179
8.2. Pedagogning pedagogik faoliyatni egallashidagi psixologik
muammolar. Kasbiy pedagogik ong va o‘z-o‘zini anglash
.
Tayanch so`z va iboralar:
Muomala-axborot jarayonidir, muomala
vositasi, shaxsning o`tmishdagi tajribasi, talabalarning xatti-xarakatlari, muomala
axloq ko`rki, Pedagogning nutqi, Muomala madaniyati, Muomalaning tarkibiy
gismi, pedagogik jarayonda yetakchi kishi, Muomala odobiga rioya qilish,
hamkorlik faoliyati, jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar, O‘qituvchi
professiogrammasi.
Muomala-axborot jarayonidir. Pedagog bevosita
shaxslar bilan muomalada
o`z tarbiyalanuvchilari, umuman, jamoa haqida, undagi ichki jarayonlar haqida
goyat hilma-hil axborotga ega bo`ladi va xokazo. Pedagog ham o`z
navbatida
muomala jarayonida o`z tarbiyalanuvchilariga maqsadga qaratilgan axborotni
ma‘lum qiladi.
Pedagog muomala vositasi orqali qanday axborot olishini qarab chiqar
ekanmiz, talabaning shaxsi haqidagi axborotning muximligini aloxida ta‘kidlab
o`tish kerak. Muomala shaxsni goyat hilma-hil sharoit va ko`rinishlarda
o`rgatishga imkon beradi. Pedagog talabalar bilan muomala qilar ekan juda mayda
gismlarni ham anglab olishga qodir bo`ladi. Bular sirtdan qaraganda unchalik
ahamiyatli bo`lmasada, shaxsda sodir bo`layotgan,
uni tushunish uchun juda
muxim bo`lgan zarur ichki jarayonlar ko`rinishlarining alomatlari bo`lishi ham
mumkin, bunda pedagog shaxsi katta rol o`ynaydi. Ayni hil xodisaning turli
kishilar tomonidan talqini uning shaxsning o`tmishdagi tajribasiga bog`liqligi bilan
izohlanadi, bu tajribaning uch jixati bor: umuman, xayotiy tajriba, pedagogik
faoliyat tajribasi
va muayyan jamoa bilan, talabalar bilan muomalada bo`lish
tajribasi.
Nixoyat, pedagogning talabalar bilan kundalik muomalasi shunga olib
keladiki, u talabalarning xatti-xarakatlaridagi chuqur ma‘no va xaqiqiy sababni
180
turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida u o`zi tez-tez qayd
qilgan dalillardan va talabalarning
xulq-atvor usullaridan foydalanadi.
Pedagogning talabalar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish
vositasi sifatida
qaralib, birlashtiruvchi o`rnini to`ldiruvchi vazifasini ham bajaradi. Muomala
o`zaro munosabatlar doirasida sodir bo`ladi. Boshqarish vositasi bo`lgan muomala
faoliyatidan oldin sodir bo`ladi. Boshqarish vositasi bo`lgan muomala
talabalarning faoliyatiga hamroxlik qiladi. Nixoyat, boshqarish vositasi bo`lgan
muomala faoliyatidan keyin boradi.
Muomala axloq ko`rki sanaladi. Xar bir kishining qanday dunyoqarashga
egaligi, bilimliligi uning muomalasidan ma‘lum bo`ladi.
Muomala insonlar
o`rtasidagi o`zaro aloqa vositalaridir. Muomalada asosiy vosita til hisoblanadi.
Shuning uchun ham til aloqa quroli deyiladi. Insonning tili shirin, muomalasi
madaniyatli bo`lsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obro`-e‘tibor topadi. So`zga
chechanlik xech qachon insonga obro` keltirmaydi. Shuning uchun ham o`tmishda
yashab o`tgan mutafakkirlarimiz tilga, so`zga xurmat bilan yondashishlarini uqtirib
o`tganlar. Ulug` bobomiz Alisher Navoiy muomala madaniyati,
xushmuomalalik,
tilning ahamiyati tog`risida, shirinso`zlik haqida nurxikmat fikrlar bayon qilganki,
bugungi kunimiz uchun ham o`z ahamiyatini yuqotgan emas. «Til shirinligi
ko`ngilga yoqimlidir, muloyimligi esa, foydali shirin so`z sof ko`ngillar uchun asal
kabi totlidir» deydi A.Navoiy. Pedagog talabalalrga bilim berish uchun bir qatorda
ular nutqining rivojlanishiga ham aloxida ahamiyat beradi va bunda u turli
pedagogik usullardan foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: