27
- soha egasining individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganishning
instrumental (test, anketa va boshq.) metodlari.
Ushbu metodlarning qo‘llanishi ziddiyatli vaziyatlarda subyektning xatti-
harakati, emotsional holatlari, tafakkuri va shu kabilarni qayd etishning zamonaviy
yo‘llarini bilishni, shuningdek, individual xatti-harakat fenomenologiyasini tahlil
qilish ko‘nikmalarini talab etadi.
Individual-psixologik xususiyatlarni o‘rganishning instrumental me-
todlariga, avvalo, eksperiment metodining turli variantlari, shuningdek, har hil
testlar o‘tkazish, anketalar, so‘rovnomalar kiradi. Ularning mazmuni
psixodiagnostikaga oid asosiy qo‘llanmalarda berilgan.
Metodlarning ushbu guruhi insonning ayrim ruhiy xususiyatlarining
doimiyligi, yoki o‘zgaruvchanligi darajasi, to`zilishini aniqlash uchun nihoyatda
katta ahamiyatga ega. Biroq, olinadigan ba`zi materiallarda ayrim xatolar ham
bo‘lishi muqarrar. Ushbu xatolar inson shaxsini psixologik o‘rganishning o‘ziga
xos «artefaktlari» hisoblanadi. U eksperiment tadqiqotining barcha bosqichlarida
maxsus o‘rganish va hisobga olishni talab qiladi.
Har bir muayyan eksperimentning sifati ko‘p jihatdan tadqiqot
metodlarining to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq. Eksperimental, testga oid,
anketalashtirish va boshqa metodlarni birgalikda qo‘llash, olingan ma‘lumotlarni
o‘zaro solishtirish, ekspertiza predmetining har tomonlama tavsiflanishini
ta‘minlaydi. Shu munosabat bilan asossiz tanqidga uchramaslik uchun, psixolog-
ekspertlar ushbu eksperiment aktlarida nafaqat ularning diagnostik (tashxis
qo‘yish) imkoniyatlarini ko‘rsatishlari, balki turli psixik (ruhiy) hodisalarning
yaxlit manzarasini tiklashga imkon beruvchi tizimli tavsiflar sohasida ham nazariy
va amaliy tayyorgarlikka ega bo‘lishlari zarur.
Endi tajribada eng ko‘p qo‘llanadigan empirik metodlar haqida kengroq
ma‘lumot beramiz.
Dostları ilə paylaş: