Kerakli ko’nikmalar doirasi. O’quvchi bajara olishi kerak


Yangi mavzuni tushuntirish



Yüklə 118,06 Kb.
səhifə3/6
tarix22.12.2023
ölçüsü118,06 Kb.
#190349
1   2   3   4   5   6
orin almashtirish usullari

Yangi mavzuni tushuntirish.
O’qituvchi yangi mavzuni o’quvchilarga ko’rgazmali quroldan foydalangan holda tushuntirib beradi.O’qituvchi yangi mavzu bo’yicha tarqatmalarni o’quvchilarga tarqatadi,o’quvchilar mavzuning asosiy tushunchalarini daftarlariga yozib boradilar.O’qituvchi o’quvchilarning daftarlarini tekshiradi va o’z daftariga qayd qiladi.O’qituvchi yangi mavzu bo’yicha misollarni keltirib o’tadi,o’quvchilar savollarga javob beradi
Yangi mavzuni mustahkamlash.
O’qituvchi o’quvchilarning yangi mavzuni qay darajada mustahkamlash maqsadida maqsadida darslikdan va mavzulashtirilogan testlar to’plamidan foydalangan holda tuzilgan savol kartochkalariga javob berishadi.O’qituvchi o’quvchilar bilimini sinash maqsadida „Domino“ usulidan foydalanadi.Buning uchun Harakat algoritmi ketma-ketligi aralashtirilgan tarqatmalar o’quvchilarga beriladi:O’quvchilar alohida farmatga topshiriqni bajaradilar.O’qituvchi bu vaqtda o’quvchilarning daftarini tekshiradi.Topshiriqni terib oladi va tekshiradi.Bu vaqtda o’quvchilar daftarlariga tarqatmadan kerakli ma’lumotlarni yozib oladilar. Ajratilgan vaqt tugagach o’qituvchi javoblar bilan to;ldirilgan tarqatmalarni yig’ib oladi.
Darsga xulosa va uyga vazifa
Dars yakunida o’qituvchi darsda ishtirok etgan har bir o’quvchini dars davomida qatnashganiga qarab baholaydi va baholarini izohlaydi.Dars yakunida o’qituvch o’quvchilarga uyga vazifani beradi va darsni yakunlaydi.
Mavzu:Axborotni himoya qilishning tashkiliy ,huquqiy va texnik usullari haqida tushuncha.


Fizikaviy texnik vositalar - bu avtonom holda ishlaydigan qurilma va tizimlardir. Masalan, oddiy eshik qulflari, derazada o'rnatilgan temir panjaralar, qo'riqlash elektr uskunalari fizikaviy texnik vositalarga kiradi.
D asturiy vositalar - bu axborotlarni himoyalash funktsiyalarini bajarish uchun mo'ljallangan maxsus dasturiy ta'minotdir.
Axborotlarni himoyalashda birinchi navbatda eng keng qo'llanilgan dasturiy vositalar hozirgi kunda ikkinchi darajali himoya vositasi hisoblanadi. Bunga misol sifatida parol tizimini keltirish mumkin.
Tashkiliy himoyalash vositalari - bu talekommunikatsiya uskunalarining yaratilishi va qo'llanishi jarayonida qabo'l qilingan tashkiliy-texnikaviy va tashkiliy-xuquqiy tadbirlardir. Bunga bevosita misol sifatida quyidagi jarayonlarni keltirish mumkin: binolarning qurilishi, tizimni loyihalash, qurilmalarni o'rnatish, tekshirish va ishga tushirish.
Axloqiy va odobiy himoyalash vositalari - bu hisoblash texnikasini rivojlanishi oqibatida paydo bo'ladigan tartib va kelishuvlardir. Ushbu tartiblar qonun darajasida bo'lmasada, uni tan olmaslik foydalanuvchilarni obro'siga ziyon yetkazishi mumkin.
Qonuniy himoyalash vositalari - bu davlat tomonidan ishlab chiqilgan xuquqiy hujjatlar sanaladi. Ular bsvosita axborotlardan foydalanish, qayta ishlash va uzatishni tartiblashtiradi va ushbu qoidalarni buzuvchilarning mas'uliyatlarini aniqlab beradi.
Masalan, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan qoidalarida axborotni himoyalash guruxlarini tashkil qilish, ularning vakolatlari, majburiyatlari va javobgarliklari aniq yoritib berilgan.
Hozirgi kunda ma'lumotlarni ruxsatsiz chetga chiqib ketish yo'llari quyidagilardan iborat:
· elektron nurlarni chetdan turib o'qib olish;
· aloqa kabellarini elektromagnit to'lqinlar bilan nurlatish;
· yashirin tinglash qurilmalarini qo'llash;
· masofadan rasmga tushirish;
· printerdan chikadigan akustik to'lqinlarni o'qib olish;
· ma'lumot tashuvchilarni va ishlab chiqarish chiqindilarini o'g'irlash;
· tizim xotirasida saqlanib qolgan ma'lumotlarni o'qib olish;
· himoyani yengib ma'lumotlarni nusxalash;
· qayd qilingan foydalanuvchi niqobida tizimga kirshi;
· dasturiy tuzoqlarni qo'llash;
· dasturlash tillari va operatsion tizimlarning kamchiliklaridan foylalanish;
· dasturlarda maxsus belgilangan sharoitlarda ishga tushishi mumkin bo'lgan qism dasturlarning mavjud bo'lishi;
· aloqa va apparatlarga noqonuniy ulanish;
· himoyalash vositalarini qasddan ishdan chiqarish;
· kompyuter viruslarini tizimga kiritish va undan foydalanish.
Ushbu yo'llardan deyarli barchasining oldini olish mumkin, lekin kompyuter viruslaridan hozirgacha qoniqarli himoya vositalari ishlab chiqilmagan.
Bevosita tarmoq bo'yicha uzatiladigan ma'lumotlarni himoyalash maqsadida quyidagi tadbirlarni bajarish lozim bo'ladi:
- uzatiladigan ma'lumotlarni ochib o'qishdan saqlanish;
- uzatiladigan ma'lumotlarni tahlil qiliщdan saqlanish;
- uzatiladigan ma'lumotlarni o'zgartirishga yo'l qo'ymaslik va o'zgartirishga urinishlarni aniqlash;
- ma'lumotlarni uzatish maqsadida qo'llaniladigan dasturiy uzilishlarni aniqlashga yo'l qo'ymaslik;
- firibgar ulanishlarning oldini olish.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirishda asosan kriptografik usullar qo'llaniladi.
A xborotni himoyalash uchun kodlashtirish va kriptografiya usullari qo'llaniladi.

Yüklə 118,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin