73
ortiq edi.2-jahon urushidan keyin bu imperiya tez parchalandi.1990 yillari Buyuk
Britaniya nazorati ostida asosan orollardagi 12ta mustamlaka va qaram territoriyalar
bor edi.Masalan: Bermud, Kayman orollari, Gonkong,
Avliy Elena, Gibraltar,
Angilya, Folklend orollari.
Buyuk Britaniya Hamdo’stlik markazi, u hozirgi vaqtda 49 mustaqil davlat
kiradigan siyosiy va iqtisodiy birlashmadir.
Siyosiy adminstrativ bo’linishi: 47 graflik, 6 metropoliten grafligi, Katta London,
12 oblast, 6 okrug, Men va Normand orollaridan iborat.Yirik shaharlari: London
7mln, Birmingem 961000, Glazgo 716000, Lids, Liverpul, Edinburg, Manchester.
Buyuk Britaniyani urushdan keyin iqtisodiy mavqei
va siyosiy nufuzi biroz
bo’shashib qolgan bo’lishiga qaramay, u hamon jahonda kuchli iqtisodiy, moliyaviy
va harbiy-siyosiy mavqeini saqlab kelmoqda. Buyuk Britaniya NATOning faol
a’zosi.1973 yildan buyon EIHga a’zo.
Aholisi.XX asrning 2-yarmiga qadar aholining okean ortiga ommaviy ravishda
ko’chib ketishiga qaramay mamlakat aholisi tez o’sdi.Lekin
keyingi paytlarda aholi
tabiiy o’sishining sezilarli pasayishi natijada ingliz millatining “qarishi” sezilmoqda.
Buyuk Britaniyada tug’ilish koeffisenti 11%
0
, o’lim 10%
0
. 1ayolga 1,6 bola to’g’ri
keladi.15 yoshgacha bo’lganlar salmog’i 19%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar
16%.O’rtacha umr 75-80 yosh.YAMD 24340 dollar (2001y).
Buyuk Britaniya urbanizasiya darajasining juda yuqoriligi bilan ajralib turadi,
aholisining 92%i shaharlarda yashaydi.Masalan: London aglomerasiyasida 13mln
kishi yashaydi, zichligi 1km
2
ga 750 kishi.Mamlakatda 1km
2
246 kishi.Aholisining
80%i inglizlar, qolganini shotlandlar, uelsliklar (valliylar), irlandlar tashkil etadi.
Davlat tuzumi-konstitusion monarxiya.Asosiy siyosiy partiyalari:
1.
Buyuk Britaniya Konservatorlar partiyasi (1867y.).
2.
Buyuk Britaniya Leyboristlar partiyasi (1900y.).
3.
Buyuk Britaniya sosial demokratik partiyasi (1981y.).
4.
Buyuk Britaniya kommunistik partiyasi (1920y.).
Buyuk Britaniya sanoati ichki yalpi mahsulotning 50%ini eksportning qariyb 90%ini
beradi.Dunyoda sanoat ishlab chiqarishning yalpi hajmi jihatidan 1986 yil 5-o’rinni
egallaydi.
Buyuk Britaniya neft qazib olishda Shimoliy Dengiz hisobiga G’arbiy Evropada
2-o’rinda turadi (yiliga 115mln t. 2006y.) 1-o’rinda Norvegiya.Energiya
balansida
GESlarning roli past asosan IESlar energiya beradi.Keyingi paytlarda AESlarning
salmog’i ortib bormoqda.Elektr energiya jahonda 9-o’rinda (2,5% 370mln.kVt.soat).
Buyuk Britaniya yuqori kalloriyali kokslanuvchi ko’mirning katta zapaslariga
ega.Yuqori sifatli temir rudasini Shvesiya, Liberiya,
Kanada kabi davlatlardan
keltirilganligi sababli asosiy qora metallurgiya korxonalari dengiz bo’ylarida va
ko’mir qazib olinadigan rayonlarda joylashgan.
Rangli metallurgiya korxonalari ham asosan dengiz bo’ylarida joylashgan.
Mashinasozlik Buyuk Britaniya sanoat tarmoqlari orasida 1-o’rinni egallaydi.Ko’p
mahsuloti eksportga mo’ljallangan sanoat tarmoqlari: stanoksozlik, elektrotexnika,
asbob-uskunalar, jihozlar,avtomobillar,
traktorlar ishlab chiqarish ayniqsa ajralib turadi.Mamlakatda chiqariladigan
stanoklarning 20%i AQSH firmalari ishlab chiqaradi.
74
Ximiya sanoatida neftni qayta ishlash bazasida neft mahsulotlari
va sintetik tola
ishlab chiqarish ayniqsa tez rivojlanmoqda.
Qishloq xo’jaligi. Buyuk Britaniya tabiiy sharoiti dehqonchilikdan ko’ra
chorvachilik uchun qulay.Mamlakat hududining 47%i yaylovlar, ekin maydonining
2/3qismi em-hashak va ildiz mevali o’simliklar bilan band.Tabiiy o’tloqlarga o’g’it
solinib turiladi.
Asosiy donli ekinlari: bug’doy, arpa, suli.
Asosiy texnik ekinlari: qand lavlagi.
Yalpi don hosili 25mln t., qoramol tuyog’i-12,5mln, qo’ylar-37mln, cho’chqalar-
8mln, parrandalar-131mln.
Mamlakat ichkarisidagi yuk oborotining katta qismi avtomobil transportiga to’g’ri
keladi.Avtotransport raqobati natijasida juda zich temir yo’llarning bir qismi olib
tashlanmoqda.Temir yo’llarning umumiy uzunligi 16,8ming km (elektrlashtirilgani
3,7ming km) bo’lib, katta avtoyo’llarning uzunligi 347ming km.
Buyuk Britaniya qudratli dengiz savdo va passajir flotiga ega.Havo
transporti
yaxshi rivojlangan. Buyuk Britaniya hududi iqtisodiy geografik jihatidan 5 qismga
ajratiladi:
1.Janubiy qism-London atrofi.
2.Janubi-Sharq (Yashil Angliya).
3.Markaziy qism.
4.Shotlandiya.
5.Olster (Shimoliy Irlandiya).
Asosiy eksport mahsulotlari: mashina va uskunalar, samolyotlar,
traktorlar,
kemalar, qurol-yaroq, jun, sintetik gazlama, po’lat va h.k.
Importi: paxta, oltingugurt, temir rudasi.
Pul birligi- funt sterling.
Dostları ilə paylaş: