189
- bolalarning jamoalararo va jamoa ichida o‗zaro munosabatlarni tartibga
solishni bilishi;
- bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog‗lashni bilishi.
7) Gnostik malakalari:
- bolalarning asab-psixik taraqiyoti darajasini aniqlay bilishi;
- o‗zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini
tanqidiy tahlil qila
olishi;
- boshqa o‗qituvchilarning tajribalarini o‗rganib, undan (nazariy va amaliy
tomondan) to‗g‗ri xulosa chiqara olishi;
- psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi;
- o‗quvchilarni to‗g‗ri tushunib, ularning xulq-atvor sabablarini tushuntirishni
bilishi.
8) Ijodiy xislatlari:
- pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi;
- o‗quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish
va uni amalga oshirish
qobiliyati;
- o‗zini o‗quvchi o‗rniga qo‗yib, bo‗lib o‗tgan hodisalarga uning nazari bilan
qaray olishi;
- avvalgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish
qobiliyati;
- o‗zining o‗quvchiga pedagogik ta‘siri natijalarini oldindan ko‗ra bilishga
intilishi.
Shunday qilib, ko‗rsatib o‗tilgan modelning
asosiy tuzilishi tariqasida
quyidagilar keltiriladi;
- shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo‗nalishi;
-pedagogik mahorat va qobiliyati;
- xarakterining psixologik xususiyatlari;
- bilish faoliyati;
- o‗qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi
umumiy taraqqiyoti,
190
Tayyorlangan o‗qituvchi shaxsining yuqoridagi ana shu talablarga mos kelish
yoki kelmasligi oliy pedagogika maktablarining qanday o‗qituvchi tayyorlashini
ko‗rsatib beradi.
Pedagogik kasb, ma‘lumki, har kimning ham qo‗lidan kelavermaydi.
Pedagogik faoliyatdan yutuqlarga
faqat shu kasbga qiziqqan, shu faoliyat bilan
shug‗ullanishga moyil,
oqibat natijada esa, pedagogik qobiliyatga ega bo‗lgan
kishilargina erisha oladi.
Dostları ilə paylaş: