matiush birinchi», shuningdek, qardosh xalqlar bolalar adabiyotlarining eng sara namunalari alohida
O’smirlar uchun.
. Aytaylik, Jyul Vernnning «Kapitan Grant bolalari», «Ostin-ustun», «Havo sharida besh hafta», «Sirli orol», «g`aroyib sarguzashtlar», A.Tolstoyning «Injener Garinning mo``jizasi»,
«Aelita», A.Belyaevning «Jahongir», «Prafessor Douelning boshi», A.Kazancevning
«Yonuvchi orol», I.Efremovning «Odam-amfibiya», «Andromeda tumanligi», ilmiy-fantastik romanlari qatorida o`zbek fantastikasi namunalarini tavsiya etish mumkin.
O`zbek ilmiy-badiiy fantastikasi 20-yillarda Abdurauf Fitrat va Abdulla Qodiriylar ijodida kurtak yozgan bo`lsa-da, asosan, 60-yillardan e`tiboran chinakam jonlanish jarayoniga kirdi. Bugungi kunda o`zbek fantastikasining «Rene jumbog`i», «Ajdodlar xotirasi», «/aroyib ko`lanka», « Jodugarning eli», «Telba dunyo», «Ikki jahon ovorasi», «Tutash olamlar», (H.Shayxov), «Hikmat afandining o`limi», «Somon yo`li elchilari», «Falak», «Chorrahada qolgan odamlar» (T.Malik), «Men- men emas», «Mangu kuy
izlab», «Teskari ko`zlilar sayyorasi», «Rayhondagi zarpechak», (M.Mahmudov), «Ming bir qiyofa», «Ko`zgu oldidagi odam» (O.Muxtor) singari e`tirofga sazovor qissa va romanlardan iborat namunalari paydo bo`ldi. Bu asarlar o`smirlar tafakkurini teranlashtiradi, dunyoqarashlarining shakllanishiga, xayol qila bilish salohiyatlarining takomillashuviga, taxayyullotlarining uchqurlashuviga kuchli ta`sir ko`rsatadi.
avtobiografik asarlar,
memuarlar ayricha
Chunki jadidchilikning poydevori, tamal toshi usuli jadid maktabi bo`lgan. “Jadidchilik”ning asosida “jadid” so`zi yotadi. “Jadid”ning ma`nosi “yangi”-“yangi tafakkur”, “yangi inson”, “yangi avlod” singari keng ma`nolarni o`zida mujassam etgan. Istilohning kirib kelishi Ismoilbek Gasprali (Gasprinskiy) ochgan yangi maktab nomi bilan bog`liq. U 1884 yilda Boqchasaroyda bir maktab ochib, “usuli jadid” nomi bilan ataydi
Ushbu maktablar uchun yozilgan ilk darsliklar esa o`z navbatida, bolalar adabiyotiga yo`l ochdi. Jumladan, 1907-17- yillarda Munavvarqorining “Adibi avval”, “Adibi soniy” darsliklari, Abdulla Avloniyning “Adabiyot, yoxud milliy she`rlar” majmuasi, “Birinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yoxud, axloq” Ayniyning “Tahzib us-sibyon”, Fitratning “O`qu”, Sh.Rahimiyning

Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Saidrasul Aziziy (1866-1936) Abdulla Avloniylar, ayniqsa, salmoqli natijalarga erishdilar. M. Behbudiyning «Risolai asbobi savod»(1914), «Risolai jo`g`rofiyai umroniy» (1905), Risolai jo`g`rofiyai Rusiy» (1905), Kitobat-ul atfol» (1908),


«Amaliyoti islom» (1908), «Tarixi islom» (1909), Munavvarqorining «Adibi avval», «Adibi soniy», «Tavji-al qur`on», «Yer yuzi» singari alifbo xrestomatiya va o`quv qo`llanmalari dunyoga keldi. Ayniqsa, S.M.Graminiskiyning (1859-1919) qo`llab-quvatlashi va uning tomonidan tuzilgan «Birinchi o`qish kitobi», «Ikkinchi o`qish kitobi»(1898), «Uchinchi o`qish kitobi»(1898) darsliklari ta`sirida bitilgan Saidrasul Aziziyning «Ustodi avval» (1902) otlig` birinchi o`zbek alifbosi, Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim» (1908) va «Ikkinchi muallim» (1912), shuningdek, to`rt juzdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she`rlar» singari darslik va qo`llanmalari katta e`tibor qozondilar, ularda keltirilgan she`r va nasriy lavhalar bolalarbopligi bilan ajralib turishidan tashqari, aksariyati I.A. Krilov, A.S.Pushkin, L.N. Tolstoy va K.D. Ushinskiylarning bolalarga atalgan masallari, she`riy ertaklari va hikoyalari tarjimasidan iborat edi. Zotan, XX asr boshlaridagi o`zbek ma`rifatparvarlik harakatining yetakchi namoyandasi, Toshkentdagi yangi usul – “usuli savtiya” maktablarining asoschilaridan biri Abdulla Avloniy o`zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotiga ham samarali hissa qo`shgan shoirdir.
“Sovg`a”, “Kattalarga o`qish”, Hamzaning “Yengil adabiyot`, “Qiroat kitobi” kabilar chop etilib, maktablarda o`qitilgan
Yana bir muhim jihat shundaki, jadid yozuvchilari shunchaki ijodkor emas, balki jamoatchi ham edilar. Ular faqat qalami bilan emas, balki ijtimoiy, siyosiy, ma'rifiy amali bilan ham miliatni uyg'otishga jahd qilgandilar. Agar ma'rifatchilar ko'p asrlik milliy adabiyotga yangi mavzular olib kirgan bo'lsa, jadidlar o'zbek adabiyotiga drama, roman, hikoya singari yangi janrlarni
O`zbek bolalar adabiyotining shakllanish jarayoni XX asrning 20-30 yillarida, ayniqsa, jiddiy tus oldi, tezlashdi va keng qamrov kasb eta bordi.
Ubayd Zokoniyning "Mushuk ila sichqon" qissasi(Xislat tarjimasi), rus adabiyoti namoyondalari I.A.Krillov, A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, K.D.Ushinskiy masallari, ertaklari va hikoyalarining o`zbek tiliga o`girila boshlanganligi, shuningdek, Said Rasul Aziziy va Abdulla Avloniylarning voqeaband she`rlari, masallari hamda Hamzaning xalq rivoyati asosida yozilgan "Bolaning yomon bo`lmog`iga sabab bo`lgan onaning jazosi" she`riy ertagi, qolaversa, Abdulla Qodiriyning 20-yillarda xalq ertagi ruhida yozilgan "Jinlar bazmi" va Abdurauf Fitratning "Qiyomat" nasriy adabiy ertaklaridan o`z sarchashmasini olgan folklor syujetlari negizida bolalarbop asarlar yozish va shu asosda realistik o`zbek bolalar adabiyotini shakllantirish va rivojlantirish harakati 30-yillar arafasi va davomida chinakkam yangi bosqichga ko`tarildi.
kiritdilar. M. Behbudiyning «Padarkush»1 A.Avloniyning «Advokatlik osonmi», «Pinak»,
«Bizvasiz», «Ikkisevgi», «Fitratning», «Munozara», «Hind sayyohi», «Oila», Yurt qayg'usi»,
«Abulfayzxon», «Shaytonning tangriga isyoni», «Qiyomat», Hamzaning» Uyon,Vatan!»,
«Yig'la,Turkiston», «Dardiga darmon istamas», «Turkiston», «Shundoq qolurmu», «Yangi saodat», «Zaharli hayot», «Boy ila xizmatchi», «Maysaraning ishi», «Paranji sirlaridan bir lavha», «Istibdod qurbonlari», «Loshmon fojiasi», «Farg'ona fojiasi», Qodiriyning «Uloqda»,
«Tinchish», «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan», «Toshpo'lat tajang nima deydi», «O'tkan kunlar», «Mehrobdan chayon», Cho'lponning «Buzilgan o'lkaga», «Xalq», «Ko'ngil»,
«Binafsha», «Go'zal Farg'ona», «Go`zal», «Vahm», «Istash», «Galdir», «Bahorni sog'indim»,
«Sirlardan», «Yorqinoy», «Kecha va kunduz» singari va boshqa yuzlab asarlar jadid adabiyotining yetuk namunalaridandir.Jadid adiblarining asarlarida insoniy taqdirlar, qismat fojialari millat ozodligi, inson erki, Vatan buyukligi muammolari fonida aks ettirildi

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin