Javobi: Statistika lotincha “status”


Mutlaq ko‘rsatkichlar va ularning turlari. Tayanch iboralari: oddiy miqdorlar, guruh miqdorlari, murakkab miqdorlar



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə9/43
tarix02.06.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#123658
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Statistika sessiya javoblari (3)

31.Mutlaq ko‘rsatkichlar va ularning turlari. Tayanch iboralari: oddiy miqdorlar, guruh miqdorlari, murakkab miqdorlar.
JAVOBI:Мутлақ кўрсаткичлар ўрганилаётган ҳодисалар ва уларнинг белгиларини бир хиллигини, монандлигини, ўхшашлигини ифодалайди. Улар ҳодисалар ва уларнинг белгиларининг кўлами, сони, ҳажми, даражаси макон ва замонда тақсимланиш шаклида намоён бўлади.
32Nisbiy miqdorlar va ularni ifodalanish shakllari. Tayanch iboralari: koeffitsientlar, foizlari, promille, proditsimelle.
JAVOBI: Ijtimoiy - iqtisodiy xodisalar va jarayonlarning bir necha davridagi 
o‘zgarishlarini o‘rganish uchun mutloq miqdorlarni taqqoslash lozim. 
Ushbu davrdagi reja ko‘rsatkichlarining, tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishini ham haqiqiy va reja (shartnoma) ko‘rsatkichlar 
bilan taqqoslab aniqlanadi. Bunday mutloq miqdorlarning bir-biriga 
nisbatan olinib taqqoslanishi nisbiy miqdorlar deyiladi. Demak nisbiy 
miqdorlarda ikki va undan ko‘proq mutloq miqdorlar bir-biriga taqqoslanadi. Bunda ko‘pincha suratda taqqoslanuvchi miqdor,
mahrajda - esa taqqoslovchi mutloq miqdor bo‘ladi.Nisbiy miqdorlardan 
xalq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishi, ijtimoiy - iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlarini aniqlashda juda ko‘p foydalaniladi. 
Shuning uchun ham nisbiy miqdorlar tadqiqot maqsadi, mohiyati 
va qanday mutloq miqdorlar qatnashayotganiga qarab turlicha bo‘lishi 
mumkin: Korxonalar, firmalar biznes-rejalarining bajarilish darajasini, 
to‘plamda ayrim guruhlarning tarkibini bilish uchun, joriy yil (ushbu 
davrdagi) ma’lumotlar taqqoslanadi. Xodisa va jarayonlarning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish uchun, ularning bir necha yil (o‘tgan davrlar) mobaynidagi miqdorlari taqqoslanadi. 
33Nisbiy miqdorlar turlari. Tayanch iboralari: dinamika, tuzilma, taqqoslash, solishtirma, jadallik miqdorlari.
JAVOBI: Nisbiy miqdorlarning mazmuni, ya’ni voqelikning qanday tomonini ta’riflashi va hisoblash usuliga qarab ularni quyidagi tasnif guruhlariga ajratish mumkin (3,5-tarh).
Birinchi guruh nisbiy ko’rsatkichlari murakkab ob’ekt yoki to’plamning tuzilishi va uning farqlarini umumlashtirib ta’riflaydi. Tuzilish nisbiy miqdorlari ayrim unsur (qism)larning umumiy to’mlamdagi (murakkab ob’ekt hajmidagi) salmog’i yoki hissasi qanday ekanligini aniqlaydi. Buning uchun ayrim unsur (qism) hajmi umumiy to’plam hajmi bilan taqqoslanadi, ya’ni:
Si =ni / åni Bu holda å Si =1.
Tuzilish va uning farqlarini ta’riflovchi ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilar ham kiradi:
a) koordinatsiya nisbiy miqdorlari: ular ayrim unsur (qism)larning bir-biriga nisbatini ta’riflaydi, ya’ni:
Ki qni / ni-1 = Si / Si-1
Ki - koordinatsiya nisbiy miqdorlari (bir unsurni ikkinchisiga nisbati);
b) to’plam tuzilishining murakkablik darajasini, hissalarning notekislik darajasini ta’riflovchi o’rtacha absolyut va o’rtacha kvadratik tafovut ko’rsatkichlari hamda ularning nisbiy ko’rsatkichlari, ya’ni:
i =å(Si - Si )/ N; σs =Öå(Si - Si )2 / N;
ds = ds / S0 ; Vds q ds / S ;
Bu yerda:
ds - hissalarning o’rtacha absolyut tafovuti.
σs = hissalarning o’rtacha kvadratik tafovutlari.
Vds = o’rtacha absolyut tafovutning nisbiy ko’rsatkichi.
VGs= o’rtacha kvadratik tafovutning nisbiy ko’rsatkichi.
- o’rtacha hissa darajasi, ya’ni = åSi / N
N - to’plam hajmi, ya’ni N =åni ;
v) ikki to’plam tuzilishidagi farqlarni umumlashtirib ta’riflovchi ko’rsatkichlar, masalan
sA-sB = Öå(SiA - SiB )2 / å(S2iA = S2iB ) ;
Bu yerda: SiA - A to’plamdagi ayrim unsur(bo’lak)lar hissasi;SiB - B to’plamdagi ayrim unsur(bo’lak)lar hissasi; Dinamika nisbiy ko’rsatkichlari - bu turli vaqt davrlariga tegishli ko’rsatkichlar nisbati hosi-lasidir.Nisbiy ko’rsatkichlarning ikkinchi guruhi o’rganilayotgan hodisa va jarayonning dinamikasini, vaqt bo’yicha o’zgarishini ta’riflaydi. Ular joriy davrdagi hodisa ko’rsatkichini o’tgan davrdagi miqdoriga bo’lishi yo’li bilan aniqlanadi va odatda foizda hisoblanib, o’sish sur’atlari deb ataladi. Agar davrlar soni uch va undan ortiq bo’lsa, ularni hisoblayotganda taqqoslash asosini o’zgarmas yoki o’zgaruvchan ko’rinishda olish mumkin. Birinchi holda hamma davrlar ko’rsatkichlari bir davr (zaminiy davr), masalan, boshlang’ich davr ko’rsatkichi bilan taqqoslanadi. Olingan natijalar zaminiy o’sish sur’atlari deb nomlanadi. Ikkinchi holda har bir keyin keladigan davr ko’rsatkich o’zidan oldingi davr ko’rsatkichi bilan solishtiriladi. Olingan nisbiy miqdorlar zanjirsimon o’sish sur’atlari deb ataladi. Agarda taqqoslanuvchi davr ko’rsatkichini -U, boshlang’ich davr ko’rsatkichini -UO
va oldingi davr ko’rsatkichini -Ui-1 deb belgilasak, u holda zanjirsimon o’sish sur’ati(Tzan)
Tzan=Ui*100/ Ui-1
zaminiy o’sish sur’ati (Tzam) esa
Tzam=Ui*100/U0
O’rganilayotgan hodisalar dinamikasini ta’riflovchi nisbiy ko’rsatkichlar guruhiga o’sish sur’atlaridan tashqari yana qo’shimcha o’sish sur’atlari, Trend tenglamalarining ko’rsatkichlari (ozod hadlar va regressiya va korrelyatsiya koeffitsiyentlari), dinamikada tebranuvchanlik va barqarorlik ko’rsatkichlari, dinamik indekslar va h.k. kiradi.
Nisbiy ko’rsatkichlarni boshqa guruhi bir ob’ekt (hodisa) ga tegishli turli belgilarning o’zaro nisbatlarini ta’riflaydi. Odatda ular intensivlik nisbiy ko’rsatkichlari deb yuritiladi va o’rganilayotgan ob’ektlarning ikkilamchi belgilarini umumlashtiradi. Ayrim hollarda bu belgilarni sifat belgilari deb ham atashadi. Mehnat unumdorligi darajasi, iqtisodiy o’sish darajasi, aholi zichligi, moddiy va tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligi (mahsuldorligi) va hokazo sifat belgilarini o’lchash uchun to’g’ri va teskari ko’rsatkichlardan foydalanamiz.
Va nihoyat, nisbiy ko’rsatkichlarning alohida guruhini buyurtma va boshqa shartnomalarni, rejalarni, normalarni bajarish darajasini ta’riflovchi ko’rsatkichlar tashkil etadi. Ular haqiqatda ishlab chiqarilgan yoki yetkazib berilgan mahsulot (ish, xizmat) hajmini shartnomada, rejada, normada ko’zlangan miqdori bilan taqqoslab aniqlanadi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin