Journal of new century innovations wsrjournal com Volume – 2 April 2022


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 462,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix01.12.2022
ölçüsü462,08 Kb.
#71698
1   2   3   4   5   6   7   8
170-177

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
 
WSRJournal.com

Volume – 2_ April_2022 
172 
Maktabgacha ta’limni yanada rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan 
biri ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy yondashuvdir. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarni intellektual, axloqiy, estetik tomonlama rivojlantirish uchun maktabgacha 
ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini 
yangilash hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy 
usullarini joriy etishni amalga oshirishdan iboratdir. Ta’lim-tarbiya jarayonini 
takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy 
boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, 
nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim, 
bunda bolalarda vatanga muhabbat hissini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, 
madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni 
shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Shuningdek, maktabgacha ta’lim 
muassasalari faoliyatini, bolaning rivojlanishi va uning umumiy boshlang‘ich 
ta’limga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish, 
maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik, didaktik materiallar va 
badiiy adabiyotlarni bolalarning yoshiga mos qilib tanlab olish bilan birga ulardan 
foydalanish, bolalarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga o‘rgatish, shaxsiy 
gigienaga e’tiborini qaratish, o‘z vaqtida kerakli vositalardan: sovun, salfetka, spirtli 
suyuqliklardan muntazam foydalanishga, faol o‘yinlar o‘tkazish, musobaqalar 
uyushtirish, gimnastikalar bajarish bilan birgalikda tarbiyalanuvchilarni axloqiy
estetik, jismonan sog‘lom o‘sishiga zamin yaratish. STEAM an’anaviy o‘qitishga 
muqobil yondashuv hisoblanadi. Bunda bolalar Science (tabiiy fanlar), Technology 
(texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics 
(matematika)ni fanlararo bog‘lanishlar va amaliy yondashuvga asoslangan holda 
o‘rganadilar 
Ushbu maqsadlarni bajarish uchun 2016-yildan boshlab milliy ta’lim tizimida 
STEAM O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini isloh qilish borasida 
islohotlar amalga oshirilmoqda. “Zamonaviy maktablarni tashkil etish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori, “2017-2021-yillarda maktabgacha 
ta’lim tizi mini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident 



Yüklə 462,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin