Kiri sh oziq-ovqat xavfsizligi fanini o`qitishning asosiy maqsadi va vazifalaridan


U G L E V O D L A R U G L E V O D L A R



Yüklə 11,36 Kb.
səhifə3/3
tarix26.12.2023
ölçüsü11,36 Kb.
#197741
1   2   3
portal.guldu.uz-Taqdimot

U G L E V O D L A R

U G L E V O D L A R

  • Uglevodlarga turli xildagi qandlar, kraxmal va kletchatkalar kiradi. Ular inson organizmida yog‘, hayvon kraxmali(glikogen) va boshqa moddalar hosil bo‘lishga sarflanadi. Uglevodlar eng ko‘p iste’mol qilinadi. Kundalik oziq miqdorini qariyb 70%-ini uglevodlar tashkil etadi. 1 gramm uglevod yonganida (oksidlanganda) 4,1 kkal beradi. Uglevodlar boshqa to‘yimli moddalardan shu bilan farq qiladiki, ular odam organizmida to‘la, tez va oson hazm bo‘ladi. Ayrim turlari (gyukoza) to‘liq o‘zlashish xususiyatlariga ega. Kraxmaldan tashqari hamma uglevodlar o‘tkir shirin mazaga ega.

YO G‘ L A R

YO G‘ L A R

  • Yоg‘lar eng muhim to‘yimli moddalardan biridir. Yog‘ organizmning barcha to‘qimalari tarkibiga kiradi. Yog‘ning bir qismi tananing turli qismlari: muskul oralig‘i,teri osti. Ichki organlar va hokazolarga joylashadi.Kishi organizmi uchun asosiy issiqlik manbai hisoblanadi. 1 gramm yog‘ organizmda hazm bo‘lishi natijasida 9,3 kilokalloriya issiqlik beradi. Bu oqsil va uglevodlarga nisbatan ikki marta ortiq demakdir. Katta odamning kunlik ratsionida yog‘ning umumiy miqdori 80-100 g bo‘lishi lozim. YOg‘lar o‘simlik va hayvon organizmida zahira oziq sifatida yig‘iladi. Yong‘oq mevasida 70 %, kunjut va kakao donlarida 50%, kungaboqar urug‘ida 40-42%, paxta chigitida 18-20% va makkajo‘xori murtagida 7%-gacha yog‘ moddasi bo‘ladi.

K I S L O T A L A R
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida turlik organik va mineral kislotalar bo‘ladi. Kislotalar ayrim mahsulotlar (sabzavot, meva, yog‘)ning tarkibida tabiiy holda uchraydi. Ba’zi mahsulotda esa tayyorlash vaqtida qo‘shiladi.
Mahsulot tarkibida ma’lum miqdorda kislota bo‘lishi, uning sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir etadi. Organik kislotalar o‘tkir nordon ta’mga ega bo‘lib, ayrim moddalarni (oqsillarni) organizmda erib o‘zlashishini oshiradi va chirituvchi bakteriyalarning rivojlanishini pasaytiradi.
Organik kislotalar o‘simliklar dunyosida juda keng tarqalgan birikmalar bo‘lib, ular hamma o‘simliklar to‘qimasida sof holda, murakkab efirlar tarkibida uchraydi. O‘simliklarda juda ko‘p turli (atsiklik, siklik, aromatik va aromatik oksikarbon) kislotalar bo‘lib, ularning ayrimlarigina inson organizmi uchun ahamiyatlidir.
O‘simliklarda past molekulali organik kislotalardan ko‘pincha olma kislota, limon, vino, oksalat, sirka, chumoli, izovalerian kislotalar va boshqalar uchraydi.
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida organik - sirka, limon, olma, sut, vino, shovul kislotalari va noorganik (fosfor) kislotalari ko‘p uchraydi. Kislota qand va boshqa moddalar bilan birgalikda iste’mol mahsulotlariga ta’m beradi. U ishtaha ochadi, ovqatni yaxshi hazm qildiradi va me’da-ichak traktida ko‘p moddalarni eritadi. Bundan tashqari, kislota mahsulotlari qayta ishlash va ferment ta’sirida saqlash vaqtida ham hosil bo‘lishi mumkin. Biroq saqlash davomida mahsulotda kislota ortib ketib, sut, qaymoq, pivo, murabbo, jem singari mahsulotlarning sifatini ancha pasaytirib yuboradi. SHu sababli bular va ayrim boshqa tovarlar standartida kislotaning ma’qul miqdori ko‘rsatiladi.
Yüklə 11,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin