Kelishildi” toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, t f. d., professor A. K. Shadmanov


Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi



Yüklə 40,19 Kb.
səhifə2/9
tarix12.10.2023
ölçüsü40,19 Kb.
#154939
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1. Djanayev G\' 2-xulosa

Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimental tadqiqotda me’da shilliq qavati shikastlanishlariga qarshi samaradorligi isbotlangan lesboxol dori vositasining klinik amaliyotga tatbiq etilishi gastropatiya bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Lesboxol dori vositasini klinik amaliyotga tatbiq etilishi gastropatiya bilan og‘rigan bemorlarni davolash xarajatlarini pasaytiradi (rebamipid №30 sotuvdagi narxi 180 ming so‘m, mizoprostol №30 sotuvdagi narxi 270 ming so‘m, yangi dori vosita lesboxol №30 sotuvdagi narxi 60 ming atrofida bo‘lishi kutilyapti) va import dori vositalari o‘rnini bosuvchi bo‘lib hisoblanadi.
Xulosa: Tajribada mahalliy o‘simliklardan olingan lesboxol dori vositasining me’da shilliq qavatini himoyalovchi ta’siri isbotlandi. Lesboxol dori vositasini klinik amaliyotga tadbiq etilishi gastropatiya bilan og‘rigan bemorlarni davolanish mablag‘larini rebamipid bilan davolanadigan bemorlarda 120000 so‘m, mizoprostol bilan davolanadigan bemorlarda esa 210000 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi;
Djanayev G‘ayrat Yusupovichning “Me’da shilliq qavati jarohatlanishlarida lesboxolning samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022- yil 10- sentyabrdagi 03/3191 - sonli xati yuborilgan.
2-ILMIY YANGILIK
Ilmiy yangilikning mohiyati: tajribada gastropatiyani korreksiya qilishda gastropatiyaning turli modellarida yangi dorivor o‘simliklar quruq ekstrakti jamlamasini qo‘llashni yuqori samaradorligi va dori vositasining me’da yarasini profilaktikasida hamda davolashda qo‘llash imkoniyati isbotlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: tajribada me’da shilliq qavati shikastlanishini oldini olishda va davolashda zamonaviy, zaharli ta’siri kam, yuqori samarali dori vositalari bilan davolashning yangi usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Hozirgi paytda ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklarining keng tarqalganligini inobatga olinsa, dorivor o‘simliklar quruq ekstrakti jamlamasi lesboxolning me’da yara kasalliklarni davolashda yangi preparat bo‘lish imkoniyatini yaratadi.

Yüklə 40,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin