Kichik maktab yoshidagi bolalar intellektini



Yüklə 33 Kb.
səhifə1/2
tarix23.05.2022
ölçüsü33 Kb.
#59151
  1   2
maqola


KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR INTELLEKTINI
RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK TAVSIFI
Ahmedova Feruza Abdurahmon qizi Namangan davlat Universiteti Psixologiya yo`nalishi birinchi bosqich Magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada intellektni rivojlantirish hamda bolalarni aqliy qobiliyatini shakllantirish va nazariy, amaliy tadqiq etish orqali umumlashtirish. Xulosalar olish va shu asosda Pedagog va Psixologlarga amaliy tavsiyalar keltirilgan.
KALIT SO`ZLAR; Intellekt, qobiliyat, shaxs, axloqiy norma, tavsiya.
АННОТАЦИЯ
В данной статье подведены итоги развития интеллекта и формирования умственных способностей детей посредством теоретических и практических исследований. Сделатъ выводы и на этой основе датъ практические рекомендации педагогам и психологам.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА; Личностъ, нравственния норма, интеллект, способностъ, совет.
Annotation
This article summarizes the development of intellect and the formation of children’s mental abilities and generalization through theoretical, practical research. To draw conclusions and on this basis to give practical recommendations to educators and psychologists.
Keywords: Intellect capability person recommendation,
Intellekt (lotinchaintellects — bilish, tushunish, idrok qilish) — insonning aqliy qobiliyati; hayotni, atrof muhitni ongda aynan aks ettirish va oʻzgartirish, fikrlash, oʻqish-oʻrganish, dunyoni bilish va ijtimoiy tajribani qabul qilish qobiliyati; turli masalalarni hal qilish, bir qarorga kelish, oqilona ish tutish, voqeahodi-salarni oldindan koʻra bilish layoqati. Intellekt tarkibiga idrok qilish, xotirlash, fikr yuritish, soʻzlash va h.k. psixik jarayonlar kiradi. Intellektning rivojlanishi tug'ma isteʼdod, miya imkoniyatlari, joʻshqin faoliyat, hayotiy tajriba kabi ijtimoiy omillarga bogʻliq. Intellekt saviyasi, darajasi inson faoliyatining natijalariga, shuningdek, psixologik testlarga qarab ham belgilanadi
Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi. V.Shterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham ntellektni insonlarni yangi hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular o‘z tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab o‘quvchilarini logityud metodi orqali tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti) aniqlab olindi. O‘quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab gruhlarga ajratildilar va 30, 40 , 50,60 yil oralig‘ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori bo‘lgan sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishgan. IQ koeffitsenti pastroq bo‘lgan sinaluvchilar ulardan farqli o‘laroq 30 marta kam yutuqlarga erishishgan.
Bolaning intellekti faoliyat asosida narsalardan foydalanish tajribasi asosida shakllanadi. Ob`ektlarni bilish uchun sub`ekt ular bilan birga harakat qilishi kerak: tutib qolish, ushlab ko’rish, yaqinlashish, yo’q qilish, aralashtirish, taqqoslash va boshqalar. Barcha egallagan tajriba faoliyat chizmasi ko’rinishida saqlanadi. Faoliyat chizmasi – J.Piaje ta`limotidagi juda muhim tushunchalardan biridir. So’zning tor ma`nosida harakat chizmasi tushunchasi bu umumiy bo’lib, turli vaziyatlarda ko’p marta takrorlanuvchi harakatda saqlanadi. So’zning keng ma`nosida- harakat chizmasi- bu ma`lum bir darajadagi aqliy rivojlanish tuzilmasidir. Ma`lum bir bosqichda harakatning umumiy chizmasini rivojlanishini operatsiyaga (operant tuzilishga) aylanadi. SHuning uchun J.Piaje ta`limoti operatsional deb ataladi. Operatsiya- bu tizimda qaytariluvchan va guruhlarga ajratilgan ichki predmetli harakatdir. Fikrlash faoliyatini tuzishi hayot davomida shakllanadi egallagan tajribaga ega bo’lib, rivojlanishning turli bosqichlarida sifat jihatdan farqlanadi. Assimilyatsiya va akkomadatsiya jarayonlari ontogenezdagi aqliy rivojlanishni uzluksizligi va ketma-ketligini ta`minlaydi, fikrlash harakatlarini (tuzilishi) tashkillashning o’ziga xosligi esa intellektning ajratilgan bosqichlarini aniqlaydi. J.Piajega ko’ra, psixikani rivojlanish –bu etakchi intellektual ko’rinishlarini o’zgarishidir. Har bir bosqich boshqasining ustiga ko’riladi, ularning har biri keyingilarini shakllanishi uchun zarur, shuning uchun ularning (borish) kechish tartibi qayd qilingan va shunday belgilangan ularni yuz berish tezligi esa har xil bo’lishi mumkin. Tajriba egallashning qulay yoki nomaqbul imkoniyatlaridan madaniy va ilmiy sharoit sifatida bog`liqlikda.
Inson intelektini rivojlanishi: rivojlanishning davr va bosqichlari.
J.Piaje rivojlanishning uchta asosiy davrlarini ajratgan:
1. Sensamotor intellekt (tug`ilgandan 1,5 yoshga qadar)
2.Aniq operatsion (reprezentativ) intellekt (1,5-2yoshdan 11 yoshga qadar)
3.Formal (rasmiy) – operatsion intellekt (11-12 yoshdan 14-15 yoshga qadar)
J.Piaje har bir bosqichni ikki yo’l bilan ta`riflaydi: ijobiy (oldingi darajadagi tuzimini murakkablashishi defferentsiyatsiya (farqlanish) natijasi sifatida) va salbiy (keyingi bosqichlarda bartaraf etiladigan o’ziga xoslik va kamchiliklar nuqtai-nazarida)

Yüklə 33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin