Ma’lumki, nazariy tahlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini to‘la tahlil qilish va umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini to‘liq o‘rganib chiqish juda qiyin. Uhar 4-5 yilda yana shunchadanga ko‘payadi. Bundan tashqari ilmiy jurnallardagi tadqiqotlarhaqidagi maqolalar bir necha marotaba ko‘paymoqda. Bunda yordamchi ilmiy predmet - “bibliografiya” fani
11 Salomov R.S. “Jismoniy madaniyat nazariyasiga kirish”, o‘quv qo‘llanma T.: O‘zDJTI nashriyoti 2019 y.
tadqiqotchining ishini yengillashtiradi. U nashr qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ro‘yxatini tuzib chiqadi. Retrospektivusluborqali sistemaga solish Ma’lum davr ichidagi mavjud adabiyotlarning ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha yangiliklarga qisqa izoh beradi.
Bundan tashqari, tadqiqotchi “bibliografik tavsifno-ma”danham foydalaniladi. Tavsifnoma yangi chiqqan adabiyot uchun yozma ravishda yoki referat sifatida (ilmiy ish natijasini qisqartirganholda) tayyorlaydi, unga izoh beradi.
Bibliografik izlanish esa tadqiqotchining adabiyotlar ustidagi birlamchi ishi bo‘lib, tadqiqotchi izlanishi orqali topilgan qarama-qarshiliklar ustida nazariy baxs yuritadi, ularni bir-biri bilan taqqoslaydi.
Nazariy tahlil va umumlashtirishning yana bir usuliyatihujjatmateriallariustida ishlashdir. Jismoniy tarbiyaning ko‘p tomoni amaliy mashg‘ulotlar uchun tuzilgan rejalar, kundaliklar, konspektlar, hisobotlar va shunga o‘xshashlarda ifodalanadi. Ular albatta amaliyotni nazarda tutganholda tuzilgan bo‘ladi. Ularni ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish kutilmagan natijalarni berishi mumkin. Masalan, jahonning kuchli sportchilarini tayyorlash va ularning shug‘ullanish rejalarini solishtirish, malakali sportchilarning kundalik-lari, xaftalik, oylik, yillik jismoniy yuklarninghajmi, miqdori, bajarish intensivligi va boshqalar tadqiqotchiga manba bo‘lishi mumkin.
Ilmiy tadqiqot uchun musobaqa materiallari, ko‘p yillik trenirovkalarning natijalarini o‘rganishham tadqiqot oboekti bo‘lib xizmat qiladi.
Ilmiy maqsadda tuzilgan turli xil anketalarhamhujjatmateriallaribo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tuzilgan savollarga “ha” va “yo‘q” deb javob berishham ko‘p xulosalarga olib keladi.