Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanishda tibbiy yordam



Yüklə 72,5 Kb.
səhifə2/3
tarix06.07.2023
ölçüsü72,5 Kb.
#135977
1   2   3
1403266835 44362

- Kuydirmaydigan kimyoviy moddalar va dorilar bilan zaharlanishda.
Agar bemor hushini yo`qotmagan bo`lsa:
- bemorga tezlik bilan vodoprovod (mineral) suv ichiriladi-500 ml, bolaga -100-200-300 ml. Suv bilan sut, xom tuxum ichiriladi;
- so`ngra, bemorni stulga o`tqazib, orqasini stul suyanchig`iga tirab, til ildizini orqasini temir qoshiq dastasi bilan bosib (katta odam o`zining ikki barmog`i bilan til ildizini bosadi) qustiriladi;
- bir-ikki minut dam oldirib, yana suv ichirib, qustiriladi. Bu 2-3 marta takrorlanadi;
- to`shakka yonbosh qilib yotqiziladi;
- oyoqlariga issiq grelka qo`yiladi, ko`rpa bilan o`raladi;
- issiq shirin choy, issiq shirin sut ichiriladi;
- tomir urishi kuchsiz, ranggi oqargan bo`lsa, kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) 1 ml teri ostiga (bolaga 0,2-0,3-0,5 ml);
Agar bemor hushini yo`qotgan bo`lsa, unga suv, sut, tuxum, moy ichirishning iloji bo`lmaydi:
- bemor boshini baland qilib, yonbosh yotqiziladi;
- kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) - 1-2 ml teri ostiga;
- ichaklarni tozalash uchun magneziy sulfat poroshogi 1 choy qoshiq 500 ml iliq suvga eritib ichiriladi, bolaga 50-100 ml ichiriladi;
- kuydiruvchi kimyoviy moddalar bilan zaharlanganda magneziy o`rniga almagel (o`simlik moyi) - 80 ml, bolaga 20-30 ml ichiriladi;
- shu jarayonda karbolen 2-4 tabletka ichiriladi.Bu me`da-ichakdagi zaharli kimyoviy moddani o`ziga biriktirib, uni zararsizlantiradi va najas bilan chiqib ketadi.
Agar kuydiruvchi kimyoviy modda teriga tushsa (to`kilsa) tezgina suv bilan yuvish kerak.
Agar kimyoviy zaharli modda gaz sifatida nafas a`zolariga kirsa, bemorni tezda toza havoli joyga o`tkazish kerak.Uni qutqazuvchi odam protivogaz kiyishi, u bo`lmasa og`iz-burniga 4 qavatli doka bo`glashi kerak.
Agar zaharli modda bilib-bilmasdan in`yeksiya qilingan bo`lsa, yoki kuchli ta`sir qiluvchi dori katta dozada in`yeksiya qilingan bo`lsa, bu modda ta`sirini kuchsizlantirish uchun:
- in`yeksiya qilingan joyga 6-8 soat davomida muz xaltacha yoki ro`molni sovuq suvga namlab qo`yiladi.Ro`molni har 30-40 minutda sovuq suvga qaytadan namlab turish kerak;
- zaharli modda yoki kuchli ta`sir qiluvchi dori katta dozada in`yeksiya qilingan joyga zudlik bilan adrenalin (noradrenalin) 0,1%-0,5-1 ml (bolaga 0,1-0,2-0,3 ml) zaharli yoki dori modda in`yeksiya qilingan joyga teri ostiga yoki muskul orasiga yuboriladi;
- zaharli dori in`yeksiya qilingan joyning yuqori sohasi novokain bilan blokada qilinadi.Novokain 0,5 %-5-10 ml teri ostiga yoki muskul orasiga bir necha joyga yuboriladi (in`yeksiya oralig`i 1-2 sm);
- og`riqni kamaytirish uchun analgin (baralgin)-2 ml muskul orasiga yuboriladi;
- qonga so`rilgan zaharli moddani organizmdan siydik bilan chiqib ketishini tezlashtirish uchun siydik haydovchi dorilar qo`llanadi: Laziks-kattalarga 2 ml muskul orasiga (bolalarga 0,2-0,3-0,5 ml) yoki furosemid – kattalarga 1 tabletka (bolalarga ј-1/3-1/2 tabletka). Bu dorilar berilganda tez-tez mineral suv ichirish kerak. Iloji bo`lsa, natriy xlor 0,9 %, glyukoza 5 %, reopoliglyukin kabilar navbat bilan 100-200 ml vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi;
- yurak faoliyati zaiflashgan va keksa yoshdagi bemorga siydik haydovchi dorilar qo`llanmagani ma`qul, chunki siydikni ko`p miqdorda chiqarish uchun qon aylanish kuchayib, yurakni zo`riqtirishi mumkin.
Kislota xususiyatiga ega bo`lgan dorilar, ya`ni aspirin, barbituratlar (barbamil, bromural va boshqalar) bilan zaharlanganda ishqorli suyuqlik yuboriladi, ya`ni 4 %-natriy bikarbonat kattalarga 300-500-700 ml (bolalarga 50-100-200 ml) vena tomiriga tomchi usulida.



Yüklə 72,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin