Kirish “Agrobank” atb ning tashkil etilishi tarixi va vazifasi


yil - "Paxta Bank"ning birinchi plastik kartochkasi joriy qilindi. 2001 yil



Yüklə 181,16 Kb.
səhifə3/14
tarix25.12.2023
ölçüsü181,16 Kb.
#195363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Marjona hisobot

2001 yil - "Paxta Bank"ning birinchi plastik kartochkasi joriy qilindi.
2001 yil - Eksimbank va Xitoy Xalq respublikasining kredit liniyasi ochildi.
2003,2004,2007,2008,2009 - Britaniyaning "FT Business Financial Times" gazetasi va "The Banker" jurnali fikriga binoan bank O'zbekiston Respublikasida "Yil banki" sifatida tan olindi.
2007 yil
- "Paxta Bank" O'zbekiston Respublikasidagi tijorat banklar ichida birinchi bo'lib Fitch Ratings xalqaro reyting kompaniyasining to'liq xalqaro reytingini olishga muvaffaq bo'ldi.
2008 yil - Aholining omonatlarini jalb qilish bo'yicha banklararo tanlovda "Eng yaxshi emitent bank" nominatsiyasi bo'yicha Paxtabank 1 - o'rin sohibi bo'ldi, hamda "Qishloq joylarida joylashgan aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi bank filiali" nominatsiyasi bo'yicha "OATB Paxtabank"ning Chust filiali 1 - o'rin sohibiga aylandi hamda diplom va bosh sovrin "Damas" avtomobili bilan taqdirlandi.
2009 yil - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2009 yildagi №101084-sonli qaroriga asosan OATB "Paxta-Bank" asosida ochiq aksiyadorlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.
2010 yil - Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish uyushmasining 5 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi.
2013 yil - Turkiyaning "Ziroat" bankidan 5 million AQSh dollari miqdorida kredit linyalari jalb qilinishi bo'yicha shartnoma imzolandi.
Bankning yuksak vazifasi - o'z mijozlariga ularning bizneslari talablariga javob beruvchi keng qamrovli bank xizmatlarini professional darajada taqdim etib, respublikada tadbirkorlikning mustahkamlanishiga ko'maklashish.Ushbu vazifani amalga oshirishda ATB «Agrobank» doimiy ravishda o'zining korporativ qadriyatlariga asoslanib faoliyat yuritadi.
Korporativ qadriyatlar:
Kasbiy mahorat. ATB «Agrobank» bilan ish olib borayotgan har qanday mijoz sifatli xizmat ko'rsatilishi hamda mahsulotlardan foydalanishda eng maqbul qaror va maslahatlar taqdim etilishiga amin bo'lishi mumkin.
Ishonchlilik. ATB «Agrobank» biznes sohasida yaxshi nom orttirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yib, mijozlar, hamkorlar va davlat organlari bilan halollik, o'zaro ishonch, ochiq siyosat va hamjihatlikka asoslangan o'zaro munosabatlarda ish etikasining yuksak me'yorlariga rioya qiladi.
Ochiqlik. ATB «Agrobank» faoliyati mijozlar, xodimlar, jamoatchilik va davlat bilan bo'ladigan ochiq va samimiy munosabatlarga asoslangan.
Qonuniylik. ATB «Agrobank» o'z faoliyatini qonuniy asoslarga tayanib olib borishi bilan birga, noo'rin tavakkalchilik va shubhali (g'ayriqonuniy) bitimlar tuzilishiga yo'l qo'ymaydi.
Innovatsion g'oyalarni qo'llash. ATB «Agrobank» doimo har bir mijozga jahon miqyosidagi bank ishi va innovatsion g'oyalarning eng zamonaviy yutuqlariga asoslangan bank mahsulotlari va xizmatlarining majmuasini taqdim qilishga intiladi.
Xalqaro hamkorlik. ATB «Agrobank» mamlakatimiz korxonalariga chet el investorlarini jalb qilish va xorijiy hamkorlarga O'zbekistonda o'zlarining biznes faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun zamonaviy g'oyalarni taklif etadi.
Samaradorlik. Har bir operatsiyani amalga oshirishda ATB «Agrobank» qisqa vaqt ichida mehnat va moliyaviy resurslardan eng maqbul ravishda foydalangan holda eng yuqori natijalarga erishishni ko'zda tutadi.
Bank o'z biznesini quyidagi tamoyillarga tayangan holda amalga oshiradi:
Shaffoflik. Bank doimo faoliyatida sodir bo'layotgan muhim voqealar to'g'risida ishonchli ma'lumotlarni taqdim etadi, chunki axborotlarning shaffofligi – mijozlar va hamkorlarning bankka bo'lgan yuqori darajadagi ishonchi uchun asos va poydevordir.
O'zaro ishonch. Bank o'z mijozlarini biznesni rivojlantirishning asosi deb hisoblagan holda ularning bankka bo'lgan ishonchini qadrlaydi hamda munosabatlarni o'zaro manfaatli sharoitlarda mustahkamlaydi.
Professionallik. Professionallar jamoasini shakllantirgan holda bank o'z xodimlarining malakasini muntazam oshirish uchun zaruriy sharoitlarni yaratadi,ularning ijtimoiy himoyasi hamda motivatsiyasi haqida qayg'uradi.
Novatorlik. Bank mijozlarining talablariga to'liq javob berish uchun o'tgan davr tajribasi va bugungi kunning innovatsion yechimlarini birlashtiradi.
Hozirgi kunda bank:
O’zbekiston Respublikasi banklar Assotsiatsiyasi a’zosi;
O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi qatnashchisi;
Fuqarolarning banklardagi "Omonatlarini kafolatlash jamg’armasi" a'zosi;
“Toshkent” Respublika fond birjasi qatnashchisi;
O’zbekiston umumdavlat to’lov tizimining a’zosi;
SWIFT xalqaro to’lov tizimi a’zosi;
VISA xalqaro to'lov tizimi a'zosi;
O'zbekiston linzing beruvchilar Assotsiatsiyasi a'zosi; sindikatli kreditlash tashabbus markazi hisoblanadi.
Bank WESTERN UNION, UNISTREAM, ЗОЛОТАЯКОРОНА, CONTACT, MONEY GRAM kabi xalqaro pul o’tkazmalari tizimlari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o’rnatib kelmoqda.
Xalqaro reyting:
2018 yil, B1/B2/NP «Moody's Investors Service» xalqaro reyting agentligi tomonidan AТB “Agrobank”ga quyidagi xalqaro reyting baholari berildi:
Barcha reytinglar bo’yicha prognoz – «BARQAROR»;
Milliy valyutadagi depozitlari bo’yicha – B1/NP;
Хorijiy valyutadagi depozitlari bo’yicha – B2/NP;
Kontragent riskini baholash bo’yicha - B1(cr)/NP(cr)
Milliy reyting:
2018 yil, uzA+ (Juda yuqori)
«Axborot-Reyting» banklararo reyting kompaniyasi AТB «Agrobank»ga:
Milliy shkala bo’yicha kreditga layoqatlilik «uzA+» (Juda yuqori) reytingini berdi;
Investitsion faollik bo'yicha - 66,54 ball bilan baholadi.



Yüklə 181,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin