Kiberxavfsizlik asoslari


Simmetrik oqimli shifrlar



Yüklə 170,83 Kb.
səhifə5/10
tarix05.12.2023
ölçüsü170,83 Kb.
#173651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2drdh

1.2. Simmetrik oqimli shifrlar
Oqimli simmetrik shifrlash algoritmlari bir martali bloknotga asoslangan, farqli jihati – bardoshligi yetarlicha pastligi va boshqariladigan kalitning mavjudligi. Ya’ni kichik uzunlikdagi kalitdan ochiq matn uzunligiga teng bo’lgan ketma-ketlik hosil qilinadi va undan bir martali bloknot sifatida foydalaniladi.
Oqimli shifr n bitli kalit K ni qabul qiladi va uni ochiq matnni uzunligiga teng bo’lgan ketma-ketlik S ga uzaytiradi Shifrmatn C ketma-ketlik S ochiq matn P bilan XOR amali yordamida hosil qilinadi. Bunda ketma-ketlikni qo’shish bir martali bloknotni qo’shish kabi amalga oshiriladi.
Oqimli shifrni quyidagicha sodda ko’rinishda yozish mumkin:
StreamCipher(K) = S
Bu yerda K kalit, S esa natijaviy ketma-ketlik. Esda saqlash lozimki, bu yerdagi ketma-ketlik shifrmatn emas, balki bir martali bloknotga o’xshash oddiy qator.
Agar berilgan ketma-ketlik S= s0, s1, s2, … , va ochiq matn P= p0, p1,p2, … , berilgan bo’lsa, XOR amali yordamida shifrmatnning mos bitlari C= c0, c1, c2, … , ni quyidagucha hosil qilish mumkin.
c0=p0s0, c1=p1s1, c2=p2s2, …
Shifrmatn C ni rasshifrovkalash uchun, yana ketma-ketlik C dan foydalaniladi:
p0=c0s0, p1=c1s1, p2=c2s2, …
Jo’natuvchi va qabul qiluvchini bir xil oqimli shifrlash algoritmi va kalit K bilan ta’minlash orqali, ikkala tomonda bir xil ketma-ketliklarni hosil qilish mumkin. Biroq, natijaviy shifr kafolati xavfsizlikka ega bo’lmaydi va asosiy e’tibor amaliy jihatdan qo’llashga qaratiladi.
Oqimli shifrlash algoritmiga biz misol qilib A5/1 shifrlash algoritmini va yana RC4 shifrlash algoritmini keltirishimiz mumkin. Bular haqida esa hali mustaqil ishimiz davomida keng to’xtalamiz.



Yüklə 170,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin