Katta kishilar o‘qish jarayonida o‘qilganlarning ma’nosini avtomatik tarzda anglaydilar. Lekin bu avtomatlashgan o‘qish savodga o‘rganish operatsiyasi jarayonida murakkab va ko‘p qirralidir



Yüklə 30,63 Kb.
səhifə2/3
tarix01.12.2023
ölçüsü30,63 Kb.
#170827
1   2   3
Disleksiya

DISLEKSIYA
Hozirgi zam on adabiyotlarida o ‘qish buzilishlari "aleksiya" va "disleksiya" terminlari bilan yuritiladi. Aleksiya termini o ‘qish jarayonining yo'qligini, disleksiya termini esa o'qish jarayonini qisman buzilishini bildiradi. O'qish buzilishlari bolalar orasida keng tarqalgan. Mualliflamin bergan ma’lumotiga ko'ra yevropa mamlakatlarida aqli normal bolalar orasida disleksiya 10% tashkil etar ekan. R.I.Lalayeva ma’lumotiga ko‘ra, yordamchi maktablarining o‘quvchilarida o‘qish buzilishlari 62% tashkil etadi. A.N.Korneyeva ma’lumoti bo‘yicha 7-8 yoshli o‘quvchilar orasida 4,8% disleksiya kuzatilgan. Og‘ir nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar va psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar maktabi o‘quvchilarining 20-50%da disleksiya aniqlangan. Disleksiya o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan 4,5 baravar ko‘p uchrar ekan.
Disleksiya - bu markaziy psixik funksiyaning shakllanmaganligi va qat’iy xarakterdagi xatolarning qaytarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qish jarayonining qisman buzilishi.
Disleksiyaning alohida o‘zi mustaqil nutq nuqsoni sifatida kamdan kam uchraydi. Disleksiya belgilari quyidagichadir:
1. Harflarni esda saqlay olmaslik, ularni bir-biri bilan almashtirib o‘qish; harflarni bo‘g‘inlarga biriktira olmaslik.
2. Harf va bo‘g‘inlarni qayta-qayta takrorlash, tushirib ketish, o‘rnini almashtirish natijasida ma’noni tushunmay, noto‘g‘ri sekin o‘qish.
3. So‘z qismlarini, bo‘g‘inlarni, qo‘shimchalarni boshqa harf, bo‘g‘in yoki so‘zlar bilan almashtirish.
4. Tinish belgilari, pauzalarga rioya qilmaslik; so‘z o'rtasida to‘xtab, pauzalar qilib, birinchi so‘zning ikkinchi qismini keyingi so'zning birinchi qismi bilan qo‘shib o‘qib ketish.
O‘qish bu nutq faoliyatining tovushlar talaffuzi va idroki bilan chambarchas bog'liq bo‘lgan bir turidir. Psixologiyaga doir adabiyotlarda o‘qish mexanizmlariga, birinchidan so‘zning o‘qilishi, ya’ni grafik tomoni va aytilishi o‘rtasidagi bog‘lanish, ikkinchidan, o‘qilgan so‘zning ma’nosini tushunish, ya’ni ongli o‘qish kiradi, deb ta’kidlanadi. O‘qish malakalari mukammal bo‘lishi uchun o‘qish jarayonining ikkala tomonini ham birbiriga payvasta qilib, baravar shakllantirib, olib borilish kerak. Aks holda materialni tushunib, ongli o‘qishni ta’minlab bo‘lmaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan disleksiyaning belgilari ko‘proq o‘qish texnikasi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, bularning hammasi ongli o‘qishga ta’sir ko‘rsatadi.
Disleksiya jarayonida bolalarda ko‘pincha og‘zaki nutqning buzilishi ham kuzatiladi. Adabiyotlarda disleksiyadagi og‘zaki nutq buzilishning turli xil turlari ko‘rsatilgan bo‘lib, bular:
1. Nutqning tempi va ritmining buzilishi (duduqlanish, juda tez nutq).
2. Nutq paydo bolishining kechikishi.
3. Verbal funksiyaning yaxshi rivojlanmaganligi (so‘zlarni noto‘g‘ri ishlatilishi).
4. Og‘zaki nutqning grammatik tuzilishining buzilishi.
5. Tovush talaffuzining buzilishi.
6. Fonematik rivojlanishning buzilishi.
Disleksiyaning kelib chiqishida nutq rivojlanishining kechikishi ko‘p ahamiyatga ega. Ko‘p hollarda disleksiyada nutqning rivojlanishining kechikishi kuzatiladi. Ba’zi hollarda bu qoloqlik yengil bo'ladi (nutq 2 yoshdan keyin paydo bo'lganda) boshqa hollarda nutqning rivojlanishining kechikishi qo'pol tarzda, ya’ni nutq 4 yosh va undan keyingi yoshlarda paydo bo'lganda. Disleksiyali bolalarda tovush talaffuzining buzilganligi lug'atining kambag‘alligi, so'zlarni noto‘g‘ri ishlatganida kuzatiladi. Ular jumlalami grammatik jihatdan to‘g‘ri tuza olmaydilar. So‘zlarni ishlatishda xatolarga yo‘l qo'yadilar.
R.Ye.Levinaning fikricha, og'zaki nutq va o'qish buzilishlari asosida fonematik sistemaning bir shaklga tushmaganligi yotadi. O‘qishga o‘rgatishning dastiabki, bosqichlarida bolalarda nutqning fonetikfonematik tom oni rivojlanmaganligi, nutqiy umumlashtirishlarning noto‘g‘riligi kuzatiladi. Bu so‘zning tovush analizini qiyinlashtirishadi. Harflarni o‘zlashtirmaslik, grafik belgilarini o‘zlashtirishdagi zaiflikdan emas, balki tovushlarni umumlashtirishni bir maromga tushmaganligidan kelib chiqadi. Agar harf-tovush bilan umumlashtirilmasa uni o'zlashtirish mexanik xarakterda bo‘ladi. Bola to‘g‘ri talaffuz etgan tovushlarni harf bilan aniq umumlashtira oladi. Agarda tovushni yomon eshitsa noto‘g‘ri talaffuz etsa yoki boshqa tovushga almashtirsa, unda shu tovushga mos tovushni idrok etish qiyin kechadi. Harfni o‘zlashtirmaslik fonematik idrokni yaxshi rivojlanmaslikdan kelib chiqadi. Shunday qilib, agar bolada fonematik idrok yaxshi rivojlangan bo‘lsa, unda harf haqida tushuncha ham sekin rivojlanadi (A.Ananev, R.Ye. Levina).
Bu bolalarda tovushlarni bo‘g‘inlarga birlashtirishda ham qiyinchiliklar kuzatiladi. Sidirg'asiga o‘qishni o‘zlashtirishi uchun bola harfni faqatgina o‘ziga mos tovush bilan umumlashtirishi kerak. Bundan tashqari u shu tovushni umumiy talaffuzini qilish kerak. Bo‘g‘inlami sidirg‘asiga talaffuzi etish mazmunni oldindan bilishga yordam beradi. Tovushlarni bo‘g‘inda birlashishi bu birinchi navbatda ularni og‘zaki nutqdagi talaffuz bilan bog‘liq. Agar bolada tovush so‘zning tovush harf tarkibi haqidagi bilimlari aniq bo‘lmasa tovush bo‘g‘in obrazlarining umumlashuvi qiyinlashadi.
O‘qishning buzilishi nutqning leksik, grammatik rivojlanishining yetarli emasligi bilan ham bog‘lanadi. Bunga ko‘ra o'qishda so‘zlami almashtirish faqat ularning fonetik o‘xshashligi noto‘g‘ri talaffuz yoki ayrim tovushlarni ajrata olmaslik bilan emas, balki gapning sintaktik bogianishlardagi qiyinchliklar bilan kuzatiladi. Bu hollarda morfologik analiz qiyinlashgan bo‘ladi. Nutqning grammatik tuzilishi rivojlanmaganligi so‘zning morfologik strukturasini yetarli idrok etmaganidan kelib chiqadi.
Bunda bolalarda o‘qish jarayonida agramatizmlar kuzatiladi. Lug'atning cheklanganligi va grammatik umumlashtirishning yetarli rivojlanganligi o‘qiyotgan narsani tushunishida qiyinchilik keltiradi, chunki o‘qiyotgan narsani tushinish bola nutqini qay darajada rivojlanganligi, so‘zni tushirish, so‘z va gaplarning bog‘lanishlarini tushunish orqali ro‘yobga chiqadi. Shuning uchun o‘qish malakalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishning asosiy jarayonlari quyidagilar: og‘zaki nutqni, uning fonetik-fonematik tomonini (talaffuz, fonemalarni eshitishda ajratish, ofnematik analiz va sintez), leksik-grammatik analiz va sintezni, leksik-grammatik tuzilishini, fazoviy tasavvurni, ko‘ruv analiz sintezi va mnezisni shakllantirishdir.



Yüklə 30,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin