Kirish marganets


Tabiatda tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]



Yüklə 301 Kb.
səhifə6/14
tarix27.12.2023
ölçüsü301 Kb.
#200565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
marganets sulfatning olinishi va xossalari

Tabiatda tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Marganets - Yerda tarqalishi boʻyicha 14-element, yer poʻstida esa temirdan keyin ikkinchi ogʻir metall (yer poʻsti atomlarining umumiy sonidan 0,03%).

Marganets minerallari[tahrir | manbasini tahrirlash]


  • pirolyuzit MnO2·xH2O, eng keng tarqalgan mineral.

  • manganit qo'toq (manganets rudasi) MnO(OH)

  • braunit 3Mn2O3·MnSiO3

  • gausmanit (MnIIMn2III)O4

  • rodoxrozit (marganetsli shpat, malina rangli shpat) MnCO3

Olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]


1. Gausmanitdan yoki qizdirilgan pirolyuzitdan (gausmanitga oʻtib ketadi) alyuminotermik usul bilan:
3(MnIIMn2III)O4 + 8Al → 9Mn + 4Al2O3
2. Temir tarkibli marganets oksid rudalaridan koks bilan qaytarish yoʻli bilan.Bu usul bilan metallurgiyada odatda ferromarganets olinadi (≅80 % Mn).
Ximik hossalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oksidlangan shakli

Qaytarilgan shakli

Muhit

E0, В

Mn2+

Mn

H+

−1,186

Mn3+

Mn2+

H+

+1,51

MnO2

Mn3+

H+

+0,95

MnO2

Mn2+

H+

+1,23

MnO2

Mn(OH)2

OH

−0,05

MnO42-

MnO2

H+

+2,26

MnO42-

MnO2

OH

+0,62

MnO4

MnO42-

OH

+0,56

MnO4

H2MnO4

H+

+1,22

MnO4

MnO2

H+

+1,69

MnO4

MnO2

OH

+0,60

MnO4

Mn2+

H+

+1,51

Davriy sistemadagi 7-gruppaning yonaki gruppachasi
7-gruppaning yonaki gruppachasiga marganets, texnitsiy, reniy elementlari kiradi. Bu elementlarning sirtqi qavatida 2 ta, sirtidan ikkinchi qavatida 13 ta elektron bor. Reaksiyada bu elementlar sirtqi qavatidagi ikki elektronni berib, ikki musbat zaryadli boʻladi, ammo sharoitga qarab, sirtdan ikkinchi qavatidan 5 tagacha elektron berishi mumkin, demak ular ham galogenlar kabi valentliklari oʻzgaruvchan boʻladi, hosil qilgan birikmalarida yuqori valentligi +7 ga yetadi. Gruppasidagi elementlar sirtqi qavatidan 2 ta elektron boʻlgani uchun, marganets elektron qabul qila olmaydi va reaksiyalarda faqat elektron yoʻqotadi.
Marganetsning tabiatda uchrashi. 7-gruppaning yonaki gruppachasidagi elementlar orasida eng muhimi marganetsdir. U yer poʻstlogʻining 0,01% ni tashkil etadi. Marganetsning tabiatda eng koʻp uchraydigan birikmalaridan biri pirolyuzit MnO2.Tabiatda marganetsning quyidagi birikmalari ham koʻp uchraydi M: Mn2O3, Mn3O4, MnS, MnS2. Marganetsning eng katta konlari Ukrainada, Zakavkazeda, Gruziyada, Uralda, Gʻarbiy Sibirda, Qozogʻistonda  mavjud. 
Marganetsning davriy sistemadagi oʻrni. 

  • Kimyoviy belgisi Mn;

  • 4-davr;

  • 4-qator;

  • 7-guruhning yonaki gruppachasi; 

  • Tartib raqami 25;

  • Atom ogʻirligi 54,9;

  • Metall;

  • 2-7 valentlikni namoyon qiladi;

  • Kislorodli birikmasi MnO2, Mn2O3, Mn3O4;

  • Vodorodli birikmasi yoʻq;

  • Atom tuzilishi +25)2)8)13)2);

  • p=25, e=25, n=25;

Marganetsning fizik xossalari. Oq tusli qattiq metall boʻlib, solishtirma ogʻirligi 7,4 ga teng, suyuqlanish temperaturasi 1250C qaynash temperaturasi 2050C ga teng. Havoda yupqa oksid parda bilan qoplanadi.
Marganetsning kimyoviy xossalari. Marganets suyultirilgan kislotalardan vodorodni siqib chiqaradi, kukun holdagi marganets oson oksidlanadi, galogenlar, oltingugurt, fosfor, uglerod bilan reaksiyaga kirishadi. Marganets qizdirilganida suvdan vodorodni siqib chiqarishi mumkin.
Mn(kukun) + 2H2O → Mn(OH)2 + H2
Mn + 2H2SO4(kons) → MnSO4 + SO2 + 2H2O
3Mn + 8HNO3(kons) → 3Mn(NO3)+ 2NO+ 4H2O
Mn + Cl→ MnCl2; Mn + S →= MnS
3Mn + 2P → Mn3P2; Mn + C → MnC
Marganets II-VII valentlikni namoyon qiladi. Marganetsning valentligi ortib borishi bilan asoslik xossalari kamayib, kislotalik xossalari ortadi.
Marganets (II) oksidi: marganets (II) oksidi marganetsning yuqori oksidlarini vodorod bilan qaytarish orqali marganets (II) oksidini hosil qilinadi. U suvda erimaydi, havoda oson oksidlanadigan yashil tusli modda, tabiatda MnS, MnCOkabi birikmalari uchraydi. 
MnO+ 4HCl→ MnCl+ Cl+ 2H2O
2MnO+ 2H2SO→ 2MnSO+ O+ 2H2O
Marganetsning koʻpchilik tuzlari pushti rangda boʻladi, xloridli, sulfatli, nitratli tuzlari suvda yaxshi eriydi.
Mn(NO3)+ 2NaOH → Mn(OH)+ 2NaNO3
Marganets tuzlariga ishqor tasir ettirilganida oq rangli choʻkma hosil boʻladi, hosil boʻlgan maxsulot suv va havo ta’sirida oksidlanib, 2Mn(OH)ni hosil qiladi.
2Mn(OH)+ O2 + H2O → 2Mn(OH)4
Marganets (III) oksidi. U qora rangli modda, tabiatda gidratlar Mn2O3*H2O holida uchraydi. 4MnO2→2Mn2O3+O2Mn2O3ga muvofiq keladigan tuzlar beqarordir. Mn(OH)– gʻoyat kuchsiz asos boʻlib, suvda erimaydi.
Marganets (IV) oksidi. U ham qora tusli boʻlib marganetsning barqaror birikmasi boʻlib, amfoterlik xossasiga ega, kuchli oksidlovchi. U qattiq qizdirilganida kislorodning bir qismi yoʻqolib, marganets (4) oksidiga aylanadi.
3MnO2→=Mn3O4+O2
Marganetsning (VI) valentlik birikmalari. Marganetsning 6 valentlik oksidi olinmagan, lekin unga xos boʻlgan marganetsning birikmalari olingan. M: H2MnO4 manganat kislota, tuzlari manganatlar. Manganatlar marganets oksidini kaliy gidroksid bilan qizdirish orqali uning tuzlarini olish mumkin.

Yüklə 301 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin