Mang'itlar sulolasi hukmronligi davrida davlat boshqaruvi va ma’muriy tizim
Reja: Kirish.
Asosiy qism. Buxoroda mang’itlar sulolasi hukmronligining o’rnatilishi
Kirish
1758 yil 24 martda Muxammad Raximbiy olamdan o’tgach mang’itlar uning amakisi Doniyolbiyni amirlikka nomzod qilib ko’rsatadilar. Markazlashtirish siyosatidan norozi bo’lgan viloyatlar xokimlari qo’zg’olon ko’taradilar. Ularga Kenagas, Yuz, Baxrin, Berkut va Saroy urug’lari boshliqlari xam qo’shiladilar. Feadal tarqoqlik va o’zaro urushlar joniga tekkan xunarmand va dexqonlar Doniyolbiyni qo’llab quvvatladilar. Doniyorliy Buxoroliklar yordamida feadallar isyonini bostiradi. Isyonchilar shavqatsiz jazolangan bo’lsalarda , qarshilik to’xtamaydi. Natijada uning xokimyati ancha cheklanadi. Fikrimizni quyidagi fakt tasdiqlashi mumkin. 1781 yilda rus xukumati Doniyolbiyga savdo shartnomasini tuzishni taklif etganda u 92 ta qabila boshliqlarining fikrini bilmasdan turib bu taklifga javob bera olmasligini bildirib xat yozadi. Bu xat markaziy xokimiyat ancha cheklanganidan dalolat beradi. Shaxarliklar bu xolatdan albatta rozi emas edilar. Bundan tashqari Donyorliy qo’shinni taminlash uchun yangi soliq joriy qiladi Bunga javoban 1784 yilda Buxoroliklar qo’zg’olon ko’taradilar. Doniyolbiy iste’foga chiqib taxtni o’g’li Shoxmurodga topshirishga majbur bo’ladi. Amiri Masum - Shoxmurod (1785-1800yy) kamtarin turmush tarzini kechirgan, din aqidalarini o’zlashtirib, taqvodor inson nomini qozongan shaxs edi. U markaziy xakimiyatni ancha mustahkamlashga erishadi. Shohmurod o’z qo’li bilan, shaxar aholisi ko’zi oldida, Arkda, Rahimbiy davridayoq katta xokimiyatga erishgan va xalqqa nisbatan adolatsizlik qilgan Davlat qushbegi va Nizomiddin Qozikalonni o’ldiradi va yirik feodallarga kim amirga qarshi borsa uni xam shunday jazo kutishini aytadi. Shoxmurod noshariy soliqlarni (xiroj, zakotdan tashqari) bekor qiladi. U amir unvoni bilan davlatni boshqargan. Taxtga esa Donishmandcha, Abdulg’ozilarni o’tqazadi. 1785 yilda Shohmurod pul islohotini o’tkazadi. Ungacha tilla va kumush tangalar tarkibida mis bo’lsada, ularning qiymati majburiy ravishda toza tilla va kumush tangalarga tenglashtirilgan edi. Shoxmurod probasi baland oltin va kumush tangalarni zarb qila boshlaydi. Bundan tashqari u aholiga malum haq olish evaziga Saroy qoshidagi pul zarb qiladigan ustaxonada o’z oltin va kumushlaridan tangalar zarbqilib berish garuxsat beradi.
Shoxmurod sud tizimini demokratlashtirdi va unga shaxsan o’zi raxbarlik qildi. Viloyat va tumanlardagi qozilarni amirning o’zi tayinlar edi.. Ular o’z faoliyatlarida amir tomonidan maxsus ishlab chiqilgan huquqiy traktatga asoslanishlari lozim edi. Buxoroda 40 kishidan iborat Oliy Sud palatasi tuziladi va bu palata davlat ahamiyatiga ega bo’lgan va qiyin, munozarali ishlarni ko’rar edi. Palata ishida amirning o’zi ishtirok etgan. Bu palataga shariatqoidalari amaldorlarva boylar tomonidan buzilsa oddiy aholi vakillari, to xatto qullar xam ximoya so’rab murojaat qilishlari mumkin edi.
Shoxmurod qo’shinni moliyaviy taminoti tartibini o’zgartiradi. Lashkarboshilarga qo’shinga rahbarlik qilish evaziga berilgan yer mulklar tortib olinib, vazifasiga qarab maosh to’lanadigan bo’ldi.. Xurosonga xarbiy yurishlar tashkil qilinib olingan o’lja shariat qoidalari asosida taqsimlandi. Amudaryoning so’l qarg’og’idaggi yerlar bu yurish natijasida amirlikka qo’shib olindi. Murg’ob vohasi ,Marv,, Balx yana Buxoro davlatiga qo’shildi. Mamlakatda markaziy xokimiyatni mustahkamlash, viloyatlarni bo’ysundirish maqsadida u Karmana , Shaxrisabz va Xo’jandga xarbiy yurishlar qildi. Afg’on hukmdoriga qarshi olib borilgan urushlar natijasida Shoxmurod Janubiy Turkistonni mamlakat tarkibiga qo’shishga erishdi Shoxmurodning ana shunday siyosati Markaziy xokimiyatni birmuncha mustahkamladi. Lekin uning o’g’li Amir Xaydar bu siyosatni davom ettira olmadi. Xokimiyat almashayotganda boshlangan ommaviy qo’zg’alonlar Xaydarni o’zbek bek va biylariga murojaat qilishga majbur qildi. Natijada ularning tasiri birmuncha kuchaydi.. Lekin shunday bo’lsada Shohmurod islohotlari o’zining samarasini berdiva Buxoroni markazlashgan davlat sifatida, absolyut monarxiya xukmronligi o’rnatilgan davlat sifatida saqlanib qolishiga sharoit yaratdi1. Amir Xaydar davrida soliqlar miqdori oshdi, davlat apparatidagi amaldorlar soni 4000 taga yetdi. Qo’shin miqdori xam ko’paydi. Faqat Buxoroning o’zidagina doimiy qo’shin tatkibida 12000 sarboz bor edi. Xarbiylar taminotining yarmi, maoshidan yarmi bug’doy berishdan iborat bo’lgan. Ular pilta miltiq, qilich, kamon va zambaraklar bilan qurollangan edilar.
Markaziy xokimiyatni mustahkamlash maqsadida u Shaxrisabz, Panjikent, Miyonqol, O’ratepa xududlariga xarbiy yurishlar qildi. Uning davrida Xiva xonining talonchilik yurishlari avjiga chiqdi. Xaydar qo’shin safiga dehqon va xunarmandlarni chorladi va Xivaliklarni mamlakatdan quvib chiqardi. Xiva xoni Eltuzarxon Amudaryoga cho’kib ketdi.
Axmad Donish malumotlariga ko’ra Amir Xaydar davri to’xtovsiz urushlar davri bo’lgan ekan. Har 3 – 6 oyda yangi urush boshlangan ekan. Uning davrida qo’shinning asosini o’zbek urug’lari emas o’troq aholi tashkil qila boshladi. Bu o’zbek urug’lari zodagonlarining tasirini susaytirdi. Xaydar davrida Shoxmurod davrida boshlangan. Buxoroning islom dini markazlaridan biriga aylanishi va ulamolarning kuchayishi jarayoni davom etdi.