Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə3/12
tarix22.09.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Насослар

w1 tezlik qiymati wso`r ga nisbatan ancha kichik bo`lgani uchun, w1=0 deb qabul qilsak bo`ladi.
(2.83) tenglamadan shu narsa ko`rinib turibdiki, rso`r kamayishi bilan so`rish balandligi ortadi. Suyuqlik nasos ichida qaynab ketmasligi uchun, rso`r qiymati suyuqlik uzatilayotgan temperaturadagi suv bug`i to`yinish bosimi Pv dan katta bo`lishi kerak , ya’ni rso`r > rt.
Shunday qilib, so`rish balandligining chegaraviy qiymatini quyidagicha aniqlaymiz:

bu erda rat atmosfera bosimi; rat=r1 .


Aks holda, suyuqlik nasos ichida qaynab ketadi, va intensiv bug` hosil bo`lishga olib keladi. Bug` pufakchalari suyuqlik bilan yuqori bosimli zonaga kirib qolsa, tomchiga aylanib, bo`shliqlar hosil qiladi, gidravlik zarba shoqin bo`lishiga olib keladi, ya’ni kavitastiya hodisasi sodir bo`ladi.


Kavitastiya bo`lishi nasos unumdorligini pasaytiradi, gidravlik zarba bilan ishlagan nasos, tez buziladi, korroziyaga uchraydi va uning tez buzilishiga olib keladi.


2.22. Markazdan qochma nasoslar




Ishlash prinstipi. Markazdan qochma nasoslar oqim kinetik energiyasini bosimning potenstial energiyaga aylantirib berishiga asoslanib ishlaydi (2.26- rasm). Bu turdagi nasoslarda suyuqlikni so`rish va uzatish markazdan qochma kuch ta’sirida bo`lib, bu kuch nasos ishchi g`ildiragiga joylashgan spiralsimon kurakchalarni aylanishidan hosil bo`ladi. Kurakchalar suyuqlik oqib o`tadigan kanalni hosil qiladi.
Suyuqlik, so`rish trubasi orqali, ishchi g`ildirak o`qi bo`ylab, nasosga kiradi.
Ishchi g`ildirak suyuqlikka aylanma harakat beradi. Markazdan qochma kuch ta’sirida suyuqlik nasos qobig`i bilan ish g`ildiragi orasidagi o`zgaruvchan ko`ndalang kesimli kanalga kirib boradi. Kanalda suyuqlik tezligi uzatish quvuridagi tezlik qiymatigacha kamayadi.








Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin