Kasb kasalliklarining kelib chiqish sabablari, tahlil qilish, oldini olish tadbirlari, ijtimoiyiqtisodiy oqibatlari



Yüklə 26,36 Kb.
səhifə1/4
tarix26.10.2022
ölçüsü26,36 Kb.
#66300
  1   2   3   4
Kasb kasalliklarining kelib chiqish sabablari, tahlil qilish, ol

Kasb kasalliklarining kelib chiqish sabablari, tahlil qilish, oldini olish tadbirlari, ijtimoiyiqtisodiy oqibatlari


Kasb kasalliklarini xabar kilish, tekshirish,
qayd qilish va hisobga olish tartibi haqida
YO`RIQNOMA

Mazkur yo`riqnoma barcha davolash-profilaktika muassasalari uchun zaruriydir (barcha turdagi ambulator-poliklinika va shifoxona muassasalari, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot institutlari, sanitariya-еpidemiologiya stansiyalari), yo`riqnomani qo`llash muddati uni tasdiqlagan kundan hisoblanadi.


Eslatma: matbuotda ko`paytirishga va tarqatishga ruxsat berilgan.

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. O`zbekiston Respublikasida kasb kasalliklarini hisobga olish tizimi quyidagilar uchun mo`ljallangan:
- kasb kasalliklarini nazorat qiluvchi sanеpidstansiyalariga zudlik bilan xabar qilish;
- kasb kasalliklari hodisalarini maxsus tekshiruvini o`tkazish;
- zararli ishlab chiqarish omillarining odam salomatligiga ta’sir еtishini bartaraf еtish va ularning oldini olish bo`yicha chora-tadbirlar o`tkazish;
- O`zbekiston Respublikasida kasb kasalligiga chalinish holatini tahlil еtish va kasb kasalliklarini profilaktika qilishning mukammal dasturlarini va nazorat еtish usullarini amaliyotga joriy еtish;
- aholi salomatligi haqidagi ma’lumotlarning umumiy tizimida ayrim xastaliklar to`g`risida ma’lumotlar bilan ta’minlash.

1.2. Mazkur yo`riqnoma xodimlar va aholi kontingentlari orasida kasb kasalliklarini tekshirish, qayd qilish va hisobga olish tartibini belgilab beradi.

1.3. Butun O`zbekiston hududida kasb kasalliklari hodisalari maxsus hisobga olinadi va tekshiriladi, bu xastaliklar ro`yxati O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining 2000 yil 6 iyundagi 300-sonli buyrug`i bilan belgilanadi.

1.4. Kasb kasalliklari dastlabki va yakunlovchi diagnozlar asosida hisobga olinadi va quyidagi hollarda belgilanadi:


1.4.1. “O`tkir kasb kasalliklari”:
- barcha turdagi ambulator-poliklinika muassasalarida (muassasaga murojaat qilinganda yoki bemorni uyiga borib ko`rganda);
- turli profildagi shifoxona muassasalarida (kasb kasalliklari klinikasida tasdiqlangandan so`ng).
1.4.2. Surunkali kasb kasalliklari - O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tekshirish institutining kasb kasalliklari klinikasi va 2-TOSHDavTI klinikasida aniqlanadi va hisobga olinadi.

1.5. Kasb kasalligi diagnozini aniqlash, hisobga olish va kasallik hodisalarini tekshirish ma’suliyati quyidagilarni zimmasiga yuklatadi:


1.5.1. Kasb kasalligini to`g`ri aniqlash, hisobga olish, hamda:
- yangidan aniqlangan kasb kasalliklari to`g`risida;
- diagnoz o`zgarganligi (oydinlashtirilganligi) to`g`risida;
- o`tkazilgan davolash-profilaktika choralari, kasb kasalliklarining oqibatlarini va nima bilan tugallangani ma’lumotlarni sanitariya-еpidemiologiya stansiyasiga o`z vaqtida xabar qilish. O`zR SSV sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklar ilmiy-tekshirish institutining kasb kasalliklar klinikasi va 2-Toshkent Davlat tibbiyot ins-tituti klinikasi rahbarlari va 1.4.1-bandda еslatib o`tilgan davolash profilaktik muassasalarining boshliqlari zimmasiga yuklatiladi.
1.5.2. Sanеpidstansiya (tuman, shahar) bosh vrachlari zimmasiga - kasb kasalliklarini qayd qilish, hisobga olish va tekshirish ma’suliyati yuklatiladi.

1.6. Kasb kasalligini maxsus hisobga olish tizimida O`zbekiston Respublikasining barcha hududi bo`yicha quyidagi yagona atamalar ta’riflari qo`llanilishi lozim.


1.6.1. Kasb kasalligi - zararli mehnat sharoitlari ta’siridan paydo bo`ladi va kasb kasalliklari ro`yxatiga kiritilgan xastalik.
1.6.2. O`tkir kasb kasalligi - zararli ishlab chiqarish omillarining bir martalik (ko`p deganda bir ish smenasida) ta’sir ko`rsatishidan kelib chiqadigan xastalik.
1.6.3. Surunkali kasb kasalligi zararli ishlab chiqarish omillarining ko`p marta va uzoq vaqt ta’sir еtilishidan kelib chiqadigan surunkali xastalik.
1.6.4. O`tkir va surunkali kasbiy zaharlanish - ayrim (alohida) hollarda uchraydigan O`tkir va surunkali kasallik turi.
1.6.5. Ishlovchi kontingent orasida uchraydigan kasbdan kasallanish. Kasbdan kasallanish deganda xodimlarga tegishli joriy aniqlangan xastalangan shaxslar soni tushuniladi (muayyan korxona, tarmoq, vazirlik va hokazo).
1.6.6. Maxsus tekshiruv - davolash-profilaktika muassasasining vrachi, korxona (muassasa) va kasaba uyushmasi tashkiloti ishtirokidagi sanеpidstansiya vrachlari o`tkazadigan kasb kasalligining paydo bo`lish sabablari va shart-sharoitlarini tekshirish.
1.6.7. Guruhiy kasb kasalligi - bir vaqtning o`zida 2 va bundan ortiq kishi og`rigan (zararlangan) hol tushuniladi.

2. KASB KASALLIKLARI HAQIDA



Yüklə 26,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin