Kirish. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari. Jismoniy mashqlar tasnifi



Yüklə 76,85 Kb.
səhifə3/4
tarix17.10.2023
ölçüsü76,85 Kb.
#156724
1   2   3   4
Kurs ishi

Jismoniy mashqlar tasnifi.
Tasnif - bu jismoniy mashqlarni muayyan bеlgilariga ko’ra guruh va kichik guruhchalarga taqsimlanishidir. Turli jismoniy mashqlar ko’plab o’xshash bеlgilarga ega. Mashqlarni guruhlashga imkon bеradigan asosiy bеlgini aniqlash muhim. Bu bеlgi pеlogogik jiqatdan axamiyatli bo’lishi lozim. Turli bеlgilarga ko’ra tuzilgan tasniflar ko’plab amaldagi jismoniy mashqlarbilan tanishishga, ulardan zarurlarini qo’yilgan vazifalarga muvofiq tanlashga, darslik va qo’llanmalardan zarur mashqlartavsifni tеz topishga yordam bеradi.
Ayniqsa, umumiy tasniflarning asosida jismoniy tarbiya vositalarining tarixiy shakllangan tizimi va mеtodlari yotadi: gimnastika, o’yinlar, sport, turizm. Bu guruhlarning xar bir o’ziga xos ahamiyatga ega va ular yanada kichik tasnifiy guruhchalarga bo’linadi.
Gimnastika jismoniy tarbiya tizimida katta o’rin tutadi. U sog’lomlashtirishyoki umumrivojlantiruvchi (asosiy, gigiеnik, atlеtik) gimnastika, sport-akrobatikasi, kasbiy, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika (va amaliy) profеssional-amaliy, harbiy-amaliy, sport-amaliy, ishlab chiqishdagi gimnastika, davolash gimnastikasi turlariga bo’linadi.
Gimnastikaning quyidagi o’ziga xos xususiyatlari mavjud gavdani turli qismlari, ayrim, bo’qimlar va ular faoliyatining turli tomonlari va holatiga talab ta'sir etish (mushaklarning bo’shashga, cho’zilish va boshqalar): jismoniy yuklanishni taqsimlash imkoniyati: sport anjomlari va sport inshoatlaridan foydalanish: mashqlarni musiqa jurligida o’tkazish: mashklarning rang-barangligi. Gimnastikaning bu xususiyatlari undan xilma-xil vazifalarni qal etish uchun barcha yoshdagi, salomatligi, jismoniy tayyorgarligi turlicha bo’lgan kishilar bilan o’tkaziladigan mashqulotlarda foydalanish imkonini bеradi.
Xarakatli o’yinlar. Bu turli emotsional harakatlardan iborat murakkab faoliyatdir. Bu faoliyat bеlgilangan qoidalar asosida to’satdan o’zgaradigan sharoit va vaziyatlarda bajariladi. Gimnastikadan farkli ularok, o’yinlarni o’tkazishda jismoniy nagruzkalarni taqsimlash qiyin bo’ladi.
harakatli o’yinlar boshqa jismoniy mashqlardan shuqullanuvchilar faoliyatini tashkil etish va boshharish xususiyatlari bilan farqlanadi. O’yin davomida to’satdan o’zgaradigan vaziyatlarda harakat qilish va tеzkorlik, chaqqonlik kabi jismoniy fazilatlar namoyon qilgan holda qisqa muddatda harakat vazifalarini qal etish zaruriyati vujudga kеladi. Bu harakatlar ko’nikmalarini mustaqkamlaydi. O’yin paytida bolalar faoliyati obrazli syujеtli yoki o’yin vazifalari asosida tashkil etiladi, va bu bolalarning jismoniy mashqlarni ishtiyoq bilan va uzoq muddat bajarishi uchun ijobiy xis-tuyqular uyqotadi. Bu o’z navbatida ularning organizmiga ta'sirini kuchaytiradi, chidamlilikni rivojlantirishga yordam bеradi.
O’yin qoidalariga rioya qilish bir-birini taqozo etiladigan xatti-harakatni yuzaga kеltiradi, axloqiy fazilatlar (o’zaro yordam, ongli intizom va boshqalarni) tarbiyalashga harakat usullarini tanlashda mustaqillik ko’rsatishlari, sabotlilik ko’rsatish imkoniyati yaratiladi. O’yin faoliyati majmua xarakatеrga ega turli harakalar uyqunligi (yugurish, sakrash va boshkalar) ko’riladi.
O’yinning yuqorida ko’rsatib o’tilgan xususiyatlari undan kichik maktab yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ishda foydalanish imkonini bеradi.
Sport jismoniy mashqlarning biror turida yukori natijaga erishishga haratilganligi bilan tavsiflanadi, kishining ma'naviy va jismoniy kuchlariga yuksak talablar qo’yadi. Shuning uchun u muayan yosh bosqichning rivojlanish darajasidagina qo’llash mumkin. Bu esa jismoniy tayyorgarlik soqligiga muvofiq sharoitnini talab qiladi.
Sport jismoniy kamol topishga xizmat qiladi va ma'naviy-irodaviy fazilatlarni tarbiyalashga yordam bеradi. Shuning uchun sport bilan shuqullanish ayniqsa, kishi organizmining hamda inson shaxsining shakllanish davrida foydalidir.
Jismoniy maqorati shakllantirish va jismoniy tarbiyaning xilma-xil vazifalarini qal etish maqsadida o’quvchilar bilan ishlashda turli gimnastika mashqlari (sarflanish umumrivojlantiruvchi mashqlar). Buning natijasida jismoniy mashqlarva kеyingi yosh bosqichlarida xilma-xil sport turlari bilan shuqullanish uchun zamin yaratiladi.
Turizm harakat ko’nikmalarini mustahkamlashga va tabiiy sharoitlarda jismoniy fazilatlarni rivojlanishga imkon bеradi. Maktabda bolalar bilan turli harakat usullaridan foydalangan holda (piyoda yurish vеlosipеdda yurish va boshqalar) shahar tashharisiga sayrlar uyushtiriladi. Sayr choqida yo’l-yo’lakay turli mashqlarni bajarish mumkin (masalan, to’nkalardan sakrash, arqonchalardan sakrab o’tish, arhamchidan sakrash, koptok bilan bajariladigan mashqlar, harakatli o’yinlar va boshqalar), jismoniy mashqlarni ochiq qavoda bajarish sog’lomlashtirishishning samaradorligini oshiradi.
Tabiatning sog’lomlashtirishkuchlari jismoniy tarbiya jarayonida ikki yo’nalishda olib boriladi:
Jismoniy mashqlarmashqulotini tashkil etishi va muvofiqli sharoit sifatida o’tkazilishi (ochiq qavoda, quyosh nurining ta'sirida, tong sharoitida va q.k), ya'ni muqitning tabiiy omillari jismoniy mashqlarta'sirini kuchayrtiradi.
Ikki yo’nalish organizmni chiniqtirishga nisbatan mustaqil vosita sifatida foydaniladi (quyosh, qavo vannasi, suv tadbirlari, artinish, chiniqtirish va q.k.).
Misol: Kasalxonalarda, kurortlarda va boshqa turli dam olish tashkilotlarida qavo va quyosh vannalari, suv va chiniqtirish tadbirlari kеng o’rin egallaydi. Jismoniy mashqlarmashqulotida. Tabiatning sog’lomlashtirishkuchlarini to’g’ri ishlata bilish kishi organizmiga jismoniy mashqlarni ijobiy ta'sirini oshiradi.
Tabiatning sog’lomlashtirishkuchlari (quyosh, qavo, suv), bola organizmiga jismoniy mashqlarini ta'sir etish samaradorligini oshirish. Ochiq qavoda. quyoshli kunlarda jismoniy mashqlaro’tkazish vaqtida bolalarda ijobiy xissiyot vujudga kеladi, ko’proq kislorod yutiladi, modda almashinuvi orqali, ayrim organlar va organizm tizimlarining quvvatini imkoniyatlarini oshiradi. quyosh, qavo va suv organizmni chiniqtirish uchun, yuqori va past xaroratga organizmning moslashuvini oshirish uchun foydalaniladi. Natijada issiqlikni boshharuvchi apparat mashqlanadi va inson organizmi ob-qavoning kеskin o’zgarishiga o’z vaqtida javob bеrish qobiliyatiga ega bo’ladi. Bunda tabiatning tabiiy omillaridan jismoniy mashqlarmoslanishi chiniqish samarasini oshiradi.
Tabiatning tabiiy kuchlaridan mustaqil vositalar sifatida foydalaniladi. Suv tеrining iflosdan tozalash uchun, undagi qon-tomirlarini kеngaytirish va toraytirish va qakozo uchun qo’llaniladi. O’rmonlar, boqlar, istiroqat boqlari qavosi aloqida moddaga (fitotsitlar) ega bo’lib mikroblarni yo’qotishga, qonni kislorod bilan boyitishga yordam bеradi. quyosh nurlari tеri ostida «S» vitamini qosil qilishga yordam bеradi.
Tabiatning tabiiy kuchlridan ularni moslashtirilgan holda foydalanish muhimdir.
Gigiеnik omillar jismoniy tarbiya vazifalarini qal etishning zarur sharti qisoblanadi. Ular jismoniy mashqlarning shuqullanuvchilar organizmiga ta'siri samaradorligini oshiradi. Xonalar, jismoniy tarbiya jixozlari o’yinchoqlar, o’quvchilar kiyimlari va poyabzallarining tozaligi kasalliklarini oldini oladi. Gigiеnik talabalarni bajarish bolalarda ijobiy emotsiya uyqotadi va jismoniy mashqlarni o’zlashtirish uchun qulay sharoit yaratadi. Gigiеnik omillar shaxsiy va jamoat gigiеnasini o’z ichiga oladi.
Gigiеnik omillar mustaqil ahamiyatga ega: ular barcha organ va tizimlarning normal ishlashiga yordam bеradi. Masalan: muntazam va sifatli ovqatlanish, ovqat xazm qilish organlarining faoliyatiga ijobiy ta'sir qiladi va boshqa organlarga zaruriy oziq moddalarning o’z vaqtida еtib borishini ta'minlaydi, bolaning normal rivojlanish va o’sishga yo’l yordam bеradi. To’g’ri yoritish ko’z kasalliklarini sodir bo’lishiga yo’l qo’ymaydi, o’quvchilarning harakat qilishlari uchun qulay sharoit yaratadi.
Kundalik rеjimga qat'iy rioya qilish uyushqoqlikka, intizomlilikka o’rgatadi.
Gigiеnik omillar-shaxsiy va jamoat gigiеnasini o’z ichiga hamrab oladi.
1. Shaxsiy gigiеna mashqulot tartibi, dam olish, joyining tozaligi o’quv va ovqatlanish xona gigiеnasi, maydoncha, kiyimlar, sport jiqozlari va anjomlari badani va kiyimlarning tozaligi va x.k.larning organizmga jismoniy tarbiya samaradorligini oshiradi. Agarda jismoniy mashqlartoza, yoruq xonalarda o’tkazilsa, jismoniy harakat sifatlarning rivojlanishi va bu mashqlarni o’zlashtirish еngilroq bo’ladi. Ular sog’liqni yaxshilashda va kishi umrini o’zaytirishda katta axamiyatga ega.
Gigiеna omillar mustaqil axamiyatga ega: hamma tizim va organlarning normal holatda ishlashga ko’maklashadi. Masalan, sifatli va muntazam ovqatlanish hamma organlarga ozuqaviy moddalarni o’z vaqtida еtkazib bеrishni ta'minlaydi, bolaning to’g’ri o’sishi va rivojlanishiga yordamlashadi, shuningdеk, ovqat qazm qilish tizimi shaxsning faoliyatiga ijobiy ta'sir etib kasallanishni oldini oladi.
Normal - tinch uxlash asab tizimlarini ishchanligini oshiradi va dam olishga imkon yaratish. Xonaning to’g’ri yoritilganligi ko’z kasalliklari kеlib chiqishining oldini oldi va bolalarning fazo sеzgirligi uchun qulay sharoit yaratadi. Bular sog’liqni yaxshilashda va kishi umrini uzaytirishda katta axamiyatga ega. Sport bilan shuqullanishda, mashq bajarish va dam olish, ovkatlanish katta axamiyatga ega.
2. Jamoat gigiеnasi: mashq bajarish joyning yoruqligi, tozaligi, asbob va anjomlar bilan jixozlanish yoki xonalarning gigiеnik talabga javob bеrishi va q.k.
Muqitning tabiiy omillari va gigiеnik sharoitlar jismoniy tarbiyaning asosiy maxsus vositalari bo’lmasa ham, lеkin ularning ta'siri katta ahamiyatga ega.
Jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo’lib qisoblanadi. Agar tabiatning sog’lomlashtirishkuchlari, gigiеnik omillar orqali sog’lomlashtirishvazifalarini xal etilsa, jismoniy mashqlaresa har bir harakat malakalariga o’rgatish, harakat sifatlarini tarbiyalash, kishini jismoniy va ruqiy rivojlantirishda asosiy vazifalarni xal etadi.
Yukorida ko’rsatilgan jismoniy tarbiya vositalari sog’lomlashtirishva ta'lim-tarbiya bеrish vazifalarini amalga oshirishning asosiy shartidir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, estеtik, axloqiy vositalar qo’llaniladi, bu esa hamma tarbiya turlarini birligini kursatadi.
Jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya vositasi sifatida shuqullanuvchilarni faol harakat faoliyatlarini tashkil etadi. Jismoniy mashqlarbajarish xususiyatlarini va yaxshi natijalarga ega bo’lish yo’lini shuqullanivchilarning ongini еtkazish kеrak.
Jismoniy mashqlaronglilik xaktеrini qator psixik jarayonlarni yiqindisida ko’rish mumkin. Masalan: balandlikka sakrash. Yuqorida aytilganlardan quyidagi umumiy xulosani chiharish mumkin.
Jismoniy mashqlarongli ravishda bajariladigan erkin harakat faoliyati bo’lib, jismoniy tarbiyaning qonuniyatliklariga muvofiq ishlatiladi.
Boshqacha aytilganda, jismoniy mashqlar-bu maxsus tanlab olinib, ta'lim-tarbiya vazifalarini bajaradigan harakatdir.
qozirgi zamon jamoat ishlab chiharishni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari ishlab chiharishni avtomatlashtirish, majmua mеxanizatsiyalashtirish, elеktronika va kibеrnеtikadan foydalanishdir. Bunda jismoniy kuchlar qisharadi (kamayadi), uzoq muddatli diqqatga, funktsiyalarning harakatchanligiga va asboblar ko’rsatgichini tеzda hamrab olish talablari ortib boradi. Nozik sеzgi organlar bu sharoitlarda katta axamiyatga ega.
Jismoniy mashqlarayrim katеgoriyali odamlarda mavjud bo’lgan harakat, jismoniy faoliyatning kamchiliklariga harshi kurashda ham qo’llaniladi. Bunda ular «kompеnsatsiyalashgan» funktsiyani bajaradi. Ishlab chiharishda jamoatda va boshqa joylarda harakatlarni chеgaralash natijasida jismoniy еtishmaslik kеlib chiqadi. Bu esa ko’pgina organ va tizimlarning funktsiyasini pasaytiradi, tashqi salbiy ta'siri ostida turqunlik pasayadi.
Shunday qilib hayot o’rgatgan shart-sharoitlar va organizni to’liq morfologik va funktsional rivojlantirishga zarur bo’lgan vositalar orasidagi harama-harshiliklar mavjud bo’ladi. Bu salbiy qodisalarga harshi kurashda insonning jismoniy va psixologik qobiliyatini oshirishda qo’llaniladigan jismoniy mashqlarmuhim axamiyatga ega.
Jismoniy tarbiya jarayonida hamma vositalar ishtirok etsada, jismoniy mashqlartarbiyalash va o’rgatishda o’ziga xos axamiyatga egadirlar.
Buning sabablari quyidagilar:
Jismoniy mashqlarinsonning atrof-muqitga nisbatan harakat tizimini ifodalaydi.
Jismoniy mashqlarijtimoiy-tarixiy jarayonida jismoniy tarbiya soxasidagi takrorlanish, qaytarilishdir.
Jismoniy mashqlarshuqullanuvchilarning tanasiga ta'sir qilib holmay, shaxs sifatida shakllanishida ham axamiyalaridir.
Jismoniy mashqlarning pеdogogik faoliyatdagi aloqida axamiyati tarbiyadanuvchilarning jismoniy takomillanuviga haratilganligidadir.
Jismoniy mashqlarkishining harakatga bo’lgan talabini qondiruvchi vositadir.
Jismoniy mashqlarqaеrdan kеlib chiqqanq
Mashqlarjismoniy tarbiya vositasi bo’lib chiqishi qadim zamonlarga boqliq.
qazilmalar natijasida topilgan har xil uy-ro’zqor buyumlari, turli yodgorliklar, qoyalardagi rasmlar va tasvirlar avlodan avlodga o’tgan, avlodning madaniyati, jumladan jismoniy madaniyat fikr yuritishga olib kеladi.
Jismoniy mashqlarmehnat orqali vujudga kеlgan. Jismoniy mashqlarni rivojlanishiga san'at, harbiy ish, hamda din o’zining salmoqli ta'sirini ko’rsatadi. Masalan, milliy kurash. Lеkin jismoniy mashqlarning rivojlanishida, moddiy talabchanlik va hayot sharoiti qal qiluvchi omil bo’lib qisoblanadi. Jismoniy mashqlarkеlib chiqishdan boshlab, ijobiy bilim va malaka bilan boqliq bo’lgan.
Jamiyatni va jismoniy tarbiyani rivojlanishi, jismoniy mashqlarni mehnat va harbiy bilan o’zaro boqlikligi yo’qotilib bordi.
Jismoniy mashqlarmehnat yoki harbiy ishga boqliq bo’lmay hola boshladi. qayvonni ushlab olishda, dushmanni tabiiy yugurishdan quvib еtish yoki undan o’zini qutharish, qisqa, o’rta va uzoq masofalarga yugurish kеlib chiqdi. Shunga o’xshash nishonga otadigan bo’ldilar va q.k. Mashqlarni aloqida bo’lib, ajralib chiqishi endi kishilarni mehnatga va harbiy ishga tayyorlay boshladi va bu ularni jismoniy va ruqiy rivojlanishlarini ta'minladi.
Jimoniy mashqlarbu erkin harakatlardir. Ularni bajarish, to’xtatish, o’zgartirish kishi ixtiyori bilan amalga oshiriladi.
Erkin harakatlar qaqida buyuk olimlar I.M.Sеchеnov va I.P.Pavlov ko’p ishlar bajarganlar. I.M.Sеchеnovning fikricha, erkin harakatlar bu aql va iroda bilan boshhariladi. Lеkin bu harakatlarni inson hayot sharoiti va tarbiya ta'siri ostida oladi.
I.P.Pavlov erkin harakatlarni fiziologik mеxnizmlarini ochib bеrdi. Uning fikricha erkin harakatlar bosh mirya yarim sharlarning umumlashgan harakatlarning natijasidir. Bunda ko’pgina analizatorlar, birinchi va ikkinchi signal tizimi ishtirok etadi. Lеkin asosiy o’yinni ikkinchi signal tizimi qal etadi. Misol: inson va qayvon. Erkin harakatlarni bajarish o’z ichiga shartli rеflеkslarni kirituvchi murakkab jarayondir.
Jismoniy mashqlarni organizmiga ta'siri.
Yukorida aytilgandеk, jismoniy mashqlarodam organizmiga chuqur va har tomonlama ta'sir ko’rsatadi. Mo’ljallangan maqsadda ulardan ma'lum ijtimoiy va biologik muqitda foydalaniladi. Shuning uchun ham jismoniy mashqlarmashqulotlarining optimal samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi omillarni e'tiborga olish kеrak:
a) mashqulotda qatnashuvchilarining individual holatlari: yoshi, jinsi, salomatlik, jismoniy rivojlanish, tayyorgarlik saviyasi (urovеn), aqliy, jismoniy, xissiy (emotsiya) va boshqa xususiyatlari:
b) jismoniy mashqlarning xususiyatlari (murakkabligi, yangiligi, tеxnik xaraktеristikasi).
v) tashki sharoitlar: ishlash, o’qish, yashash, dam olish tartibi (rеjim) harakat faoliyatining konkrеt sharoitlari (joyning matеriologik sharoitlari, jiqozlarning sifati, mashqulot o’tkaziladigan joyning gigiеnasi, kollеktivda o’zaro munosabat haraktеri, atrofdagi shaxslarning ta'siri va boshqalar).
Tarixiy rivojlanish jarayonida jismoniy tarbiya tizimining muhim tomonini tashkil etuvchi jismoniy mashqlarturli majmua va tizimi yaratilib borildi.
Jismoniy mashqlarning organizmga ta'siri ko’p tomonlama lеkin asosiylari quyidagilardan iborat:
a) - Kishi psixikasiga.
b) - Tana shakliga.
v) - Organizmni fiziologik funktsiyasiga.
g) - Sog’lomlashtirishaxamiyati.
d) - Tarbiyaviy ta'sir.
Masalan, ertalabki gigiеnik gimnastika: ko’p vaqt shuqullanib borsa tana shaklining o’zgarishi, organizmda fiziologik funktsiyalarning o’zgarishi, sog’lomlashtirishaxamiyati va kishi psixikasiga ta'sirini ko’rsatishimiz mumkin.
Tabiiy va pеdogogik fanlar soxasida ilmiy bilimlarni kеngaytirib borishi natijasida jismoniy qobiliyatni rivojlantirishna har tomonlama ta'sir etuvchi jismoniy mashqlartizimi yaratildi. Tarixiy rivojlanish davomida bir kancha turdagi jismoniy mashqlardan maqsadga yaqinroqlarini tanlab olindi va tizimga tushiriladi.
Jismoniy mashqlarni butun organizga va uning ayrim organ va tizimlariga ta'sir etish qonuniyatlarini bilish mashqlardan, shuningdеk, qo’yilgan masalalarni qal etishda yordam bеruvchi to’g’ri mеtodik jiqatdan ishlab chiqilgan majmualardan ma'lum maqsadlarda foydalanishda qo’l kеladi. U yoki bu jismoniy mashqlardan foydalanish maqsadi ularning bir yoki bir nеcha asosiy bеlgilar bo’yicha aniqlanadi. Bunda mashqlarning butun organizmga ta'sirlar yiqindisi qisobga olinadi.
Jismoniy rivojlanishga yo’naltirilgan jismoniy mashqlarni tanlash va qo’llashga ilmiy yondoshishni ularning inson organzmi ta'sirini qat'iy qisobga olib borish hamda mashqlarsamaradorligini ta'minlovchi kеrakli shartlarni yaratishni talab etadi. Bu еrda to’g’ri tashkil etilgan mеtodika qal qiluvchi axamiyatga ega.
Jismoniy mashqlarta'sirini aniqlaydigan omillar.
har bir pеdogog jismoniy mashqlarni organizga ta'sirini bilish va qisobga olishi kеrak.
Bundan u kishi organizmining bir butunligini unutmasligi lozim. Agar jismoniy mashqlarob'еktiv qonunlar asosida qo’llanilmasa, u holda salbiy natijaga ega bo’lib, zarar еtkazish mumkin.
Misol: tayyorgarliksiz uzoq masofaga yugurish.
Jismoniy mashqlarni maqsadga muvofiq ta'sirini aniqlovchi umumiy omillarga: 1. Mashqulotlar ustidan to’g’ri pеdogogik raqbarlik;
2. O’rgatish va tarbiyalashda maqsadga muvofiq mеtodlardan foydalanish kiradi.
Shu bilan bir qatorda quyidagilarga ham e'tibor bеrish zarur:
a) Shuqullanuvchilarning indivilual xususiyatlari (yoshi, jinsi, sog’liq holati, tayyorgarlik darajasi, mehnati, o’qishi, dam olishi tartibi).
b) Jinsmoniy mashqlari xususiyatlari: uni murakkabligi, yangililigi, jismoniy harakat ish qajmi , qis-xayajonligi (emotsional holati).
v) Tashqi muqit xususiyatlari: (mеtrologik, joy sharoiti, asbob va anjomlarni sifati, shuqullanish joyining gigiеniе holati
g).Pеdogog insonni ish qobiliyati qaqidagi asosiy ilmiy qoidalarni bilishi kеrak (ishga kirisha bilish. Dam olish va jismoniy harakat ish qajmini (jismoniy yuklanish) organizga ta'siri, mashq oqibatlari va boshqalar).
Jismoniy mashqlarni shakli va mazmuni.
hamma xodisa va jarayonlar o’xshash jismoniy mashqlarham o’zining mazmuni va shakliga ega.
Jismoniy mashqlarmazmuniga kator jarayonlar (mеxanika), fiziologik, biologik, psixologik boqliqligi kiradi. Ularning ta'sirida harakt faoliyatiga bo’lgan kobiliyat o’sadi.
Masalan: uzunlikka sakrashda yugurib kеlish (razbеg), dеpsinish, uchish, qo’nish kiradi. Jismoniy mashqlarshakli-ularni ichki va tashqi tuzilishdan iborat.
Ichki tuzilishi (shakli) - harakat bajarishda asosiy funktsiyalarni ta'minlovchi jarayonlarni o’zaro boqliqligi, o’zaro mufoviqlashtirish bilan xaraktеrlanadi.
Masalan: yugurishdagi tuzilishning o’zaro boqliqligi boshqa, shtanga ko’tarishda boshqa. Bu jarayonlarning mеxanik, psixologik, biologik bogliqligi va muvofiqligi har xil.
Tashqi shakli - Mashqni tashqi ko’rinishi. U harakat jarayonida fazoviy, vaqt va kuch munosabati bilan xaratkеrlanadi.
Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli o’zaro boqliq va birlikda saqlanadi. Bu birlik harama-harshilikni ham o’z ichiga oladi. Mazmun-shaklini o’zgartirish mumkin. Masalan: 10 marta sakrash, tеxnikasini o’zgartirgan. Balandlikka sakrash. Masalan: harakat sifatlarini yaxshilash natijasida mashq shaklini uzgartirdi. Shakl ham mazmunni o’zgartira oladi. Masalan: balandlikka sakrashda-sakrash usuli o’zgarib, uning mazmunini ham o’zgartiradi.
Jismoniy mashqlarning turkumlarga bo’linishi.
Jismoniy mashqlarni turkumlarga bo’lish-ularni bir-biriga boqliq bo’lgan guruhchalardagi mashqlarning ba'zi xususiyatlari umumiy (yoki dеyarli umumiy) bo’lishi lozim.
Jismoniy tarbiyaning tarixiy analizi shuni ko’rsatadiki. Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida tarbiyaning ma'lum amaliy va'zifalarini qal qilish uchun oqilona dеb topilgan jismoniy mashq turlari tanlab olingan va turkumlarga bo’lingan. Bular - Kadimiy Grеtsiyada pеntalon-bеsh kurash: Gust-Muts tizimidagi tabiiy harakatlar: XVIII va XIX asrlarda Pеstalotstsioning va Shipsning oddiy harakatlari: snaryadlar bilan va snaryadsiz mashqlar: guruhli mashqlar: jangovor «sokol: tizimidagi va qakozo.
Bu turkumlar jismoniy tarbiyaning butun tarixan mujasamlashgan vositalarini o’z ichiga olmaydi. Ebеrning frantsuz tizimida mashqlarasosan foydalaniladigan vositalarning tor amaliy bеlgilariga ko’ra (yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, oqir narsalarni ko’tarish mashqlari, uloqtirish, suzish, qimoyalanish va qujum qilish) klassifikatsiya qilingan edi.
Avstriya pеdogoglar K.Gaulgofеr va M.Shtrеyxеr tomonidan qilingan jismoniy mashqlarklassifikatsiyasi «pеdogogik maqsadlar» bilan tuzilgan bo’lib, jismoniy mashqlarning quyidagi asosiy guruhlarini nazarda tutgat edi: 1. Tеnglashtiruvchi mashqlar, 2. Shakllantiruvchi mashqlar, 3. Еtuklikka oid mashqlar, 4. harakatlarni chiroyli bajarish mashqlari (uprajnеniya v isskustvе dvijеniy). Buyuk olim P.F.Lеsgafit maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasi maqsadlariga muvofiq kеladigan jismoniy mashqlarning ajoyib klassifikatsiyasini ishlab chiqdi.
Uning klassifikatsiyasining asosiy guruhlari quyidagilardir:
Oddiy mashqlar. 2. Murakkab mashqlaryoki kuchlanish ortib boradigan mashqlar. 3. Maqsadi fazoviy munosabatlarni o’rganish va vaqtga ko’ra ishni taqsimlashdan iborat bo’lgan mashqlar. 4. Murakkab harakatlar ko’rinishidagi muntazam mashqlar.
Ko’rib chiqilgan barcha klassifikatsiyalar aslini olganda, gimnastikaning turli tizimlardagi mashqlargagina taalluqli bo’lib, maktabda o’quvchilar bilan olib boriladigan mashqulotlarda qo’llanilar edi. Ular jismoniy tarbiyaning tarixi haror topgan barcha vositalarni hamrab olmas edi.
Jismoniy mashqulot mashqlarning еtarlicha ilmiy ravishda asoslangan turkumlari qozirgacha tuzilgani yo’q. Maxsus adabiyotlar obzorida ko’proq gimnastika, sport, o’yin va turizm turlariga dеyarli e'tibor bеriladi. Undan tashhari yana guruhlarga bo’linadi (gimnastika asosiy va umumtayyorgarlik, sport, sport turlariga yordamchi guruhlarga bo’ladi).
Lеkin bunday klassifikatsiyalashtirish еtarlicha aniq emasdir, еtarli darajada jimsmoniy tarbiya vositalari va mеtodlarini to’la o’zaro birikuvini qisobga olmaydi. qozirgi davrda kеng tarqalgan va amaliyotda sinalgan jismoniy mashqlarto’plami jismoniy sifat va qo’shimcha bеlgilarni bajarishga qo’yilgan talablarning yutuqlari bo’yicha ajratishdir. Ular mos holatda quyidagilarga ajratiladi:
1. Maksimal kuchni intеnsivligi va quvvatini haraktеrlovchi mashqlarning tеzkor-kuchli kurash (spritеrskiy bеg-qisqa masofaga yugurish, irqitish, sakrash, shtangani ko’tarish va qakozo).
2. Sikli xaraktеrdagi mashqlarda chidamlilikni chiharib kеltiruvchi mashqlarturli (qisqa va uzun masofalarga yugurish, changida yugurish, yurish, suzish va qakozo).
3. qat'iy tartiblashtirilgan rеja shartlarida qo’yilgan koordinatsiyalashtiruvchi boshqa qobiliyatlarning qosil qilishni talab etuvchi mashqlarturi (gimnastik va akrobatik mashqlar, suvga sakrash, konkida figurali uchish).
4. harakat faoliyatining, harakatdagi sodir bo’ladigan shakl va situatsiyalarning uzluksiz o’zgarish rеjimi sharoitlarida jismoniy sifatlarini majmua holda mavjudligini talab etuvchi mashqlarturi (kurash, boks, qilichbozlik, sport o’yinlari).
5. Shu bilan bir qatorda xususiy klassifikatsiyalashtirilgan qo’llaniladi. Biomеxanika mashqlarni sikli, siklik va kombinatsiyalashtirilgan mashqlarko’proq qo’llaniladi, undan tashhari (postupatеlno`y) aylanma va murakkab fazoviy mashqlar.
6.Fiziologiyada esa quvvatning turli zonalarida bajariladigan mashqlarqo’llaniladi (maksimal, katta va mе'yorli (umеrеnno`y)).
Jadval 2.
Jismoniy mashqlarni turkumlarga bo’linishi.
Bеlgilari
buyicha
Mashqlarxaraktеristikasi va yo’nalishi.

1. Anatomik bo’yicha
qo’l mu-shaklarga bеrilgan mashkqlar
oyoq mushaklarga bеrilgan mashqlar
qorin mu-shaklarga bеrilgan mashqlar
bеl mu-shaklarga bеrilgan mashqlar
gavdaning ko’ndalang mushaklarga bеr.mashqlar

2. Jismoniy sifatlarini rivojlantirishga axamiyatligi bo’yicha
kuchni rivojlantirish uchun axa-miyatli harashlikni еngish mashqlari oqirliklar ko’tarish, tortilish va q.k
tеzkorlikni rivojlantirish u-n axamiyatli tеzkor harakatlar, sprintcha yugurish, qisqa masofaga yugurish va q.k.
chidamlikni rivojlantirish u-n axamiyatli vaqt yugurish suzish chanqilarda yurish va q.k.
Chaqqonlikni rivojlantirish u-n axamiyatli (akrobatika va boshqa mashqlar)
egiluvchanlikni rivrjlantirish u-n axamiyatli (egilish va siltov mashqlar)

3. Tanlab olgan sport turi u-n axamiyati
yordamchi umum rivojlantiruvchi salomatlikni musstaxkamlash u-n har to-monlama jismoniy tayyorgarlik
maxsus sifatlarni rivjlantirish u-n kuch, tеzkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik.
Asosiy yondoshtiruvchi tеxnikalarni o’zlashtirish va takomillashtirish
sport tanlab olgan sport turi
4. Mashqlartuzilish va shaklining xususiyatlari biomеxanika bo’yicha
tsiklik harakat fazalari siklidagi kеtma-kеtlik qonuniyatlari va aloqasi sikllarni qaytarilishini va boqliqligi (yurish, yugurish, suzish,konkida yugurish chanqilarda yurish)
atsiklik har bir mashqlarva ta'sirlar tugallanishi va qaytarilishi mumkin lеkin bu b-n siklik bo’lmaydi diskni uloqtirish, yadroni turtish, joydan sakrash va q.k).
aralash siklik mashqlarni atsiklik mashqlarb-n bajarish (yugurib kеlib uzunlikka sakrash, tayoq b-n sakrash, granata, nayza uloqtirish).

5. Ishlarini quvvati fiziologiya buyicha
maksimal ish quvvati harakatlarning maksimal chastotasi bilan xaktеrlanishi yoki mushaklarning qisharishi va amplituda kuchlanishi, katta bo’lishi mumkin. Ishlar 20-30dan to 10-15 va bundan oz davom etishi mumkin.
Submaksimal ishning davom etishi 20-30dan 3-5 gacha 800, 1500 m gacha yugurish mushaklarda anaerob jarayonlar ro’y bеradi
katta

ishning davom etishi 3-5dan 40gacha 750kal oriya sarf qilinadi
o’rtacha organimzda uncha o’zgarishlar bo’lmaydi, tiklalanish protsеsslari. 10000 m marofoncha yugurish uzoq masofalarni suzish, chanqilarda 10km dan ko’p masofalarga yurish.

6.Sport turlari
ommaviy sport turlari еngil atlеtika sport o’yinlari, suzish, gimnastika va boshqalar
qo’shimcha sport turlari ovchilik, baliq ovi va boshkqalar
tеxnik sport turlari avtomotor sport turlari va boshqalar.
Jismoniy mashqlartеxnikasi.
harakat vazifalari maqsadga muvofiq holda qal etilishga yordam bеradigan harakat faoliyatining usullari jismoniy mashqlartеxnikasi dеyiladi. Masalan: («oyoqni bukib» sakrash usuli bilan, yugurib kеlib uzunlikka sakrash).
a) Tеxnika tushunchasi bu harakatlarning tashki shaklidir. Jismoniy mashqlartеxnikasi bеto’xtov o’zgaradi va takomillashadi.
b) Tеxnikaning asosi. Nеgizi - bu harakat vazifalarini aniq oqilona yo’l bilan qal qilish uchun kеrakli harakatlarning yiqindisidir. Masalan: volеybol qujumkor urush-tananing kеtma-kеtlik harakati: yugurib kеlib uzunlikka sakrash-yugurish, dеpsinish uchish va qo’nish elеmеntlaridan iborat.
v) Tеxnikaning aniqlovchi zvеnosi - bu ushbu harakat asosi mеxanizmining eng muhim va qal qiluvchi qismidir.
Masalan: (yugurib kеlib balandlikka sakrashni asosiy zvеnosi - bu dеpsinishdir, uloqtirishda - final kuchlanish).
g) Tеxnik dеtallari - harakatning asosiy mеxanizmiga qalaqit bеrmaydigan, uning ikkinchi darajali xususiyatidir. Bu sportchining individual xususiyatiga boqliq. Masalan, uch sakrashda uchish fazalarining o’ziga xos munosabati.
Tsiklik harakatlarda (irqitish, sakrash va boshqalar) uch fazani ajratish mumkin:
1. Tayyorlov fazasi. Masalan, irqitish qo’lni va tanani orqaga tеbratish;
2. Asosiy faza. Masalan, irqitishda buyumni qo’yib yuborish;
Yakuniy faza. Masalan irqitish muvozanatni saqlab holish, o’qini to’xtatish. Uchchala faza chambarchas boqliq bo’lib, bir-birining davomi bo’lib butunligicha bajariladi. Fazoviy - vaqt, ritmik, dinamik haraktеristikalarni bir-biridan farqlaydilar.
Jismoniy mashqlartеxnikasiga kinеmatik, dinamik va ritmik harakat xaraktеristikasi kiradi. Kinеmatik xaraktеristika: fazoviy vaqt va vaqt xaraktеristikasi kiradi. Bu harakat xaraktеristikalari bir-biridan farqlaydilar.
Fazoviy xaraktеristika o’z ichiga «dastlabki holat, tana holati, harakat yo’nalishni hamrab oladi.
Dastlabki holat (D.X.) - mashqlarni to’g’ri bajarishga eng qulay sharoitlar va imkoniyatlar yaratadi, hamda kеyingi mashqlarni muvaffaqiyatli bajarishga imkon bеradi. Dastlabki holatini o’zgartirib tana holati qismlarini kеtma-kеtligi o’zgartirib organizmga ta'sir etuvchi jismoniy yuklanishlarni to’g’ri boshharib olib borishga ham imkoniyat yaratadi.
Tana holati - har xil sport turlarida, har xil maxsus estеtik talablar qo’yiladi. Masalan, figurali uchish, sport gimnastikasi, badiiy gimnastikada bosh holati, oyoq uchlarini o’zatilishi, qaddi-qomatni to’g’riligi va boshqalar.
Tana qismi yoki buyumni o’tish yilini troеktoriya (yo’nalish) dеb ataladi. Troеktoriyada shakl, yo’nalish va amplirudalar mavjud.
a) Shakli bo’yicha hamma harakatlar to’g’ri chiziqli va egri chiziqli yo’nalishda bo’ladi. Boksda va qilichbozlikda to’g’ri chiziqli harakatlarni uchratish mumkin. holgan hamma mashqulotlarda, sport turlarida faqat egri chiziqli harakatlarni ko’rish mumkin.
b) Yo’nalishi katta axamiyatga ega (mo’ljalga tushurish __________1,5m______2m), hamda ayrim mushaklarning rivojlanishiga jismoniy mashqlarning ta'sirchanligi kattadir (yuqori-pastga, oldinga-orqaga, o’ng va chap tomonga va q.k).
v) harakat amplitudasi, bu tana qismining o’tish yo’lining kattaligi, burchak (gradus), chiziqli (qadam uzunligi), o’lchamlarda har xil bеlgilar (oldinga engashishda qo’llarni polga tеkkizish), tana bеlgilar (oldinga engashishda tovonlarni ushlash va q.k) bilan bеlgilanish mumkin. Fazoviy - vaqt xaraktеristikasiga - tеzlik va tеzlanishlar kiradi. harakat tеzligi - yo’lning bosib o’tish uchun kеtgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi. Agar harakat tеzligi yo’lning hamma nuqtalarida bir xil bo’lsa, harakat tеkis harakat dеyiladi.
Vaqt xaraktеristikasi. Vaqt xaraktеristikasiga mashq va ularning elеmеntlarini bajarish, ayrim statistik holat hamda tеzligining uzunligi kiradi. Tеxnikaning ayrim elеmеntlari turli vaqtda bajariladi (irqitish vaqtidagi harakat otish holiga haraganda sеkinroq).
Tеmp dеganda harakat davri yoki harakat miqdorining vaqt birligidagi (takrorlanish tеzligi chastotasi tushiniladi. Masalan: yurish tеmpi minutiga 120-140 qadam).
Ritmik xaraktеristika. Ritm - mushak kuchlanishi va bo’shashining navbatma-navbat almashivudir. O’zlashtirilgan harakatlarda ritm turgun xaraktеrga ega. Ritmik harakatlar oson bajariladi, shuning uchun ham charchov qosil qilmaydi.
Dinamik xaratеristika. Jismoniy mashqlarni bajarishga juda ko’p omillar, jumladan ichki va tashqi kuchlar ta'sir etadi.
Ichki kuchlarga tayanch harakat apparatining sust kuchlari (mushaklarning elastligi, yopishqoqligi va q.k.), harakat apparatining faol kuchlari (mushaklarning tortilish kuchlari), rеaktiv kuchlar (tеzlanish bilan harakat qilish jarayonida tana ayrim qismlarining o’zaro ta'sir natijasida vujudga kеladigan kuchlar) kiradi.
Tashqi kuchlarga inson tanasi tashharidan ta'sir etuvchi kuchlar: o’z tanasining oqirlik kuchi, tayanchining rеaktiv kuchi, tashqi muxit (qavo, suv, qum, еr)ning va tabiat jismlari (buyumlar, juft mashqlardagi raqiblar)ning harshilik kuchi, sport anjomlari (to’ldirma tup, gantеllar)ning oqirlik kuchi, inеrtsiya kuchi kiradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasining tadqiqot mеtodikalari.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va mеtodikasi o’rganadigan masalalar doirasi kеng. Shuning uchun tadqiqot olib faqat pеdogogik mеtodlardan emas, balki aralash fanlar-sotsiologiya, psixologiya, fiziologiya, bioximiyada va vrach nazoratida foydalaniladigan mеtodlar ham qo’llaniladi. Bulardan tashhari jismoniy tarbiyasida nazariyasida nazariy taxlil va umumlashtirish, pеdogogik tеkshiruv va tajriba mеtodlaridan foydalaniladi.
Nazariy taxlil va umumlashtirish mеtodlari. har qanday tadqiqot adabiy manbalarini o’rganish, taxlil va umumlashtirishdan boshlanadi. Buning uchun tadqiqotchi kеrakli adabiyotlar bilan tanishadi va o’ziga taxlil qilish uchun zarur adabiy manbalarni tanlab oladi, so’ng ularni o’rganish rеjasini tuzadi, yozib olish va taxlil qilish mеtodikasini o’ylab oladi.
Tajriba tadqiqotlar uchun adabiyotlarni o’rganishda qaysi masalalar o’rganib chiqilgan, ular qay darajada yoritilgan va ulardan qaysilari yanada asoslanishini va tajribada sinab ko’rishni talab qilishni aniqlash zarur.
Kuzatish mеtodi. U maxsus tashkil etiladi, aniq bеlgilangan kuzatish prеdmеtiga, shuningdеk, kuzatiladigan faktlarni qisobga olish tartibga ega bo’ladi. Bunda tadqiqotchi pеdogogik jarayonning borishga aralashmaydi. U kuzatishni rеjasini oldindan ishlab chiqadi. Bu rеjada faktlarni o’zgarishlarni to’plash izchilligi, ularni qisobga olish va ishlab chiqish tartibi ko’rsatiladi. Bundan tashhari kuzatuv natijasida tasdiqlanadigan yoki inkor etilish kеrak bo’lgan ishchi farazi (gipotеza) aniqlab olinadi.
Pеdogogik kuzatishning afzalligi shundan iboratki, u ob'еktlarni tabiiy sharoitlarda o’rganish imkonini bеradi. Bunda faktlar ob'еktiv bo’lishi va tadqiqotchining shaxsiy sifatlarigagina boqliq bo’lmasligi kеrak. Kuzatishlar jarayonida kuzatiladigan narsani aniq, qayd etish zarur.
Tajriba sinov mеtodlar. Tipik sharoitlarning o’zgarish darajasiga ko’ra tabiiy va labaratoriya tajribalari bir-biridan farq qilinadi.
Tabiiy tajribalarda mashqulotlar odatdagi shart-sharoitdan chеtga
chiqmasdan o’tkaziladi yoki chеtga chiqsa chiqish juda kam bo’ladi.
Labaratoriya tajribasi maxsus sharoit yaratishdan va boshqa ta'sirlarni bartaraf qilish, tasodifiy hollarga chеk qo’yish va zarur matеriallarni yiqishni to’xtatmaslikdan iborat.
Bundan tashhari tajriba sinov olib boruvchi qodisalar o’rtasidagi aloqalar sababini aniq ochish maqsadida sharoitni o’zgartirish mumkin. Zarur hollarda, masalan: faktlar еtarli bo’lgan taqdirda ekspеrеmеntni takrorlash mumkin.
Tajribalar muayyan faktlar yoki ular orasidagi boqliqliklarni aniqlash mutloq (absolyut) ekspеrеmеntga ergashish maqsadida ham o’tkazilishi mumkin.
Ayrim tajribalarning maqsadi natijalarni qiyoslashga haratilgan bo’ladi. Bunday tajribalar qiyosiy dеb ataladi.
Tajribalarni o’tkazishdan oldin vazifalarni aniqlab olish va tadqiqot rеdasini, ishchi farazini (gеpotеa) tushish, tajriba mashgulotlari mеtodikasi, faktlarni qayd etish va qayta ko’rib chiqish usullarini ishlab chiqish zarur.
Matеmatik mеtodlar. Tajriba-sinov matеriali to’plangach, ta'sir etuvchi omillar asosida o’rganiladigan ko’rsatkichlarning o’zgarishidagi individual natijalar chiharilgan xulosalarning to’g’riligini aniqlash maqsadida matеmatik jixatdan qayta ishlash kеrak. Matеmatik qayta ishlash ma'lumotlari, diagrammalar va grafik holda kеltirish mumkin.
O’quvchilarining jismoniy 
tarbiyasining asosiy shakllar .

O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuniga ko`ra Davlat ta’lim standarti davlatning ta’lim sohasida o`z fuqarolari oldidagi va har bir fuqaroning davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlarini aks ettiradigan asosiy hujjatlardan biridir. Ta’limtarbiya muassasalarida ta’lim uzluksizligi davomida tegishli saviyani ta’minlovchi Davlat ta’lim standarti har bir shaxsga ijtimoiysiyosiy,iqtisodiy va shaxsiy muammolarini hal etishga to`laqonli kirishish imkoniyatini beradi. “Ta’lim to`g`risida”gi 



qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’lim olish yo`llarining xilma-xilligi sharoitida har bir ta’lim muassasasi “jismoniy tarbiya” maktab kursining maqsadi o`quvchilarning sog`lig`ini saqlash va mustahkamlash, jismoniysifatlar va imkoniyatlarini rivojlantirish, ularda jismoniy madaniyat asoslarini shakllantirishni kafolatlovchi shart-sharoitlar yaratib berishga majburdir. Umumiy o`rta 
ta’lim uchun jismoniy tarbiya bo`yicha Davlat ta’lim standarti “Jismoniy tarbiya vata’lim” kursi mazmuniga,o`quv yuklamasi hajmiga(o`quv rejasidagi o`quv soatlari), majburiy jismoniy tayyorgarlik darajasiga(jismoniy sifatlarning rivojlanishi, harakat malaka va ko`nikmalarining shakllanishi), sutka, hafta, yil davomidagi harakat rejimining majburiy hajmiga; o`quvchilarning nazariy tayyorgarligiga (jimoniy tarbiya, gigiyena, shifokor nazorati, sport tibbiyoti, o`zo`zini nazorat va boshqalar) qo`yiladigan talablar yig`indisini belgilab beradi. Mazkur standart o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalari, shuningdek, shaxsning asosiy ma’naviy, axloqiy va jismoniy sifatlari doirasini tartibga soladi; o`quvtarbiya jarayoniga miqdoriy va sifat jihatdan baho berish tartibi va usullarini ko`rsatadi. 
Jismoniy tarbiya ta’limining asosiy vazifalari: 
- jismoniy madaniyat ta’limi ning darajasiga mosligi va barcha uchun barobarligini ta’minlash; jismoniy tarbiya mazmunining halqaro mezonlarga mosligini ta’minlash, jismoniy tarbiya va 
sport sohasida o`quvchilarni jismoniy imkoniyatlari va bilimlariga ko`ra jahon 
darajasiga olib chiqish; 
- jismoniy tarbiya va ta’lim jarayonini tartibga solish; 
- turli yo`nalishlarda jismoniy tarbiya va ta’lim jarayonini nazorat qilish va 
boshqarish;
- ta’limni insonparvarlashtirish;
- jismoniy tarbiya ta’limi sifatini oshirish. 
“Jismoniy tarbiya” maktab kursi maktabning o`quvchilar sog`lig`ini saqlash va mustahkamlash, asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirish, hayotiy zarur harakatlar ma laka va ko`nikmalarini shakllantirish, o`z-o`zini jismoniy takomillashtirish istak va ehtiyojlarini shakllantirish, jismoniy madaniyat sohasida ijobiy qiziqishlarni o`stirish faoliyatida asosiy bo`g`in hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va ta’lim maktab kursining tarkibi. “Jismoniy tarbiya va ta’lim” kursi umumiy o`rta ta’limda quyidagilardan tarkib topadi: 
- jismoniy tarbiya darslari
- maktabda jismoniy tarbiya va ta’limning asosiy shakli. Ularning miqdori tayanch 
o`quv rejasida haftasiga 2 o`quv soati hisobidan belgilangan;
-harakat faoliyatining darsdan tashqari shakllari:
-darsdan oldin o`tkaziladigan gimnastika; 
-umumiy o`rta ta’lim darslarida jismoniy tarbiya daqiqalari uzaytirilgan 
tanaffuslardagi dinamik pauzalar; 
-ko`ngilochar o`yinlar; 
-jismoniy mashq mashg`ulotlarining sinfdan tashqari shakllari: 
sport seksiyalari, fakultativlar,o`quvchilar qiziqishiga qarab ochilgan to`garaklar va boshqalar; 
- umum maktab tadbirlari: 
bayramlar, sport turlari bo`yicha musobaqalar, spartakiadalar, 
viktorinalar va boshqalar; 
- mustaqil mashg`ulotlar: ko`pincha uy vazifalarini bajarish tarzida; 
BO`SM sport sho`balaridagi mashg`ulotlar, safarlar, o`yinlar va boshqalar. 
Mashg`ulotlarning barcha shakllari va turlari haftasiga boshlang`ich sinf 
o`quvchilari uchun 8-10 soat, 5-9-sinf o`quvchilari uchun 10-12 soat harakat 
rejimini ta’minlab berishi kerak. Belgilangan hajm o`quvchilarning ko`rsatilgan 
guruhlari uchun yetarli darajada zarur va minimal darajada majburiydir. 
Nosog`lom, jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi past darajali o`quvchilar uchun 
maxsus (individual-differentsial) rejim o`rnatiladi. Jismoniy tarbiya va ta’lim 
mazmuni, metodik asosi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan jismoniy tarbiya dasturi bilan belgilab berilgan.
“Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayoni pedagoglardan 
maktabda ishlash uchun jismoniy tarbiyaning asosi nimalardan iboratligi, uning 
mazmuni, tashkil qilinishini, bolalarni harakatga o`rgatish bilishni talab qiladi”. 
Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayonining maqsadi asta sekinlik 
bilan ularni jismoniy kamolotga erishishi va shu asnoda hayotga, ijodiy mehnatga 
va vatan mudofaasiga tayyorlashni nazarda tutadi. Jismoniy tarbiya darsla
ri ta’lim 
borish (o`qitish), tarbiyalash va sag’lomlashtirish jismoniy tarbiya jarayonining 
umumiy vazifalaridan kelib chiqib, har bir dars uchun aniq “Tanishtirish”, 
“O`zlashtirish”, “mustahkamlash”, “Takomillashtirish”dek mazmunga ega bo`lgan 
xususiy vazifalarni qo`yish va uni hal qilishni nazarda tutadi. 
Yosh avlodni ham jismoniy, ham aqliy jihatdan yetuk va komil etib 
tarbiyalash vazifasi qo`yilgan davrlarda ikki tarbiyaviy yo`nalishni uyg`un holda 
olib borish va samaradorligini ta’minlash bosh masala hisoblangan. O`quvchilar 
jismoniy tarbiyasi jarayonida umumiy va xususiy vazifalar hal qilinadi. Umumiy 
vazifalar – bilim berish, jisman tarbiyalash va sog`lomlashtirishdan iborat bo`lib,
xususiylari esa jismoniy tarbiyadan Davlat ta’lim standarti dasturidagi maxsus 
vazifalar tarzida hal qilinadi. xususiy vazifalarga quyidagilar kiradi:


  1. o`quvchilar organizmning sog`ligini mustahkamlash, rivojlantirish va chiniqtiris;


  2. turli xildagi mehnat faoliyatiga tayyor bo`lish uchun shu yoshga mos bo`lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirish;


  3. hayot uchun kerakli harakat malakalari va ko`nikmalarini rivojlantirish va Keyinchalik kerak bo`ladiganlari bilan qurollantirish; 


  4. o`quvchilarga jismoniy madaniyatga oid yangi bilimlarni berish;


  5. o`quvchilarni jismoniy mashqlar bilan muntazam shug`ullanishiga qiziqtirish va 


    unga odatni shakllantirish;
  6. o`quvchilarni jismoniy madaniyat faollari qilib tarbiyalash va bu bilan ularda tashkilotchilik qobiliyatini tarbiyalashdek vazifalarni hal qiladi. Bu vazifalar ma’naviy tarbiyaning elementlari hisoblangan axloqiy ruhiy estetik va mehnat tarbiyalarining vazifalari bilan birgalikda o`quvchilarni yoshini ulg`ayishi, jisman tayyorgarligiga qarab o`qitishning ayrim etaplarida aniqliklar kiritiladi va maktab yoshining quyidagi p xil guruhidagi ta’lim tarbiya ishlarida hal qilinadi. Maktab yoshining 6 (7), (10) 11 yoshlilarda (14 sinflar) organizm tabiiy rivojlanishida bo`ladi. Biz uni garmonik rivojlanishini yo`lga qo`yishimiz kerak bo`ladi. Markaziy nerv tizimidagi boshqarish funktsiyasi, harakat tayanch apparati faoliyati ishini, yurak-tomir, nafas olish organlari ishini yanada rivojlantirishga e’tibor beriladi, bulardan tashqari qomatni to`g`ri tuta bilishga o`rgatiladi. Bu jarayonga shaxsiy gigiyenaqoidalariga oid bilimlar qo`shib berish bilan tarbiya jarayoni yo`lga qo`yiladi.




1215 yoshlilarda (59 sinflar) jismoniy mashqlar o`sayotgan yosh organizmga samarali ta’sir ko`rsatadi. Shuning uchun jismoniy sifatlarni rivojlanishiga qulay imkoniyatlar ochilgan bo`ladi. 
Jismoniy tarbiyaning jismoniy bilimlar berish vazifasi hayotda uchraydigan 
harakat malakalarini ratsional texnikasi bilan tanishtirish (gimnastika, yengil 
atletika, sport o`yinlari, velosipedda yurish va sport taktikasi)ga oid oz bo`lsa ham 
nazariy tushuncha berishdir. Bu davrda bolalarni “Alpomish” va “Barchinoy” 
maxsus testining talablari va normalarini topshirishga tayyorlash yo`lga qo`yiladi. 
Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish natijasida sport mahoratini 
oshayotganligini, jismoniy madaniyatni jamiyatdagi roli va ahamiyatini 
tushuntirish jarayoni yo`lga qo`yiladi. Asta sekinlik bilan tashkilotchilik qobiliyati 
takomillashtiriladi, musobaqa qoidalari o`zlashtiriladi, hakamlik qilish malakalari 
rivojlantiriladi va chiniqtirish maqsadida tabiatning sog`lomlashtiruvchi 
kuchlaridan fo ydalanishga o`rgatish lozim bo`ladi. 16-18 yoshdagi umumta’lim 
maktabi, akademik litseylari va kasb hunar Kollejlarining o`quvchilari organizmi 
yoshi ulg`aygan sari baquvvatlashadi. Jismoniy tarbiya esa bu jarayonni yanada 
kuchaytirishga yo`naltiriladi. Jismoniy mashqlar bilan tizimli shug`ullanish ta’lim 
tizimining shu yoshdagilarida ish qobiliyatini yaxshilash, asosiy harakat 
faoliyatlari uchun chidamlilik zahiralarini oshirish, o`z tanasini boshqara olish,
kuch, tezkorlik, chaqqonlik va boshqa har kim jismonan garmonik tarbiya 
alomatlarini chuqurlashtirishga e’tiborni qaratadi. Organizm o`sib borar ekan uning 
funktsional imkoniyatlarini oshib borishi ham tabiiy.Oldin egallangan harakat 
malakalari zahirasi bazasida yangi, keyin egallanishi lozim bo`lgan harakat 
malakalari uchun poydevor yaratiladi. Bu yoshdagilarda ularning jismoniy 
madaniyat sohasidagi bilimlarni boyitish, spor trenirovkasi asoslari, sportchini o`z-
o`zini nazorat qilishi qoidalariga o`rgatish maqsadga muvofiq bo`ladi. Jismoniy 
tarbiya vositalari. 6 (7) - (10) 11 yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi uchun asosiy 
vosita qilib asosiy gimnastika, harakatli o`yinlar, rolikli konkida, velosipedda 
yurish, ekskursiya va sayohat hamda tabiat qo`ynida o`ynaladigan o`yinlar va 
jismoniy mashqlar olingan. Bu yoshdagilarda suzish, Tennis bo`yicha muntazam 
mashg`ulotlar uyushtirish mumkin. Sog`ligi yomonlashgan bolalarga maxsus 
mashg`ulotlar – davolash gimnastikasi tarzidagi yoki maxsus tibbiy guruhga 
ajratilgan bolalar uchun alohida mashg`ulotlar yo`lga qo`yiladi. 16-18 yoshdagilar 
uchun jismoniy tarbiya vositasi qilib asosiy gimnastika (kichik yoshdagilarga 
nisbatan og`irroq mashqlar bilan), tanani boshqarish mashqlari, “Alpomish” va 
“Barchinoy” maxsus testi mashqlari, to`siqlardan oshish, jamoa bo`lib 
o`ynaladigan harakatli o`yinlar (osonlashtirilgan qoidada) va boshqalar olinadi. Bu 
yoshda sport o`yinlariga, gimnastika, yengil atletika, rolikli konkida yurish, 
yugurishdek sport turlarida bolalar yuqori natijalariga erishishlari mumkin. 
Bulardan tashqari ularda turistik poxodlar, piyoda yurish, krosslar hamda 
dalada o`ynaladigan va harbiylashtirilgan o`yinlar o`tkazilishi mumkin. 16-18 
yoshdagilar uchun (litseylar) asosiy va sport gimnastikasi va boshqa sport turlari 
vosita bo`ladi. Umumiy jismoniy tayyorgarligining ko`rsatkichlari “Alpomish” va 
“Barchinoy” kompleksi talablari va normalari darajasida bo`lishi lozim. Bulardan 
tashqari sayir va poxodlar uyushtirilishini tarbiya jarayonidagi samarasi katta 
bo`lishi mumkin.
2. Jismoniy tarbiya darsining pedagogik tuzilishi 
Dars ham boshqa jismoniy mashg`ulotlari singari uch qismga: tayyorgarlik, 
asosiy va yakuniy qismlarga bo`linadi. So`ngra belgilangan qismlarning oldiga 
qo`yilgan vazifalarni hisobga olgan holda darsning aniq vazifalariga muvofiq 
uning detallashgan tuzilishini ishlab chiqishga kirishiladi. Natijada, darsning 
quyidagicha tipik tuzilishi hosil bo`ladi. Tayyorgarlik qismiga avvalo o`quvchilarni 
dastlabki uyushtirish kiradi. Bu asosan qism xonalarda tartib o`rnatishdan, kiyim 
kechaklarni va foydalaniladigan asboblarni tayyorlab qo`yishdan, navbatchilar 
bilan qisqacha instruktaj o`tkazishdan, mashg`ulot o`tkaziladigan maydonchaga 
chiqishdan oldin o`quvchilarnin saflanishidan va shu kabilardan iborat bo`ladi. 
Darsning boshlanishida vazifa qo`yish funktsiyasini turli harakatlar ado 
etishi mumkin: dars oldidan bir qator saflanish, bildirgi berish, diqqat uchun
maxsus mashqlar, darsning maqsadini e’lon qilish va boshqalar shular 

jumlasidandir. Ulardan alohida-alohida yoki kompleks tarzda foydalanish mumkin. 
Pedagogik jihatdan darsni dastlabki uyushtirish paytida hilma-xil masalalar hal 
etiladi: o`quvchilarni saflanishga o`rgatish, qomatni to`g`ri tutishga odatlantirish, 
buyruqni ijro etishda aniqlikka erishish va shu kabilar. Tushuntirish ishlari butun 
dars davomida uchrab turadi. Aslini olganda darsda har bir yirik masala hal etilishi 
oldidan va darsni umuman intihosiga yetkazish oldidan shunday bo`lishi kerak. 
Darsning tashkiliy tomonlarini to`g`ri amalga oshirish o`qituvchining eng 
muhim vazifalaridan biridir. Shundagina o`quvchilar batartib harakat qiladigan, 
butun e’tiborlarini boshlanadigan ishga jalb etadigan bo`ladilar va hokazo. 
Darsning birinchi qismida boshlanadigan asosiy faoliyatga funktsional tayyorgarlik 
markaziy o`rinni egallaydi. Bunga me’yorlash oson, tayyorlanish va bajarishga 
ko`p vaqt ketmaydigan mashqlar yordamida erishiladi. Yurish, sakrash, umumiy 
rivojlantirish mashqlari, oddiy raqs qadamlari, o`yinlar va o`tgan mashg`ulotlardan 
o`quvchilarga yaxshi tanish bo`lgan harakatlar shular jumlasidandir. Bu 
harakatlarni bajarish vaqtida bilim va tarbiya berish vazifalari (tanishtirish, 
o`rgatish va takomillashtirish, tezlikni oshirish va h. k) hal etilishi mumkin. Biroq 
har safar bu vazifalarni shunday hal qilish kerakki, unda ishga psixologik va 
fiziologik kirisha borish keraklicha birin-ketinlikda mumkin qadar Tez, lekin 
darsning tayyorgarlik qismi doirasidan chiqib ketmay bajarilishi kerak. Darsning 
tayyorgarlik qismida hal etiladigan vazifalar orasida ham fiziologik omillarga, ham 
mashqlarning mazmunan birin-ketinligiga mos muayyan mantiqiy aloqadorlik 
bo`lishi ko`zda tutilishi kerak. Masalan, umumiy rivojlantirish mashqlari 
kompleksini birin-ketinlik printsipiga rioya qilgan holda ko`pincha quyidagi 
tartibda bajariladi: kerishish mashqlari; qo`l va yelka kamari uchun mashqlar; 
oyoqlar uchun mashqlar, cho`nqayishlar; gavda uchun mashqlar; sakrash; 
muskullarni bo`shashtirish mashqlari. Darsning tayyorgarlik qismi undan keyingi 
qismlar bilan bog`liq bo`lishi kerak. Dars boshida koordinatsiya mexanizmlari va 
jismoniy yuklamalarning harakteriga qarab tanlanadigan mashqlar boshlanadigan 
asosiy faoliyatning xususiyatlariga muvofiq bo`lmog`i zarur. Buning uchun 
maxsus yaqinlashtiruvchi mashqlar qo`shiladi, Tayyorgarlik qismiga hammasi 
bo`lib umumiy vaqtning taxminan 10-15 foizi ajratiladi. Darsdagi eng murakkab 
vazifalar darsning asosiy qismida hal etiladi. Bu qism ham aniq mazmunga qarab 
bir yoki bir necha bo`limdan iborat bo`lishi mumkin. Ish qobiliyatining, ayniqsa, 
ruhiy ish qobiliyatining maksimal bo`lishi g`oyat qisqa muddat davom etadigan 
hodisadir. Bu fakt ma’lum darajada darsning asosiy maqsadini hal etish tartibini 
belgilaydi. Odatda printsipial yangi materialni, Koordinatsion jihatdan juda 
murakkab harakatlarni o`rganish bilan bog`liq bo`lgan eng murakkab vazifalar 
darsning asosiy qismi boshida hal etiladi. Bunda o`rgatish bosqichlari hisobga
olinadi va vazifa qo`yishda quyidagi tartibga rioya qilinadi ya’ni, tanishtirish, 
o`rgatish, takomillashtirish. Jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash odatda quyidagi 
tartibda rejalashtiriladi: Tezkorlikni, kuchlilikni, chidamlilikni oshiruvchi 
mashqlar. Qobiliyatlarni kompleks tarbiyalashdagina shunday qilinadi. Sportning 
har xil turlari bo`yicha o`tkazilayotgan darslarda ish qobiliyatining eng yuksak 
paytidan maxsus qobiliyatlarni rivojlantirish uchun foydalaniladi. Masalan, 
shtangachilar bu paytdan kuch-quvvatlarini oshirish uchun foydalanadilar. 
Hayotda, amaliy faoliyatda u yoki bu harakat vazifalarini turli sharoitda hal etishga 
to`g`ri keladi. Shuning uchun bilim berish vazifasini hal etish bilan jismoniy 
qobiliyatlarni tarbiyalash ketma-ketligini shunday tanlash kerakki, unda 
o`quvchilar organizmning turli holatlarida yuksak ish qobiliyati namoyon etishga 
o`rgansinlar.Darsning asosiy qismida mashqlarning tayyorlov, asosiy va boshqa turlari bo`ladi. Ularni o`tkazishda ham har safar ma’lum tartibni ko`zda tutish kerak. 
Zarur bo`lsa, biron asosiy pedagogik vazifani hal etishdan oldin tayyorlov 
mashqlari yordami bilan ishga kirisha boorishmumkin. Masalan, yuqori razryadli 
gimnastikachilar shunday qiladilar. Darsda shug`ullanuvchilarning emotsional 
holatini ko`tarish va jismoniy qobiliyatlarni namoyon bo`lishini intensivlashtirish 
uchun musobaqa va o`yin metodlaridan keng foydalaniladi. Dars asosiy qismining 
aniq qancha davom etishi mashqlarning intensivligiga, shug`ullanuvchilarning 
yoshi va jinsiga, darsni boshlash hamda tugatish uchun zarur bo`lgan vaqtning 
miqdoriga bog`liq. Masalan, maktabdagi darsda asosiy qismga 25-30 daqiqa, sport 
mashg`ulotlarida esa 90 daqiqa va undan ortiq vaqt ajratiladi. Shunday qilib, asosiy qismning tuzilishi ham tayyorgarlik qismidagi singari g`oyatda murakkab bo`lishi 
mumkin. Darsni yakunlash ish qobiliyatini pasaytirish bilan bog`liq. Snaryadlarni 
yig`ishtirish, mashg`ulotlarni tugatish uchun qayta saflanishning o`ziyoq deyarli 
stixiyali ravishda shug`ullanuvchilarni bir qadar tinchlantiradi, yuklamani 
kamaytirishga xizmat qiladi. Biroq o`quv-tarbiya vazifasining spetsifikasi hamda 
dars yakuniy qismining mazmuni shug`ullanuvchilardan intensiv harakat 
faoliyatini oqilona tugallay bilishni talab qiladi. Darsning yakuniy qismi uchun 
quyidagi pedagogik vazifalar tipik hisoblanadi: turli daraja kuchlanishdagi 
harakatlarni ixtiyoriy bajara bilishni, mashqlar kuchini, sur’atini, tezligi asta-sekin 
kamaytira bilishni o`rgatish; bajarilgan ishni tahlil qila bilishni o`rgatish; diqqatni 
o`qishga, mehnatga, dam olishga ko`chira bilishni o`rgatish. Bu vazifalarni hal 
etmoq uchun me’yorlash oson bo`lgan yurish, yengil yugurish, oddiy harakatlar, 
raqs elementlari va boshqa shu singari mashqlar tanlanadi. Bu vazifalarning hal 
etilish tartibi bir vaqtning o`zida yuklamani kamaytirishni ta’minlashi kerak. 
Darsning yakuniy qismi mantiqan bir-biri bilan bog`liq bo`lgan bir necha 
bo`limdan iborat bo`lishi mumkin. Darslarda yakuniy qism vazifalarining didaktik
jihatdan to`g`ri, ketma-ketligi nazarda tutilgan bo`lishi kerak. Uy vazifalariga 
alohida e’tibor berish kerak. Darslar jismoniy tarbiya jarayonining bir qismigina 
bo`lib, mustaqil mashqlar, musobaqa, o`yin va shu kabilarda ishtirok etish bilan 
to`ldiriladi. Uy vazifalariga e’tiborsizlik mashg`ulotlarning dars va darsdan 
tashqari formalari o`rtasidagi aloqani buzadi.
3. Umumiy o`rta ta’lim maktabi o`quvchilarining jismoniy tarbiyasining 
asosiy shakllari 
O`quvchilarning jismoniy tarbiyasining mashg`ulotlari maktabda o`quv 
ishlari, sinfdan tashqari ishlar jismoniy tarbiya sog`lomlashtirish ishlari, 
maktabdan tashqari muassasalarda va oilada quyidagi shakllarda: “jismoniy tarbiya 
darsi”, “darsgacha gimnastika”, “jismoniy tarbiya daqiqalari”, “katta tanaffusdagi 
uyushtirilgan o`yinlar”, “sport ko`ngil ochishlari (vaqt o`tkazish uchun)”, 
“uzaytirilgan kunli maktablardagi jismoniy madaniyat mashg`ulotlari”, “sport 
sektsiyalari”, “bayramlari, musobaqalar “Quvnoqlar va zukkolar” uchrashuvlari, 
“Salomatlik kuni” va o`ndan ortiq xil sinfdan tashqari ishlar tarzida tashkillanadi. 
Maktabdan tashqari muassasalarda jismoniy tarbiya: bolalar, o`smirlar sport 
maktablari, sport inshoatlari va suv havzalari, istirohat bog`lari, madaniyat uylari, 
madaniyat saroylari qoshidagi sport sektsiyalari, jismoniy tarbiya to`garaklari, uy 
joy boshqarmalari, mahalla fuqarolari yig`ini tomonidan yo`lga qo`yilayotgan 
bolalar sport sektsiyalari va boshqalar tarzida sog`ligi, yoshi, jismoniy 
tayyorgarligiga qarab ajratib olinib, turli yoshdagilar uchun muntazam ravishdagi 
mashg`ulotlar tashkillanadi. O`zgarib turadigan tarkib bilan o`yinlar, oilaviy 
musobaqalar uloqtiruvchilar kuni, ommaviy krosslar (yuguruvchilar kuni), turli xil 
tanlovlar o`tkaziladi. Oilada jismoniy tarbiya uy sharoitida, dars tayyorlash 
paytidagi daqiqalari, jismoniy tarbiyadan uyga berilgan vazifalarni bajarish, sport 
harakteridagi mashqlar, oilaviy sayohatlar va jismoniy mashqlar bilan mustaqil 
shug`ullanish mushg`ulotlari, o`yinlar, trenirovkalar sifatida uyushtiriladi. 
Respublikamizda amalga oshirilayotgan “Ta’lim to`g`risida”gi qonun hamda 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi ta’lim tizimini jahon 
talablari darajasida isloh qilishdan iborat bo`lib, bunda amalga oshirilishi lozim 
bo`lgan asosiy yo`nalishlardan biri o`quvchilar jismoniy tarbiya bo`yicha 
tayyorgarligini takomillashtirishdan iborat. Mamlakatimizda izchil ravishda 
amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy g`oyasi 
barkamol kasb egasini tarbiyalashdan iboratdir. Islohotlar natijasi sifatida 
shakllantiriladigan barkamol shaxsning mustaqil va ijodiy fikrlash sifatlarini 
tarbiyalash umumiy o`rta ta’lim muassasalarining muhim vazifalaridan biri 
hisoblanadi. Bu borada jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil qilish alohida 
ahamiyat kasb etadi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganligining dastlabki
davrlaridanoq jahon taraqqiyotida muhim o`ringa ega milliy ma’naviyatimiz 
asosida Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish bosh maqsad etib 
belgilandi. Ushbu buyuk maqsadga erishishda asosiy e’tibor yosh avlodni 
barkamol, ma’naviy va jismonan sog`lom, yuqori malakali kasb egasi qilib 
tarbiyalashga qaratilganligi milliy an’analarimiz, mentalitetimizning o`ziga xos 
ifodalanishidir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan taklif etilgan va 
Respublikamizda izchil amalga oshirib borilayotgan kadrlar tayyorlash milliy 
modeli bugungi kunda jahon miqyosida e’tirof etildi va o`zining dastlabki 
natijalarini bermoqda. Biroq, qayd etilgan yutuqlar bilan birga, jismoniy tarbiya 
bo`yicha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish uchun to`laqonli xizmat qilmayotgan 
sohalar ham mavjud. Jumladan, o`quvchilarning jismoniy tarbiya bo`yicha bilim va 
ko`nikmalarini dars jarayonida shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalar 
asosida mashg`ulotlarni tashkil qilishda tizimlilik, maqsadga yo`naltirilganlik 
yetarlicha o`z aksini topmay kelmoqda.
Mazkur muammo uzoq yillar davomida pedagog olimlar tomonidan 
Respublikada va xorijda keng tadqiq etilgan. Jumladan, Salomov S.R., Yunusova 
Yu.M., Kerimov F.A., Mahkamjanov K.M. va boshqalar muammoning Texnologik 
asoslari, jismoniy tarbiya darslarini, darsdan tashqari ishlarini hamda yoshlarning 
faoliyatini nazariy ta’lim bilan bog`lab olib borish masalalarini o`z ilmiy tadqiqot 
ishlarida yoritganlar. O`quvchilarni jismoniy tayyorgarlikga yo`llash ishlarida 
ularning ijodkorlik sifatlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir. Pedagog 
olimlarning fikrlarini tahlil qilish natijalariga ko`ra maktabda va darsdan tashqari 
mashg`ulotlarda o`quvchilarni jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishga 
yo`naltirishda texnik ijodkorlik va qishloq xo`jalik tajribachiligining rivojlanishi 
o`quvchilarning g`oyaviy-siyosiy, mehnat, ahloqiy, jismoniy va estetik tarbiyasi 
birligi asosida ularni milliy mafkuramiz asosida tarbiyalashga majmuaviy 
yondoshish g`oyalarini amalga oshirishda yordam beradi degan xulosaga keldik. 
Jismoniy tarbiya o`qituvchisi o`quvchilarni jismoniy tarbiya va sport 
taraqqiyotidagi tarixiy kunlarga bag`ishlangan maktab kechalarini tayyorlash va 
o`tkazishga jalb qiladi. Demak, o`quvchilarni dars mashg`ulotlari va darsdan 
tashqari vaqtlarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishga yo`llash ishlarini 
uyushtirishda jismoniy tarbiya o`qituvchisi asosiy bo`g`in hisoblanadi. Albatta, u 
o`z faoliyatini dastlab ta’lim standartlari asosida olib borishi talab etiladi. Zero, 
jismoniy tarbiyaning vazifalari Davlat ta’lim standartlari (DTS) va o`quv dasturida 
ifodalangan. Ushbu hujjatlarda maktabdagi jismoniy tarbiya va tarbiyasining 
maqsadi izchil ta’riflanib, bu to`g`rida sportga muhabbat va sport ahliga hurmat 
tuyg`usini singdirishdan, o`quvchilarni hozirgi zamon sporti asoslari bilan 
tanishtirishdan ularda jismoniy tarbiya ko`nikmalari va mahoratini hosil qilishdan, 
ongli ravishda jismoniy tayyorgarlikga undashdan iboratligi ta’kidlangan. Jismoniy
tarbiya mashg`ulotlari turli davrlarda turlicha tashkil etib kelingan. Uning maqsad 
va vazifalari ham xilma-xil bo`lgan. Bu holatlar o`z navbatida jismoniy tarbiya 
atamasini o`ziga xos tushunishni taqozo etgan. Jismoniy tarbiya tushunchasiga 
izoh berishdan oldin, umuman mazkur sohaga daxldor tushuncha va iboralarni 
sanab o`tish ma’qul bo`lar edi. Ularning asosiylariga quyidagilarni kiritish 
mumkin: jismoniy tarbiya, jismoniy ta’lim, jismoniy mashg`ulot, jismoniy 
tayyorgarlik, jismoniy madaniyat, jismoniy ulg`ayish, jismoniy kamolot, jismoniy 
mahorat, jismoniy mashqlar, jismoniy sifatlar va boshqalar. Jismoniy tarbiya – 
inson hayotining boshidan oxirigacha davom etadigan, organizmni har tomonlama 
takomillashtiradigan, hayot uchun muhim bo`lgan harakat ko`nikma va 
malakalarini yosh davrlariga mos holda o`zgartirib boradigan Pedagogik 
jarayondir. Pedagogika fanida ta’lim va tarbiya tushunchalari o`zaro bir-biri bilan 
aloqada bo`lgan, biri ikkinchisini to`ldirib boradigan inson faoliyatining turlari deb 
hisoblanadi. Tarbiya ijtimoiy tajribani, insonlar tomonidan to`plangan ijobiy 
fazilatlarni yosh avlodga o`tkazish, singdirish jarayonidir. Ta’lim esa insonning 
aqlini, moddiy borliq haqidagi ma’lumotlarni, jamiyat va tabiat taraqqiyotining 
qonuniyatlarini, ilm-fan yutuqlari va ularning amaliyotga tadbiqini o`rganish 
jarayonidir. Jismoniy tarbiya tushunchasiga berilgan ta’rifda ma’lum darajada 
tarbiyaning ta’lim bilan uzviy bog`liqligi e’tiborga olingan. Biz o`rgangan 
pedagogik va psixologik adabiyotlarda insonning shaxs sifatidagi kamolotida aqliy 
va axloqiy tarbiyaga kuchli ahamiyat berilganligi alohida ajralib turgani sezildi. 
Ammo nazarimizda jismoniy tarbiya ikkinchi darajada turgandek his qilingan 
bo`lsada, jismoniy tarbiyasiz, aniqrog`i jismoniy tarbiyaning ta’sirisiz, na aqliy va 
na axloqiy tarbiya mukammal bo`lmasligi e’tirof etilgan. Jismoniy tarbiya inson 
organizmini morfologik va funktsional jihatlardan takomillashtiradi. Bu degani, 
tanadagi barcha a’zolarni normal rivojlanishi, jumladan bosh miya va oliy nerv 
sistemasini to`g`ri shakllanishi hamda faoliyat yuritishini ma’lum normaga solishi 
deb tushunish mumkin.
Bosh miya, oliy nerv sistemasi, qon aylanish tizimlari aqliy va boshqa 
tarbiya yo`nalishlarining nerv-fiziologik asoslari bo`lishi mumkinligini e’tirof 
etganda, beixtiyor jismoniy tarbiya insonni komillikka olib boruvchi asosiy tarbiya 
turi ekanligi tan olinadi. Jismoniy tarbiya organizmni mukammal rivojlanishini 
yo`lga qo`yishi bilan birga, tananing sog`lom bo`lishini, har qanday tashqi 
yuklamaga chidamliligini ham ta’minlaydi. Insondagi irodaviy sifatlar jismoniy 
tarbiya bilan shug`ullanganda bir necha baravar ustun bo`lishi olimlar tomonidan 
isbotlangan. Jismoniy tarbiya kuch, chaqqonlik, tezkorlik kabi inson uchun hayot 
yo`lida doimiy kerak bo`ladigan sifatlarni tarkib toptiradi. Bu o`z navbatida 
mehnat faoliyatini samarali bo`lishiga hissa qo`shadi. Har qanday boshlagan ishni 
oxiriga etkazish, kutilgan natijalarni qo`lga kiritish ko`nikmalari tezroq tarkib
topadi. Jismoniy tarbiya kishilarda insonparvarlik va vatanparvarlik tuyg`ularini 
shakllantiradi. Vatan manfaatlarini himoya qilish, zarur bo`lsa nafaqat kuchini, 
balki hayotini bag`ishlashga odatlantiradi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy ahamiyatga 
molik bo`lgan hodisadir. U insonning sihat-salomatligini yaxshilaydi, har taraflama 
rivojlanishini amalga oshiradi. O`zi, millati va xalqi uchun unumli mehnat qilishga, 
bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin faoliyat yuritishga, o`z imkoniyatlarini to`la 
namoyon etishga o`rgatadi. Vatanning shonu-shuhratini dunyoga yoyishga, zarur 
bo`lsa har qanday g`arazli kuchlardan ehtiyot qilishga, mardonavor himoya 
qilishga tayyorlaydi.
Qadim zamonlardan beri jismoniy tarbiyaning inson hayotidagi beqiyos 
o`rni to`g`ri tushunilgan holda, uni qanday qilib samarali bo`lishini 
ilmiy pedagogik muammo sifatida o`rganib kelinadi. Xalq og`zaki ijodi 
namunalarida, dostonlarda, ertak va afsonalarda, maqol va matallarda jismoniy 
tarbiya yuksak baholanib kelingan. Diniy manbalarda; “Qur’on” va 
payg`ambarimizning hadislarida jismoniy etuklik nihoyatda qadrlangan. Yozma 
pedagogik adabiyotning paydo bo`lishi jismoniy tarbiyaning nazariy asoslarini 
tarkib topishi va rivojlanishiga zamin hozirladi. Ota-bobolarimizdan bebaho 
madaniy va ma’rifiy yodgorlik sifatida yaratilgan va bizgacha yetib kelgan 
“Avesto” kitobida jismoniy tarbiya haqida ko`p yaxshi fikrlar aytilgan. Kuchlilik, 
chaqqonlik, mardlik, chidamlilik, qora kuchlarga nisbatan mardonavor kurashish 
jismoniy tarbiyaning qirralari sifatida ulug`langan. Adolat, haqiqatgo`ylik, 
mehnatsevarlik alohida shakllantirilishi zarur bo`lgan fazilatlar qatoriga kiritilgan. 
Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Unsurul Maoliy 
Kaykovus, Bahovuddin Naqshband, Amir Temur, Muhammad Tarag`ay Ulug`bek, 
Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy kabi buyuk 
alommalarimiz jismoniy tarbiya va shaxs kamolati haqida qimmatli fikrlar 
bildirganlar. Ayniqsa Abu Ali ibn Sino inson salomatligini saqlash, tibbiy yordam 
ko`rsatish haqidagi ta’limotlarini yaratganlarida birinchi o`ringa jismoniy tarbiyani 
qo`ygan. Uning fikricha xastalikni davolashdan ko`ra oldini olish afzal 
hisoblanadi. Buning uchun har bir kishi muntazam jismoniy mashg`ulotlar bilan 
shug`ullanishi, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishi kerakligi uqdirilgan. Abu 
Nasr Farobiy ham fozil odamlar yashaydigan shahar aholisi kuchli, chaqqon, 
mehnatsevar, o`quvli va sog`lom bo`lishi kerakligini aytgan. Zahiriddin 
Muhammad Bobur “Boburnoma” asarida ta’rif-tavsif etgan kishilarning 
ko`pchiligidagi jismoniy sifatlarga yuqori baho bergan. O`zi ham shoh, sarkarda, 
olim va shoir bo`lishi bilan birga jismoniy mashqlar va chiniqishni o`ta qadrlagan 
inson ekanligi bayon etilgan. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq” 
nomli asarida “badan tarbiyasi”ga alohida e’tibor qaratgan. Badan tarbiyasi boshqa 
barcha tarbiyalar uchun zamin hozirlaydi deb uqtirgan. Chet el olimlari ham
jismoniy tarbiyaga katta e’tibor bergan. Arastu, Aflotun, Suqrot kabi antik davr 
olimlari quldorlarning farzandlariga jismoniy tarbiya berishning nazariy asoslarini 
ishlab chiqishga harakat qilganlar. Ular har bir tarbiya ko`rgan shaxs jismonan 
kuchli bo`lishini, qilichbozlik, nayza uloqtirish, otda chopish, suvda suzish, 
qiyinchilikka chidash kabi jismoniy sifatlarga ega bo`lishi kerak deb hisoblaganlar. 
Fransua Rable “Gargantua va Pantagruel” nomli roman traktatida aqliy tarbiya 
bilan bir qatorda jismoniy tarbiya inson kamoOotini belgilashini ta’riflagan. 
Italiyalik Tomazzo Kampanella, buyuk chex pedagogi Yan Amos .komenskiy, 
shveytsariyalik Iogann Genrix Pestalotsi, shotlandiyalik RoEert Ɉuen, nemis olimi 
Iogann Gerbart, amerikalik Jon Dyui va boshqalar pedagogik ta’limotlarida 
jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor berdilar. Rus pedagoglaridan K.D.Ushinskiy, 
I.N,Betskiy, N.I,Novikov, N.I.PiroJov, I.M.SecheQov, ȿ.A..Pokrovskiy, 
ȿ.M.DePentev, P.F.Lesgaft va boshqalar jismoniy tarbiya nazariyasining ilmiy 
asoslanishiga o`zlarining hissalarini qo`shganlar. Haqli ravishda Petr Frantsevich 
Lesgaftni (18p7-1909 yillar) Rossiyadagi jismoniy tarbiyaning ilmiy asoslarini 
yaratgan olim deb hisoblaydilar. Uning “Anatomiyaning jismoniy tarbiyaga 
munosabati va maktabda jismoniy ta’limning asosiy vazifasi”, “Maktab yoshidagi 
bolalar jismoniy tarbiyasiga doir qo`llanma”, “Nazariy anatomiya asoslari”, “Oila 
tarbiyasi” nomli asarlarida jismoniy tarbiyaning ilmiy-nazariy asoslari bilan birga, 
amaliyotga tadbiq etish meTodikasi masalalari ishlab chiqilgan. P.F.Lesgaft 
o`zidan oldingi jismoniy tarbiya nazariyachilaridan farqli o`laroq, jismoniy ta’lim 
atamasini ishlatgan. Uning fikricha butun jismoniy tayyorgarlik tizimida asosiy 
o`rinni ta’lim egallashi zarur. Jismoniy ta’lim aqliy ta’lim bilan uzviy bog`liq 
bo`lgandagina uning ta’siri samarali bo`ladi deb hisoblagan. P.F.Lesgaftning (p1), 
fikricha har qanday ta’limning asosiy maqsadi odamning shaxsiy manfatini emas, 
balki jamiyatga foyda keltirishini birinchi o`ringa qo`yishga erishishdan iborat 
bo`lmog`i lozim. Inson ijodiy fikrlaydigan, mustaqil va faol mashq qiladigan, hosil 
bo`lgan narsalarni bir-biridan farq qiladigan, ularni bir-biri bilan taqqoslay olish 
hamda o`zicha baholay oladigan, ya’ni tahlil qila olishni jismoniy ta’limning eng 
muhim vazifalaridan biri deb hisoblagan. P.F.Lesgaft har tomonlama kamol topgan 
shaxsni tarbiyalash tarafdori bo`lgan. Uning fikricha har taraflama kamol 
topishgina juda oz kuch sarflab, juda qisqa vaqt orasida eng yaxshi natijalarga 
erishib ishlash imkonini beradi. Jismoniy ta’lim shug`ullanuvchining yoshiga, 
jinsiy va individual xususiyatlariga mos holda amalga oshirishning tarafdori 
bo`lgan. Asta-sekin murakkablashib borishi, ko`nikma va malakalarning 
mukammal bo`lishi kerakligi qayd etilgan. P.F.Lesgaft jismoniy tarbiya 
mashg`ulotlarini o`qituvchi tushuntirishi orqali tashkil etishning tarafdori bo`lgan. 
Shaxsiy namuna sifatida ko`rsatib berishni ma’qullamagan. 
Tarbiyalanuvchi fikr yuritmaydigan, mexanik tarzda bajaradigan bo`lib qoladi deb
sanagan. Uning ta’limoti asosida jismoniy ta’lim aqlga suyanishi, aqlni ishlatgan 
xolda jismoniy ko`nikma va malakalar hosil qilishi, takomillashtirib borib, 
jismoniy mahorat va madaniyatga aylantirish kerakligi ta’kidlangan. P.F.Lesgaft 
ommaviy jismoniy ta’limning tarafdori sifatida barcha turdagi o`quv 
muassasalarida jismoniy mashg`ulotlarni ilmiy asoslangan reja va dasturlar asosida
olib borishning targ`ibotchisi bo`lgan va o`zining barcha bilim va tajribalarini 
shunga qaratgan. Nafaqat Rossiyada, balki butun dunyo miqyosida uning jismoniy 
tarbiya tizimi haqidagi ta’limoti ijobiy ahamiyat kasb etadi va xozirgi davrgacha 
dolzarbligini yo`qotmasdan kelmoqda.
Tayyorgarlik paytida qisqa masofaga mo'ljallangan barcha yugurish mashqlari qo'llaniladi:
startdan - 15 - 20 metrga (45 soniyadan 1 daqiqagacha dam olish oralig'i bilan 2-3 marta) takroriy yugurish;
og'irliklar bilan - 15 - 20 metrga (45 soniyadan 1 daqiqagacha dam olish oralig'i bilan 2-3 marta) takroriy yugurish;
asta-sekin tezlashib boradigan 20 - 25 metrga (45 soniyadan 1 daqiqagacha dam olish oralig'i bilan 2-3 marta) takroriy yugurish va finish;
masofani muayyan vaqtda yugurib o'tish;
1-2 o'rinlarni aniqlash uchun nazorat yugurishlari va eng kuchlilarning yakuniy yugurishlari.
2. Chidamlilik bo'yicha 6 daqiqa yugurish. Yugurish yo'lakchasi voleybol maydonining chiziqlari bo'ylab o'tadi, maydon burchaklari va maydon markazining chiziqlarida 0,5 metr uzoqlikda rangli ustunchalar o'rnatiladi. Yo'lakchaning uzunligi 54 metr bo'lib, shug'ullanuvchilar 6 daqiqa davomida iloji boricha ko'p marotaba maydon bo'ylab yugurishlari kerak. 10 kishilik guruh bo'lib yuguriladi. 6 daqiqa davomida yurish va yugurishga ruxsat beriladi va shug'ullanuvchilarning har biri belgilangan vaqt tugashi bilan, 6 daqiqadan so'ng joyida to'xtaydi. Bunda natija - shug'ullanuvchilar orasidagi oraliq, ya'ni shug'ullanuvchilar 6 daqiqa davomida yugurishgan aylana soni (bir aylana 54 metr) va shu bilan birga, oxirgi boshlangan yugurish masofa oralig'i bilan aniqlanadi.
3. Mokisimon yugurish - sport maydonining yugurish yo'lakchasida amalga oshiriladi. 10 metrlik masofa belgilanadi. Yugurish "start" chizig'idan yuqori startdan boshlanib, 10 metrlik chiziqqacha yuguriladi, tezkorlik bilan orqaga burilib, "start" chizig'iga yugurish davom etiladi, qayta burilish bilan 10 metrlik chiziqqacha yuguriladi hamda orqaga burilib "finish" chizig'igacha yugurib tugatiladi. Ishtirokchilarga start, yugurish yo'lakchasi soniga qarab va hakamlarning alohida vaqtni belgilashi bilan beriladi.
4. 1000, 2000, 3000 metrga chidamlilikni tarbiyalashga yordam beruvchi me'yoriy yugurishlar. Bular yugurish masofasiga mos ravishda qat'iy o'lchanib start va finish chiziqlari mavjud stadionning yugurish yo'lagida yoki tekis joyda qabul qilinadi. Yugurishlar yuqori startdan boshlanadi. Yugurishda bir vaqtda tegishli ravishda raqamlangan 12 - 15 kishi qatnashishi mumkin. Hakamlar hay'ati tomonidan yugurish qatnashchilari bo'yicha qat'iy nazorat o'rnatiladi. Finishda vaqt 1 soniyagacha aniqlik bilan qayd etiladigan sekundomerda o'lchanadi. Mashg'ulot (trenirovka) jarayonida uzoq muddatli yugurishga doir barcha turdagi yugurish mashqlaridan, shuningdek, past-baland joylarda, parklar, xiyobonlar, qumli va boshqa joylarda yugurishlardan foydalaniladi. Mashq jarayonida masofaning yarmini tezlikni asta-sekinlik bilan oshirib borish orqali yugurib o'tish, so'ngra butun masofani yugurish darajasini o'zgartirgan holda bosib o'tish tavsiya qilinadi.
5. Ko'p sakrashlar. Bu tezlik, chaqqonlik, kuch kabi jismoniy sifatlarni va sakrovchanlikni rivojlantiradi. Bunda o'quvchilarni bir oyoqda oxirgi kuchi qolgunigacha sakrab to'xtashigacha yoki ikkinchi oyoqqa o'tib ketishigacha bo'lgan sakrashi hisobga olinadi. Mashqlarni sport zalida yoki tekis maydonda bajarish mumkin. Sakrash sanog'ini bolalarning o'zlari mustaqil yoki sherigi sanashlari mumkin. Ko'p sakrash turini tayyorgarlikni arg'amchida sakrash, harakatli o'yinlarda (quyon, kenguru, qurbaqa, qushlar va boshqalarga) taqlid qilib sakrashlarni bajarish orqali muvaffaqiyatli topshirish mumkin. Ko'p sakrashda faqat bir oyoqda sakrash sanog'i hisobga olinadi.
6. Joydan turib uzunlikka sakrash. Tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi me'yor. Ushbu me'yor tekis joyda (maydonchada) imkon qadar yumshoq yerga tushadigan qilib bajariladi. Shunga mos keladigan maydonchada start chizig'i o'tkaziladi, ruletka (santimetrli lenta, lineyka) yordamida sakraladigan joy tomonga 5 (10 sm.) bo'linishlar asosida belgilar tushiriladi. Qatnashuvchi start chizig'ini bosmagan holda turishi lozim. Ishtirokchi yarim cho'qqaygan tayanch holatidan qo'llarni oldinga-yuqoriga erkin silkitib, ikki oyoqlari bilan keskin depsinib (sakrab) yerga tushishni bajaradi. Natijasini o'lchash start chizig'iga yaqinroq tovonlar (yoki gavda)gacha bo'lgan masofa o'lchanadi. Agar qo'llar (gavda)ning biror qismi orqaroqqa yerga teksa o'lchash start chizig'idan start chizig'iga yaqinroq bo'lgan (gavda) masofa o'lchanadi. Sakrash paytida start chizig'ini oyoq uchi bilan bosib olinsa sakrash hisoblanmaydi. Sakrash uch imkoniyatda bajariladi va eng yaxshi natija santimetrlarda bayonnomaga yoziladi. Natija 1 sm.gacha aniqlik bilan qayd etiladi. Mashg'ulot jarayonida quyidagi sakrash mashqlari bajariladi: arg'amchida sakrash, og'irlikni oshirgan holda bir joyda turib sakrash, ko'tarib qo'yilgan tayanchga va tayanch osha sakrash, joydan turib natijaga sakrash. Aynan shu talablar yugurib kelib uzunlikka sakrashga ham tegishli.
7. Arqonda sakrash. Bunda tezlik, chaqqonlik, kuch kabi jismoniy sifatlar va sakrovchanlik rivojlanadi. Ishtirokchilar arqon yordamida ikki oyoqda oxirgi kuchi qolgunicha yoki xato qilgunigacha bo'lgan sakrashlar hisobga olinadi. Arqonda sakrashlar 10 - 15 marta amalga oshiriladi.
8. Tennis to'pi yoki granatani uloqtirish. Bular harakatlarning muvofiqlashganligi, aniqligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi me'yor hisoblanadi. Uloqtirish granatani yoki 150 gr. og'irlikdagi to'pni (tennis to'pini) tekis maydonchada uzoqqa otish hamda balandligi 150 sm. bo'lgan 100x100 sm. kattalikdagi nishonga belgilangan masofalardan to'pni otib tekkazish orqali amalga oshiriladi. Uloqtirishlar start chizig'idan bajariladi. Nishonga qarab otish uchun nishon 8, 10, 12, 15, 20 metrli tegishli masofaga o'rnatiladi. Ishtirokchilar turgan joylaridan 2 marta otib mashqni bajarib ko'radilar, so'ngra 5 marta hisobga olinadigan uloqtirishni bajaradilar. Nishonning mo'ljalga olinganligi "tegdi" yoki "tegmadi" deb qayd qilinadi. Tennis to'pi yoki granatani uloqtirish paytida natijaning uzoqqa tushganligi metr va santimetrlarda 1 sm. aniqlik bilan qayd etiladi. Mashg'ulotlar jarayonida uloqtirish mashqlaridan foydalaniladi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni barcha mushaklarga qo'llash lozim: yelka bo'g'inlarida qo'llarning aylanma harakatlari, taqlidiy mashqlar, mayda toshlarni otish, tennis koptokchalarini uzoqqa, nishonga qarab otish, masofani kamaytirib yoki ko'paytirib otish (uloqtirish)lar, turgan joydan uloqtirish, yugurib kelib uloqtirish, ko'rish mo'ljalisiz uloqtirish, me'yorlarini bajarish. Mashqlar o'ng va chap qo'l bilan bajariladi.
9. Futbol to'pini darvozaga tepish. Bu 6 - 8 yoshli bolalar uchun mo'ljallangan sinov turi bo'lib, 3 metr uzoqlikda futbol to'pi qo'yiladi. Ishtirokchilar 1,5x1,5 metr hajmli darvozaga futbol to'pini kiritishlari lozim bo'ladi. Urinish uchun 6 marta imkon beriladi. Mashqlar o'ng va chap oyoq bilan bajariladi. Ishtirokchilar imkoniyatdan foydalanib, amalga oshirgan gollari hisoblanib, yuqori baho belgilanadi. Mo'ljalga olinganligi "hisob" yoki "hisob emas" deb qayd qilinadi.
10. Basketbol to'pini savatga tashlash. Ushbu shart ishtirokchilarning mo'ljalni aniq olish qobiliyatini rivojlantiradi. Ishtirokchilar basketbol koptogini 3 metr uzoqlikdan 5 marta urinishda savatga tushirishlari lozim bo'ladi. Basketbol koptogini 5 ta imkoniyatdan to'liq foydalanib, savatga tushirgan ishtirokchi g'olib sanaladi.
11. Basketbol to'pini dumalatib keglilarni yiqitish. Ushbu mashq qariyalar uchun mo'ljallangan bo'lib, basketbol to'pini dumalatib, 2 metr uzoqlikdagi keglilarni yiqitish lozim. 5 marta urinishda ko'proq keglilarni yiqitgan ishtirokchiga yuqori baho belgilanadi.
12. Arqonga tirmashib chiqish. Me'yoriy talablar standart arqonlarida qabul qilinadi. Oyoq va qo'llar yordamida hamda oyoqlarning yordamisiz tirmashib chiqishga ruxsat beriladi.
13. Gimnastika narvonini ushlab o'tirib, turish. Ushbu mashq qariyalar uchun mo'ljallangan bo'lib, ishtirokchilar gimnastika narvonini ikki qo'l bilan ushlab, o'tirib, turish mashqini bajaradilar. Kim ko'p o'tirib, tursa yuqori baholanadi.
14. Qo'llarni oldinga cho'zib o'tirib, turish. Ushbu mashq qariyalar uchun mo'ljallangan bo'lib, bunda, suyaklar va mushaklar faoliyati yaxshilanadi. Qo'llarni oldinga cho'zib o'tirib, turish mashqi bajariladi. Kim ko'p o'tirib, tursa yuqori baholanadi. Vaqt hisobga olinmaydi.
15. Gimnastika devoriga navbatma-navbat bosib (tepa va pastga) tirmashib chiqish. Tirmashish mashqlari maxsus gimnastika devorlari zinalarida o'tkaziladi.
16. Yon tomon bilan mokisimon yurish. Sport maydonining yugurish yo'lakchasida amalga oshiriladi. 10 metrli masofaga 3 marta yon tomonlama mokisimon yurish belgilanadi. Yon tomonlama mokisimon yurish "start" chizig'idan yuqori startdan boshlanib, 10 metrli chiziqqacha yuriladi, "start" chizig'iga yurish davom ettiriladi, qayta burilgan holda 10 metrli chiziqqacha yuriladi hamda orqaga burilib "finish" chizig'igacha yurib tugatiladi. Ishtirokchilarga start yurish yo'lakchasi soniga qarab va hakamlarning alohida vaqtini belgilagan holda beriladi.
17. Gimnastika o'rindig'i bo'ylab yurish. Gimnastika o'rindig'ining o'tiradigan qismi polga yotqizilib, ingichka qismi yuqoriga qaratiladi va muvozanatni saqlab yurish mashqlari bajariladi.
18. Skandinavcha yurish - 500 m. Ishtirokchilar ikkala qo'lda qo'ltiqtayoq yordamida 500 metr uzoqlikka skandinavcha yurib borishlari lozim. Marraga birinchi bo'lib yetib kelgan ishtirokchi g'olib hisoblanadi. Skandinavcha yurishda vaqt hisobga olinmaydi.
19. Gimnastika o'rindig'iga tayanib qo'llarni bukib-yozish. Qo'llarni bukish va yozish - ishtirokchilar qo'llarga tayanib yotgan holda dastlabki holatini egallaydilar, ishora berilishi bilan ishtirokchilar qo'llarini bukib, so'ng qo'llarini yozadilar. Ishtirokchilarning mashqni bajarishda qo'llarni bukib yozish sanog'i olib boriladi.
20. Polga tayangan holda qo'llarni bukib yozish. Ishtirokchilar polga tayangan holda qo'llarni bukib yozishda qo'llarga tayanib, boshni to'g'ri tutib, yotgan holda dastlabki holatini egallaydilar, ishora berilishi bilan ishtirokchilar qo'llarini bukib, so'ng qo'llarini yozadilar. Ishtirokchilarning mashqni bajarishida qo'llarni bukib yozish sanog'i olib boriladi.
21. Gimnastika o'rindig'idan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish (oyoq ostidan pastga hisoblanadi). Ishtirokchilar gimnastika o'rindig'iga chiqib, oldinga egilishlari lozim. Bunda oyoq ostidan pastga tushirilgan qo'llar uzunligi santimetr bo'yicha hisoblanadi.
22. Oldinga egilish. Asosan qariyalar uchun mo'ljallangan bo'lib, bosh va qo'llar quyiga egiladi. Bunda vaqt hisoblanmaydi. Sanoq bo'yicha ko'p marta oldinga egilgan ishtirokchi g'olib hisoblanadi.
23. Kurakda yotgan holda oyoqlarni juftlashtirib yuqoriga ko'tarish. Ushbu mashq suyaklar va mushaklar harakatlanishining yaxshilanishiga yordam beradi. Bunda ishtirokchilar yerga kuragi bilan yotgan holda oyoqlarni juftlashtirib, yuqoriga 900ga ko'tarib, tushirishlari lozim. Sanoq bo'yicha ko'p marta oyoqlarni yuqoriga ko'tarib tushirgan ishtirokchi g'olib hisoblanadi.
24. Yiqilishda o'zini himoya qilish (yonga, oldiga, orqaga). Ikki ishtirokchi bir-birini yiqitadi. Bunda yiqilgan ishtirokchi o'zini yonga, oldinga va orqaga yiqilayotgan vaqtida lat yeyishdan himoyalanadi. Ushbu mashq ochkolar bo'yicha baholanadi.
25. Darts. Bu o'yin mo'ljalni aniq olish uchun foydali hisoblanadi. Ishtirokchilarning yoshiga qarab darts taxtasining masofasi belgilanadi. Dartsda 6 ta imkoniyat beriladi. Ko'p ochko to'plagan ishtirokchi g'olib hisoblanadi.
26. 45 kg.lik qo'g'irchoqni qo'li va belidan ushlab bo'ksadan oshirib yiqitish (o'ng va chap tomonlarga). Ishtirokchilarning kuch va epchillik sifatlarini rivojlantirishda ushbu mashq foydali hisoblanadi.
27. 16 kg. sport anjomini (gira) bir qo'lda yuqoriga ko'tarib tushirish. Bu kuch sifatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi me'yoriy mashq hisoblanadi. Ishtirokchi sport anjomini o'ng va chap qo'llarida yuqoriga ko'tarib tushirishi soniga qarab, ochkolar hisoblanadi.
28. Turnikda tortilish. Bu kuch sifatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi me'yoriy mashqdir. Baland turnikda yuqoridan ushlab, to'g'ri qo'llarga osilib turgan holatda (oyoqlar yerga tegmaydi) bajariladi. Qo'llar orqali tortilish iyak (engak) turnikning grifini kesib o'tishiga qadar bajariladi, 5 soniyadan ortiq to'xtashga hamda tortilish paytida silkinish harakatlariga ruxsat berilmaydi (10, 15 marta va hokazo). Turnikda bir vaqtning o'zida "Mumkin!" buyrug'iga ko'ra ikki ishtirokchini tortilish mashqini bajarishiga ruxsat beriladi. Sanashni ijrochilarning ro'paralarida turgan hisobchi-hakamlar baland ovoz bilan olib boradilar. Noto'g'ri bajarilgan tortilish "Hisoblanmasin!" degan buyruq bilan qayd etiladi. Mashq tugashi bilan natija ishtirokchi va musobaqa qaydnomasini yozayotgan kotibga eshittirib e'lon qilinadi. Mashg'ulot jarayonida buyumlarsiz va buyumlar bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar: tortilishning har xil usullari (yotgan, osilgan, turgan holatda), baland turnikda, yuk bilan sherigining yordamida osilgan holatda tortilish; maksimal miqdorda, qo'lda osilib turgan statik tavsifdagi mashqlar; natijani hisoblash uchun tortilish qo'llaniladi. Muntazam ravishda tortilish miqdorini asta-sekinlik bilan oshirib borish uchun ularni "ertalabki badan tarbiya mashqlari" majmui oxirida bajarish mumkin.
29. Past turnikda tortilish. Bu kuch sifatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi yana bir me'yoriy mashq hisoblanadi. Past turnikda pastdan ushlab (qo'lning ichki tomoni bilan ushlagan holda), to'g'ri qo'llarga osilib turgan holatda (oyoqlar yerga tekkan holda) bajariladi. Qo'llarda tortilish iyak (engak) turnikka tekkanga qadar bajariladi, 5 soniyadan ortiq to'xtashga hamda tortilish paytida silkinish harakatlariga ruxsat berilmaydi (10, 15 marta va hokazo). Ushbu mashq asosan xotin-qizlar bajarishi uchun mo'ljallangan.
30. Chalqancha yotgan holatda gavdani ko'tarish. Bu jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun xizmat qiladigan me'yordir. Mashq tekis yuzada orqasi bilan (chalqancha) yotgan holatda bajariladi, oyoqlar yuzi sherigi tomonidan ushlab turiladi, qo'llar bosh ortidam bo'ladi. Dastlabki holat qabul qilingandan keyin qatnashchilarga "Mumkin!" degan buyruq beriladi. Gavdani ko'tarish natijasi necha martaligi bilan qayd qilinadi (20, 30 va hokazo). Agar gavda tik holatda ko'tarilayotgan bo'lsa mashqlar bajarilgan hisoblanadi. Mashg'ulot to'g'ri tutilgan oyoqlarda bajariladi. Stulda, o'rindiqda, yerda o'tirgan holatda turli xil silkitish harakatlarini qo'llagan holda umumrivojlantiruvchi mashqlar, oyoqlarni silkitish, oyoqlarni tizzadan bukish bilan bir vaqtda tizzalarni ko'krakka tekkizish, to'g'ri tutilgan oyoqlarni yuqori burchak holatigacha ko'tarish. Orqasi bilan yotgan holatda galma-gal to'g'ri tutilgan oyoqlarni ko'tarish, qo'llarning turli holatida (qo'llar belda, yelkada, boshning orqasida) gavdani ko'tarish, tirkab qo'yilgan oyoqlar holatida (gimnastika o'rindig'i, gimnastika devori, boshqa buyumlar va sherigi) gavdani yuqoridagi kabi ko'tarishlar, me'yorlarni to'liq bajarish
31. Suzish. Bu jismoniy chidamlilik va boshqa sifatlarni hamda suv muhitida harakat ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beruvchi me'yordir. Suzish mashg'ulotlarini tashkil etish, suzish bo'yicha me'yorlarni qabul qilish alohida diqqatni va ehtiyotkorlikni talab etadi, mashg'ulotlar va musobaqalarning xavfsizligini ta'minlovchi barcha qoidalarga rioya qilish zarur. Mashg'ulotlarni va me'yorlarni suv havzasida yoki tabiiy (daryo, ko'l) suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda, maxsus jihozlangan joyda qabul qilish mumkin. Mashg'ulot suv havzalarida masofa qirg'oq bo'ylab 90 - 120 sm. chuqurlikka ega bo'lgan joylarda o'tishi kerak. Me'yorni topshirish suza oladigan qatnashchilarga ruxsat etiladi, suza olmaydiganlar uchun mashg'ulotlar tashkil etib, suzishga o'rgatilgandan keyingina ularni musobaqalarga qo'yish mumkin. Suzishni qabul qilish uchun start hakami qatnashchilariga buyruq berib (cho'ziq xushtak bilan) start joyiga chaqiradi. Hakamning "startga" degan buyrug'i bilan qatnashchilar "suzuvchining starti" holatini egallaydilar va start pistoletidan o'q uzish bilan suzishni boshlaydilar. Suzishda ishtirok etuvchilar soni basseyndagi yo'laklar soniga bog'liq bo'ladi. Natija 0,1 soniya aniqlik bilan har bir yo'lak boshida turgan sekundomerli hakamlar tomonidan o'lchanadi.
XULOSA.
Mazkur maqolada maktab yoshdagi bolalarning tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishiga ko’ra rejalshatirilgan harakatli o’yinlardan foydalanishning samaradorlik darajasini aniqlashga yo’naltirilgan pedagogik tajriba materiallari takdim etilgan. 14-15 yoshli bolalarning turli yosh - jins guruhlarida o’tkazilgan pedagogik tadqiqotlar turli jismoniy sifatlarning takomillashuvi jarayoniga pedagogik tajribaning ta’sir ko’rsatishi uz Journal xususiyatlarinigina emas, balki ulardagi o’zgarishlarning yosh xususiyatlarini ham aniqlash imkonini berdi. Pedagogik tajriba barcha jismoniy sifatlarning o’zgarishlariga xos tabiiy yosh xususiyatlarini saqlab qolishgina emas, balki ayrim hollarda xatto bu jarayonlarni tezlashtirish ham mumkin bo’lganligini ko’rsatdi. Bu ko’proq chaqqonlik va tezkorlok , eng kam darajada chidamlilik, kuch va egiluvchanlikka taalluqli. Harakat apparatining alohida jismoniy mashqlar ta’siriga bo’lgan yaqqol ifodalangan geteroxron reaksiyasidan dalolat beruvchi ma’lumotlar olindi. Bu shunda namoyon bo’ldiki, hatto turli test topshiriqlari asosida u yoki bu jismoniy sifatning o’zgarishlarini tahlil etishda ham ishonchlilik darajasi juda farqli bo’ldi, alohida hollarda variantlilik koeffitsienti 80% gacha yetdi: bu maktab yoshdagi bolalar organizmining ko’pincha tezlashuv jarayoni, hususan asab-mushak apparati rivojlanishining jadallashuvi vaqtida jismoniy mashqlar ahamiyatini chegaralovchi funksional tizimlaridagi qator mexanizmlarning kuchli ta’siri ustida so’z yuritishga imkon beradi. Shunisi aniqki, 14-15 yoshli bolalarning asab-mushak apparati hali yetilmagan bo’lib, u tezkor shakllanish bosqichida. Bundan tashqari, shu hodisaga ham diqqat qilish kerak: bu yoshdagi bolalar yakqol ifodalangan alohida yosh–jins xussiyatlariga ega bo’ladilar. Jismoniy sifatlarning o’zaro ta’sirini bog’liqlikda tahlil etish pedagogik tajriba natijasida yuz bergan o’zgarishlar mohiyatini chuqurroq anglashga imkon yaratdi. Agar mazkur tadqiqotlar ostiga to’g’ri chiziq tortsak, pedagogik tajriba tufayli maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy sifatlari orasidagi ishonchli bog’liqliklar miqdorini jiddiy oshirish mumkin bo’lgani haqida yuksak ishonch bilan gapira olamiz.


Yüklə 76,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin