Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 2,07 Mb.
səhifə12/27
tarix13.12.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#176523
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
PQ-414 03.11.2022

(M. Boltabayev)

12.

Universitet bitiruvchi kurs talabalari amaliyotini mahallalarda tashkil qilish.

1. Bitiruvchi kurs talablari amaliyotini mahallalarda tashkil qilish dasturlarini ishlab chiqish.
2. Bitiruvchi kurs talablari amaliyoti obyektlarini shakllantirish.
3. Bitiruvchi kurs talablari amaliyotini doimiy yashash hududlaridagi mahallarda o‘tkazish.
4. Bitiruvchi kurs talablari amaliyoti hisobotlarini qabul qilish.

Mablag‘ ajratish talab qilinmaydi

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab doimiy

Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(A. Ikramov),
Universitet
(M. Boltabayev)

13.

Universitet bilan sport-ta’lim muassasalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni ta’minlash.

Universitetning malakali professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruh tashkil etib, sport-ta’lim muassasalarining o‘quv-metodik ta’minoti, kadrlar salohiyati va kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini chuqur o‘rganish, tahlil qilish hamda amaliy yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Mablag‘ ajratish talab qilinmaydi

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov)

14.

Jismoniy tarbiya va sport sohasining dolzarb muammolarini o‘rganishga qaratilgan uchrashuvlar, seminar-treninglar, mahorat darslari tashkil etish.

1. Universitet yetuk professor-o‘qituvchilarining seminar-treninglari, mahorat darslarini tashkil qilish bo‘yicha reja ishlab chiqish.
2. Seminar-treninglar, mahorat darslarida iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar va izlanuvchilarning ishtirokini ta’minlash.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022 — 2025-yillar davomida

Universitet
(M. Boltabayev)

15.

Universitetning milliy va xalqaro reytinglardagi o‘rnini doimiy oshirib borish.

Universitetning milliy va xalqaro reytinglardagi o‘rnini doimiy oshirib borish maqsadida kafedra, fakultetlar kesimida ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligini baholash bo‘yicha indikatorlarni ishlab chiqish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Ishlab chiqish — 2023-yil yanvar
Amalga oshirish — 2023 — 2025-yillar davomida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov),
Universitet
(M. Boltabayev)

16.

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash.

1. Jismoniy tarbiya va sport sohasida reytingi yuqori bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarini aniqlash hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish.
2. Universitetda “sport muhandisligi” mutaxassisligi bo‘yicha O‘zbek-Belarus qo‘shma ta’lim dasturi asosida magistratura mutaxassisligini tashkil etish.
3. Mahallalar, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, sport-ta’lim muassasalari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, sport klublari, jamiyatlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.

Mablag‘ ajratish talab qilinmaydi

2022 — 2025-yillar davomida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov),
Universitet

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin