Javob: bir necha yil tirik turadi, lekin rivojlanmaydi
702. Bemorda trihinellyoz kasalligi borligi aniqlandi, parazit odamga qanday yuqqan?
Javob: bu parazit odamga ko‟proq cho‟chqa va yovvoyi hayvon go‟shtidan yuqadi
703. Bemorga trihinellyoz tashxisi qo‟yildi, bu kasallikning yashirin davri qancha
davom etadi?
Javob: 10-25 kun davom etadi
704. Shifokor bemorda trihinella lichinkalari ko‟p ekanligini aniqladi, u nimalarga
olib keladi?
Javob: o‟g‟ir kasalliklarga sabab bo‟ladi, xatto o‟limga olib keladi
705. Trihinellyoz kasalligi qo‟zg‟atuvchisining sistematik holatini ko‟rsating?
Javob: tip: nematelmintis, sinf: nematoda, tur: trihinella spiralis
706. Shifokor trihinellyoz tashxisini qo‟ydi, uning profilaktikasi?
Javob: shaxsiy va jamoat profilaktikasi
707. Trihinellyoz kasalligining jamoat profilaktikasi nimalardan iborat?
Javob: go‟shlarni veterinariya-sanitariya nazoratidan o‟tkazishni to‟g‟ri yo‟lga
qo‟yish, fermalarni ozoda saqlash, kalamushlarni yo‟qotish
708. Shifokor bemorda trihinellyoz borligiga shubxa qildi, parazit lichinkalari qaysi
mushaklarda ko‟proq uchraydi?
Javob: ko‟proq deltasimon, qovurg‟alararo, ikrasimon, diafragma va chaynov
muskullarida
709. Shifokor bemorga drakunkulyoz tashxisini qo‟ydi, bu kasallikni qaysi parazit
chaqiradi?
Javob: dracunculus medinensis
710. Odamlarda uchraydigan drakunkulyoz kasalligining geografik tarqalishi?
Javob: Afrika va Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan
711. Odamlar o‟rtasida uchraydigan drakunkulyoz kasalligi qanday kasallik?
Javob: antropozoonos kasallik hisoblanadi
712. Shifokor bemorga drakunkulyoz deb tashxis qo‟ydi, parazitning o‟lchamlarini
ko‟rsating?
Javob: urg‟ochisi 1.5 m, erkagi 15-30 mm ga yaqin
713. Bemorga drakunkulyoz tashxisi qo‟yildi, parazitning definitiv va oraliq
ho‟jayinini ko‟rsating?
Javob: definitiv ho‟jayini odam va hayvonlar, oraliq ho‟jayini tuban
qisqichbaqasimonlar-siklop
714. Shifokor bemorga drakunkulyoz tashxisini qo‟ydi, parazit bemorga qanday
patogen ta‟sir ko‟rsatadi?
Javob: bemorda bo‟g‟imlar harakatining susayishi, terining qichishishi va allergik
reaksiyalar kuzatiladi
715. Bemorda aniqlangan drakunkulyoz kasalligining shaxsiy va jamoat
profilaktikasiga nimalar kiradi?
Javob: shaxsiy profilaktikaga-qaynatilgan suvni ichish, jamoat profilaktikasiga-suv
havzalarini qo‟riqlash, aholini sifatli ichimlik suvi bilan taminlash, aholi o‟rtasida
sanitariya-ma‟orif ishlarini olib borish
716. Filiaridozlarning geografik tarqalishi va ular qanday kasalliklar guruhiga
kirishini ko‟rsating?
Javob: tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan, transmissiv kasalliklar guruhiga
kiradi
717. Bemorga vuheriryoz tashxisi qo‟yildi, bu parazitning o‟lchamlarini ko‟rsating?
Dostları ilə paylaş: |