Kim bo'lsam ekan? Dasturchi!



Yüklə 167,22 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü167,22 Kb.
#123115
Ким бўлсам экан KASB TANLASH MUAMMOSI


Kim bo'lsam ekan? Dasturchi!
Boshqalar
Ha ayni shu savol ko'pchilik yoshlarimizda muammoli holatni keltirib chiqaradi. Gap dasturlovchilar — axborot texnologiyalari sohasining bo'lajak mutaxassislari haqida ketmoqda. Bu soha yurtimizda endi bo'y ko'rsatayotgan davrda axborot va kompyuter texnologiyalari, dasturlash kabi hozirda dunyo bo'yicha eng zamonaviy hamda top reytingda turuvchi soha va uning mutaxassislari — dasturchilar haqida ko'pchilik yurtdoshlarimiz yetarlicha tasavvurga ega emas. Shu sabab hozrida ayni kasb tanlash davrida bo'lgan yuqori sinf o'quvchilari orasida axborot texnologiyalari nima, oddiygina kompyuter yordamida qanday qilib tadbirkorlik qilish yoki kelajakda «non topish» kabi savollarni o'ylab ko'radiganlari yoki ularga yo'l ko'rsatuvchi ota-onalar, o'qituvchilar orasida aniq tasavvurga egalari kamdan-kam. Nafaqat o'quvchi yoki ta'lim hodimlari, balki davlat va jamoat muassasalari, ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari rahbar-hodimlar orasida ham axborot texnologiyalarini qo'llagan holda ish unumdorligini oshirish, resurslarni tejash kabi tushunchalar endi shakillanib bormoqda. Ho'sh shunday davrda ayni bugun qaror qabul qilish ostonasida turgan yoshlarga nima maslahat bera olamiz? Real soha bilan tanishtirish va ularda axborot texnologiyalariga bo'lgan ishonchni oshirishda qay yo'sinda ish olib borish kerak?


Kim bo‘lsam ekan?


29.06.2015. Muallif: Baxtiyor Akmuradov
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar

Maktabdagi eng baxtli bolalik, o‘quvchilik davri ham ortda qolib, biror o‘rta maxsus ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni davom ettirish, ya’ni kelajakda faoliyat yuritishni maqsad qilib, kasb tanlash vaqti ham yetib keldi. Shunday davrda, ayniqsa, umumiy ta’lim maktablaridagi bitiruvchi sinflarning barcha o‘quvchilari oldida yuqoridagi savol yanada dolzablashadi.
Albatta, hozirgi davrda maktablarda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha, ularning kasb tanlashlariga yordam berishga oid maxsus ishlar olib boriladi. Biroq o‘quvchilarning o‘zlari dillariga tugib yurgan yuksak orzulari mavjud bo‘lishi ham mumkin. Ayrimlar oilaviy sulolalariga xos, an’anaviy bo‘lib kelayotgan kasblarni tanlasa, ayrimlarga o‘qigan badiiy kitoblari, tomosha qilgan filmlari yoki biror hayotiy voqea sababli o‘zi mustaqil kasbiy yo‘nalishni tanlaydi.
Hozirgi davrimizga barcha sohalar orasida eng muhim va salohiyatli kasblardan hisoblangan axborot texnologiyalari va aloqa sohasiga mansub kasblar mutaxassisi bo‘lishga intilish bejis emas, albatta. Ma’lumki, bu borada mamlakatimizda tayanch oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) qoshida ham akademik litsey va kasb-hunar kollejlari mavjud. TATU Toshkent shahridagi 2ta akademik litsey va 7ta kasb-hunar kollejining tashkil etilishiga sababchi tayanch ta’lim muassasasi bo‘lib, faoliyat yuritishiga hamkorlikni amalga oshiradi.
Ulardan biri Mirzo Ulug‘bek nomidagi akademik litseydir. XXI asrning eng ustuvor yo‘nalishlari «Informatika va axboro texnologiyalari» sirini o‘rganishni istagan, matematika, fizika, informatika, ingliz tili, tarix va huquq fanlaridan chuqur bilim olishni, kelgusida eng nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishni xohlagan bitiruvchi o‘quvchilar Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi akademik litseyni tanlab xato qilmaydilar.
Ma’lumki, Toshkent axborot texnoligiyalari universiteti qoshidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi akademik litsey O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 1999-yil 30-avgustdagi 162-sonli buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan. Akademik litseyda o‘quv-tarbiyaviy ishlar jarayoni davlat ta’lim standartlari asosida tashkil etilgan. Akademik litsey o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilarga bilim berishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanib kelinadi va muntazam ravishda, yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda fanlardan ochiq darslar o‘tkaziladi va o‘qituvchilarning ilmiy izlanishlari samarasi sifatida, ular tomonidan o‘quv-uslubiy, ilmiy qo‘llanma va maqolalar chop etilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-iyuldagi «Umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-427 sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur akademik litseyga o‘qishga kirish istagini bildirgan yoshlar soni, ayniqsa, oxirgi yillarda ortib bormoqda. Akademik litseyning iqtidorli o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasining Markaziy kengashi tomonidan ajratilgan stipendiyalar bilan rag‘batlantirib kelinmoqda. Akademik litsey Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib boradi. Akademik litseyning fan o‘qituvchilariga dars o‘tish jarayonida universitetning fizika, matematika, informatika kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan uslubiy, malakali yordam berish, elektron darsliklar yaratishga amaliy ko‘maklashib kelinmoqda. Akademik litseyni tugatib nufuzli oliy ta’lim muassasalariga va Toshkent Axborot texnologiyalari universitetiga o‘qishga kirgan bitiruvchilar bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan.
Toshkent aloqa kasb-hunar kolleji esa uzoq yillk tarixga (1929-yilda ochilgan) ega. Aloqa sohasidagi kasblarni egallashga intilganlar uchun kollej eshiklari doimo ochiq.
Kollejda quyidagi mutaxassislar tayyorlanadi:
1. Kommutatsiya tizimlarini ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish.
2. Raqamli tizimlarni ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish.
3. Radioeshittirish, radioaloqa va televideniye.
4. Aloqa liniyalariga xizmat ko‘rsatish.
5. Pochta aloqasini tashkil etish.
6. Buxgalteriya hisobi.
7. Menejment.
Toshkent aloqa kasb-hunar kolleji oz‘ining http://aloqakollejilabzak.zn.uz rasmiy veb-saytiga ega. Saytda faqat Toshkent Aloqa kasb-hunar kollejiga tegishli yangiliklar bilan tanishish mumkin.
Hademay, yoz fasli ham o‘tib, o‘lkamizga kuz kirib keladi. Barcha ta’lim dargohlari qatorida mamlakatimizning o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari ham ilmga chanqoq o‘smir-yoshlarni o‘z bag‘riga chorlaydi. Ular ko‘ngillaridagi yuksak orzulari, yangi kasbiy mutaxassislik sirlarini egallash uchun mazkur ta’lim muassasalari darsxonalari tomon intiladilar.
Ha, kasblar ko‘p va juda xilma-xil. Qay birini tanlashni bilmay, aqling shoshadi. Biroq bu borada qat’iy qaror qilib, dadil qadam tashlagan hamda sohaga oid bilimlarni chuqur o‘zlashtirishga kirishganlar hayotga adashmaydi. Chuqur bilim va malakali mutaxassis har doim hurmat topadi. Bunday namunaviy misollarni o‘quvchilar ko‘p eshitganlar. Asosiysi, har bir o‘quvchi o‘z qalbiga, qiziqishlariga quloq solishi zarur. Hayotda o‘z sevimli ishi bilan shug‘ullanish ham insonga huzur va baxt ato etadi.

KASB TANLASH MUAMMOSI va UNI QANDAY HAL QILISH MUMKIN?



Agar Siz ushbu maqolani o’qiyotgan bo’lsangiz, unda Sizni o’z kelajangiz qiziqtiradi va Siz eng katta hayotiy masalalardan birini hal qilmoqdasiz. Demak, Sizni tabriklash mumkin – Siz to’g’ri yo’ldasiz. Kasb tanlash muammosi jiddiy masala bo’lib, u nafaqat shaxsning ijtimoiy rivojlanishida, balki butun jamiyatning ham taraqqiy etishida muhim ahamiyatga egadir. 
Yüklə 167,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin