Kirish 3 I bob. Yosh gandbolchilarni tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarning o’rni



Yüklə 66,53 Kb.
səhifə6/30
tarix28.09.2023
ölçüsü66,53 Kb.
#150093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Tezkorli-kuch qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy va uslubiy asoslari.

Tajribadan oldin


Tajribadan so’ng


Ishonchlilik belgisi


Tajriba guruhi


Nazorat guruhi


I-II


I-III


II-III









1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

1. 10 marta tortilish vaqti, s


18,24

4,53

10,82

0,55

13,74

3,17

0,01

0,05

0,01

2. 10 marta o’tirib-turish
vaqti, s

16,88

2,86

10,40

0,87

13,09

1,85

0,01

0,01

0,01

3. 0,7 m ga sakrash vaqti, s

8,8

1,90

6,46

0,46

7,69

1,08

0,01

0,05

0,01

4. Oyoqlarni ko’tarish
vaqti, s

17,29

1,38

11,45

0,49

12,5

2,44

0,01

0,01

0,01

5. Ulaqtirishlar vaqti, s

19,99

2,14

12,8

0,46

14,41

2,74

0,01

0,01

0,01

6. Hisobga olinadigan
kombinasiyalar vaqti, s

57,56

3,88

374,3

1,50

42,7

19,81

0,01

0,05

0,01

7. Maxsus chidamkorlik
koeffisiyenti, nis. bir.

118,96

40,38

153,35

10,82

121,82

46,49

0,01

0,05

0,05

8. Garvard test darajasining
indeksi

88,9

4,84

93,38

5,26

75,12

18,37

0,05

0,05

0,05

9. Tana kuchi, N

1170

457,8

1820

158,5

1420

449,1

0,01

0,05

0,05

10. Chap panja kuchi, N

491

81,0

650

65,0

503,1

157,9

0,01

0,01

0,01

11. O’ng panja kuchi, N

515,1

67,7

673

50,6

601,1

1259,7

0,01

0,05

0,01

12. Turgan joydan uch
hatlab sakrash, sm

405,62

190,29

543,0

61,05

454,4

211,77

0,05

0,05

0,01

13. Yotgan holatda qo’llarni
yerga tirab bukib-yozish, N

490

287,4

838

101,0

607,0

284,1

0,01

0,05

0,05


So’z jismoniy tayyorgarlik va xususan sportchilarni tayyorlashda harakat sifatlarini (tezkorlik, kuch, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik) bir-biriga bog’lab shakllantirish muhimligi haqida borar ekan, bu borada tezkor-kuch sifatiga aloxida urg’u berish maqsadga muvofikdir.



Har bir sport turida ijro etiladigan harakat malakasi negizida tezkor-kuch sifati hal qiluvchi muhim manba bo’lib hisoblanadi. Masalan, voleybolda to’r ustidan hujum zarbasini ijro etish uchun tezkor-kuch sifati ushbu malaka muvaffaqiyatini ta’minlovchi omildir; boksda esa mazkur sifat hujum yoki qarshi hujum usullarini qisqa vaqtda katta kuch bilan qo’llashda az qotadi. Darhahiqat, kuzatuv natijalariga ko’ra kurash bo’yicha jahon, Olimpiya, Yevropa, Osiyo va boshqa xalqaro musobaqalarda g’alabaga erishgan aksariyat kurashchilar yuksak darajada rivojlangan tezkor-kuch qobiliyatiga ega bo’lganlar.
Kurash turlarida chidamkorlik sifati ham g’alabaga yetaklovchi asosiy manbalardandir. Ayniqsa, kurashga oid maxsus chidamkor- likning o’rni beqiyos. Bu borada taniqli tadqiqotchi olim Yu.V. Verxoshanskiy (1985) diqqatni jalb qiluvchi o’ta muhim ma’lumotlarni keltiradi. Chunonchi, sportning yakkakurash turlarida texnik mahoratning nisbatan farq qiluvchi xususiyatlaridan biri – bu o’zgaruvchan musobaqa vaziyatida tezkor-kuch asosida ijro etiluvchi murakkab harakat malakalaridir. Aynan ushbu sifat hal qiluvchi vaziyatlarda o’z yetakchiligini namoyish etadi. Shu bilan bir qatorda uzoq muddat davom etadigan musobaqa jarayonida texnik malakalarni yuqori samarada ijro etish birinchi navbatda maxsus chidamkorlik sifatiga bevosita bog’liqligi isbotni talab qilmaydi. Yu.V. Verxoshanskiyning kuzatuvlariga qaraganda erkin kurash buyicha jahon chempionati ishtirokchilarining musobaqa davomida ijro etgan texnik malakalari olishuvning 3- davrida o’z samarasini keskin susaytirgan. Ushbu vaziyat ana shu kurashchilarning maxsus chidamkorligi yuqori darajada shakllan- ganligini isbotlaydi. Demak, bundan ko’rinib turibdiki, texnik mahorat samarasini musobaqalar davomida uzoq vaqt saqlab turishda maxsus chidamkorlik sifati alohida o’rin egallaydi.
Ma’lumki maxsus chidamkorlik umumiy chidamkorlik yaxshi rivojlangan holda samarali shakllanishi isbot qilingan.
A.N.Lens (1960) ning fikricha, maxsus chidamkorlikni rivojlantirish uchun kurashchi maxsus mashqlarni uzoq vaqt davomida, hatto charchash asoratlari mavjud bo’lganda ham ijro etishi kerak bo’ladi. Umumiy chidamkorlik o’rtacha shiddatda ko’p hajmli mashqlarni (uzoq masofaga chopish, eshkak eshish, suzish, velosipedda yurish va h.k.) surunkasiga bajarish asosida shakllantiriladi.
Gandbolchining maxsus chidamkorligini samarali rivojlantirishda asosiy vositalardan biri tatami ustida ijro etiladigan olishuv usullari – texnik malakalardir (N.N. Sorokin, 1969).
Gandbolchilarni tayyorlashda va texnik mahoratni shakllantirishda egiluvchanlik sifati ham zarur omillardan biridir. Yuqori darajada rivojlangan egiluvchanlik qobiliyatiga ega bo’lgan kurashchi «most» holatidan keskin xolis bo’lish, egilib ko’tarib tashlash kabi texnik malakalarni mohirona ijro etishga muyassar bo’ladi.
Egiluvchanlik asta-sekin, uzoq muddatli mashg’ulotlar evaziga shakllanadi. Agar egiluvchanlikni rivojlantirishga oid mashg’ulotlar biroz to’xtatib qo’yilsa, bu sifat keskin yo’qolib ketishi yoki susayishi mumkin.
Gandbolda qo’llaniladigan usullar – texnik malakalarni o’zi egiluvchanlikni shakllantirib boradi. Lekin, buni o’zi ushbu sifatni to’laqonli rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Bu sifatni samarali takomillashtirish uchun mushak, pay, bo’g’imlarni cho’zish, egish, yoyish, siqish, burash kabi maxsus mashqlarni sekin-asta muntazam qo’llash kerak bo’ladi.
Egiluvchanlikni yoshlikdan boshlab shakllantirish maqsadga muvofiqdir.shu bilan bir qatorda bu sifatni rivojlantirish ehtiyotkorlikni talab qiladi. Zo’rma-zo’raki va keskin tarzda qo’llangan mashqlar mushak, pay, bo’g’imlarni shikastlanishiga, hatto og’ir jarohatga olib kelishi mumkin (V.N.Platonov, 1986). Har bir sport turining o’ziga xos mazmuni va mohiyatiga ko’ra shu sport turi bo’yicha malakali sportchi tayyorlashda maxsus jismoniy sifatlarning roli beqiyosdir.
Sport o’yinlari turlarida tezkorlik-kuch sifatlari, jumladan sakrovchanlik qobiliyati aloxida ahamiyatga egadir. Hozirgi ushbu sifatni samarali rivojlantirishga oid bo’lgan ilmiy ma’lumotlar doirasi juda keng (A.V. Ivoylov, 1985; Yu.D.Jeleznyak, 1988; M.I. Popichev, 1990; M.Boyirbekov, 2003; Kao Van Txы, 1971 va b.). Yu.D. Jeleznyak (1991)ning fikriga muvofiq maxsus jismoniy sifatlarni 10-12 yoshdan boshlab rivojlantirilishi maksadga muvofiqdir. Yuqorida qayd etilgan mualliflarning ta’kidlashicha, sport o’yinlarida yuqori texnik-taktik mahoratga erishish shakllangan maxsus jismoniy sifatlar bilan bog’liqdir. Shu sifatlarning ichida ular tezkorlik-kuch, ayniqsa sakrovchanlik sifatiga katta e’tibor qaratgan.
R.A.Piloyan (1991) maxsus jismoniy sifatlarni qaysi yoshdan boshlab rivojlantirish haqida muhim ma’lumotlarni ilgari surgan. Jumladan, tezkorlik-kuch va chaqqonlik sifatlari 8-9 yoshdan boshlab rivojlantirish ma’qul ekan. 11-12 yoshli bolalar mashg’ulotlarida shu sifatlarni shakllantirishga oid mashqlar hajmini oshirish darkor. 13-14 yoshdan boshlab tezkorlik va chidamkorlikni rivojlantiruvchi mashqlar hajmini oshirish tavsiya etiladi. Bu fikr V.P. Filin (1987) tomonidan ham ma’qullangan.
A.M. Naraliyev (1987) sakrovchanlik sifati, jumladan vertikal sakrash misolida tezkorlik-kuch sifatini «zarbdor» uslubda rivojlantirish afzalligini ko’rsatib o’tgan.
Uning fikricha, «portlovchi» kuchni rivojlantirish aynan shu uslubda amalga oshirilishi yaxshi natija beradi. Ammo, u bu masalani bolalarni imkoniyatiga mos ravishda amalga oshirilishi kerak.

Yüklə 66,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin