Kirish “Agrobank” atb ning tashkil etilishi tarixi va vazifasi


Agrobank – tezkor, innovatsion, interaktiv bank xizmatlari kengaymoqda



Yüklə 181,16 Kb.
səhifə5/14
tarix25.12.2023
ölçüsü181,16 Kb.
#195363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Marjona hisobot

Agrobank – tezkor, innovatsion, interaktiv bank xizmatlari kengaymoqda.
Joriy yilning 12 - iyul kuni “Agrobank” ATB tomonidan “Chakana xizmatlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusiga bag‘ishlab matbuot anjumani o‘tkazildi.Tadbirda bank tomonidan aholi va bank mijozlarini, shuningdek, kichik biznes sub'yektlari hamda fermer xo‘jaliklarini tezkor, ishonchli, innovatsion bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, joriy qilingan yangi interaktiv xizmat turlari haqida so‘z bordi. Unda “Agrobank” ATB Bosh offisining rahbar va xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
“Agrobank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Ilyos Amanovning qayd etishicha, bugungi kunda bankning 950 dan ortiq infratuzilma shaxobchalari bo‘lib, ya'ni 178 ta filial, 208 ta minibank, 95 ta maxsus kassa, 226 ta valuta ayirboshlash shahobchasi va 246 ta xalqaro pul o‘tkazmalari shaxobchalari orqali 223 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,5 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga keng turdagi xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Texnologiyalar juda tez rivojlanayotgan hamda raqobat darajasi chuqurlashayotgan zamonda, banklar uchun yangi va qulay xizmatlarni birinchi bo‘lib joriy etish faoliyatni rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Bu yo‘nalishda Agrobank tomonidan yo‘lga qo‘yilgan xizmatlarni alohida qayd etib o‘tildi. Xususan, Agrobank tomonidan tijorat banklari o‘rtasida birinchi bo‘lib o‘z mobil ilovasi orqali skoring tahlil asosida onlayn tarzda mikroqarz ajratish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda ushbu xizmat orqali 152 mingdan ortiq mijozga qariyb 130 mlrd. so‘mlik onlayn mikroqarz ajratildi. Shuningdek, “Agro ekspress” milliy valutadagi pul o‘tkazmalari xizmati ushbu turdagi xizmatlar ichida birinchi bo‘lib joriy etildi. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida, bankning istalgan plastik kartasini rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda rasmiylashtirish va ushbu kartani mijozga bepul yetkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Xorijga safarga chiqayotgan mijozlar uchun bir vaqtning o‘zida milliy valyuta va AQSh dollarida to‘lov imkoniyati mavjud bo‘lgan multivaluta karta muomalaga chiqarildi.
Bankning to‘lov terminallar soni 36 mingtaga, tarqatilgan plastik kartochkalar soni 2 mln. 477 mingtaga yetkazildi. Yil boshiga nisbatan terminallar soni 5 mingtaga, plastik kartalar soni 84 mingtaga ko‘paydi. Respublikamizning barcha hududlarida 402 ta bankomat joylashtirildi, jumladan 300 ta yangi bankomat olib kelib o‘rnatildi. Bank tomonidan 2019 yil yakuniga qadar yana 1000 ta bankomat olib kelinadi.
B ankning “Internet banking” tizimiga ulangan mijozlar soni 37,5 ming, “Mobil-banking” xizmatidan foydalanilayotgan mijozlar soni 241 mingdan ortdi. “Mobil-banking” xizmati foydalanuvchilari yil boshiganisbatan 136 mingtaga oshdi. Internet tarmog‘i hamda mobil telefon orqali bank xizmatlaridan foydalanish aholini ushbu xizmatlarga bo‘lgan qiziqishi va ishonchini orttirib, bir qator qulayliklar yaratmoqda. Xususan, mijozlarda ushbu ilovaga ulanishda imkoniyatlar yaratish uchun filiallar hududlariga tekin Wi-Fi zonalarini o‘rnatildi. Agrobank tomonidan kelgusida ham aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, bankning chakana xizmatlari sohasini rivojlantirish va inetraktiv bank xizmatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida o‘zining munosib hissasini qo‘shaveradi.
“Agrobank” ATB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig`ilishining 2022-yil 25-avgustdagi 49-sonli bayonnomasining 2-ilovasiga ko`ra “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining tashkiliy tuzilmasi quyidagicha:

  1. Aksiyadorlarning umumiy yig`ilishi;

  2. Bankning Kuzatuv kengashi;

  3. Ichki audit bo`limi;

  4. Korporativ boshqaruv xizmati;

  5. Taftish komissiyasi;

  6. Risklarni boshqarish va komplaens qo`mitasi;

  7. Strategiya, investitsiyalar va transformatsiyalar qo`mitasi;

  8. Tayanish, mukofotlar va korporativ boshqaruv qo`mitasi;

  9. Bank kengashi;

  10. Investitsiyalar qo`mitasi;

  11. Likvidlikni boshqarish qo`mitasi;

  12. Kredit qo`mitasi;

  13. Bosh ofis;

  14. OOO “Leader Finance”;

  15. Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar bo`yicha boshqarmalar;

  16. Filiallar va bank xizmatlari markazlari.

Ammo, izoh tariqasida aytib o`tish joizki Bank Boshqaruvi mazkur tashkiliy tuzilma doirasida bankning tarkibiy bo`linmalarini faoliyat doirasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda qayta nomlashi mumkin.


Yüklə 181,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin