Katta kishilar o‘qish jarayonida o‘qilganlarning ma’nosini avtomatik tarzda anglaydilar. Lekin bu avtomatlashgan o‘qish savodga o‘rganish operatsiyasi jarayonida murakkab va ko‘p qirralidir



Yüklə 30,63 Kb.
səhifə1/3
tarix01.12.2023
ölçüsü30,63 Kb.
#170827
  1   2   3
Disleksiya


Katta kishilar o‘qish jarayonida o‘qilganlarning ma’nosini avtomatik tarzda anglaydilar. Lekin bu avtomatlashgan o‘qish savodga o‘rganish operatsiyasi jarayonida murakkab va ko‘p qirralidir. Texnik tomonning murakkabligi kishining o‘qish jarayonidagi ko‘z harakatining tahlilida aniq namoyon bo‘ladi.
Yaxshi o‘qiydigan kishining ko‘z harakati bir nuqtadan boshqa nuqtaga tez sur’atda o'tadi. O‘qish jarayonida harakat faqat oldingga (o'ngga) bo‘lmay, balki orqaga harakat ham bo‘ladi. Avvalgi idrokka qaytganda, orqaga harakat regressiya nomini oladi. O‘qish jarayonidan o'qilgan so'zning idroki fiksatsiya paytida qatorda ko‘z harakatining to‘xtashida sodir bo'ladi. O'qish jarayonida ko'z harakatining qatorida 12-20 marta uzoq muddatli to'xtaydi. Qatorda to'xtash soni turlicha bo'ladi, ular so'zlarning yoki qatordagi harflarning soni bilan bog'liq bo'lmaydi. Ko'zning fiksatsiyasi so'zlar orasida va so'zning o'rtasida bo'lishi mumkin. To'xtash soni so'zning tuzilishi, so'zlar qanchalik tanishligi, so'zning to'g'ri yoki boshqa ma’noda qo'llanishiga bog'liq holda o'zgarishi mumkin.
Regressiyaning soni va davomiyligi o'qilayotgan matnning qiyinlik darajasiga bog'liq holda o'zgaradi. Masalan: badiiy matnni o'qish jarayoniga qaraganda murakkab ilmiy matnni o'qishda regressiyaning soni nisbatan ko'p bo'ladi.
O'qish jarayonida malakali o'qiydigan kishi harfni emas, balki so'zlar yoki so'zlar guruhini idrok etadi. O'qishning tezligi va ko'ruv idrokini aniqligi, so'zning uzunligi, harfning grafik chizgilari, harfni tuzuvchi elementlariga bog'liq bo'ladi. Malakali o'quvchi har bir harfni o'qimaydi. Bundan tashqari o'quvchi so'zni bilishdan oldin o'qib chiqilgan matn qismining mazmuniga, m a’nosiga tayanadi. Shunday qilib, ma’noni topish matnni ko'rib idrok etishni yengillashtiradi. Ayniqsa, so'zni tushunishda o'qilayotgan matnning oxirgi jumlasi katta ta’sir ko'rsatadi.
Katta kishilarning o'qishi — bu shakllangan harakat va malakadir. Har qanday malaka o'qish jarayonini shakllantirishda qator bosqichlarni, pog'onalarni bosib o'tadi. Bu bosqichlardan har biri oldingi va keyingi bosqichlar bilan chambarchas aloqada bo'ladi, asta-sekin bir sifatdan boshqasiga o'tadi. O'qish malakalarini shakllantirish uzoq va maqsadga qaratilgan ta ’lim jarayonida amalga oshiriladi.
Taniqli psixolog T.G. Yegorov o'qish malakasini shakllantirishda quyidagi 4 ta bosqichni belgilagan.

  1. Tovush va harf ifodasini o'zlashtirish.

  2. Bo'g'inlab o'qish.

3. O'qishda sintetik usullarini qo'llash bosqichi.
4. Sintetik o'qish bosqichi.
Bu bosqichlarning har biri o'ziga xos xususiyatlari ma’lum psixologik tuzilishi, o'zini qiyinchiligi, vazifasi va o'zlashtirish usullari bilan xarakterlanadi.

Yüklə 30,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin