haqidagi insho gazetaga m aqola shaklida yozilishi m um kin. M ehnat yoki ishlab chiqarish haqidagi insho mavzulariga „B izning q ish loq 11, „Karam u zish “ , ,,B og‘d a“, „Bizning jam oa x o ‘jaIigim iz“, ,,P och tad a“ , „ D o ‘k ond a“, „Paxtakorlarga yordam im iz“ , „Bizning hashar“ , „M ak tab yer uchastkasida", „Daraxt o ‘tqazish“ kabilar kiradi. „M en nim alarni bilam an?“ mavzusidagi tanlovga bolalar juda qiziqadilar. T anlov bolalam ing m ehnat ko'nikm alarini aniqlabgina qolm ay, u lam i uyda, polizda, b og‘da ishlashga rag'batlantiradi. Maqsad kishilarga foyda keltiruvchi mehnatga hurmatni tarbiyalashdir. Qishloq maktab o'quvchilari ota-onalariga sabzavotlar ekish, h osiln i yig‘ish, o'tin tayyorlash kabi ishlarda qanday yordamlashganliklari haqida yozadilar. Sinfda mehnat haqidagi insho m uhokam a qilinadi. Bolalar foydali, zaruriy ijtimoiy faoliyat sifatida m ehnatning m ohiyatini tu- shuntiradilar. U lar har qanday mehnat e ’zozlanishini aytadilar. Kelajak haqida „Kim bo ‘lishni xohlayman?“ m avzusida tayyorgar- liksiz hikoya qilish tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy kuchga ega. Juda yaxshi yozilgan inshoni sinfda ifodali o'qib berish va tahlil qilish bolalarni tarbiyalaydi. Ba’zi maktablarda bolalar inshosi va hatto bolalar s h e ’rlari to'plam i tuziladi, yaxshi yozilgan hikoya uch un tanlov e ’lon qilinadi. Insho m avzusi va uni yoritish. M avzu insh o p redm eti b o'lib , uning m azm unini tashkil etadi. Mavzuga qarab inshoda aks ettirila- digan materiallar, dalillar, hodisalar tanlanadi. Inshoning to'g'ri va to'liq bo'lishi o'qituvchi mavzuni qanday shakllantirishi, o'quvchilar uni qanday tushunishlariga bog'liq.