Error
klassi dasturning ichki xatoliklarini va resurslar cheklanishini belgilaydi. Ushbu
xatoliklarni dastur yordamida to’g’irlash mushkul bo’lib, bu xolatda foydalanuvchini xatolik
xaqida ogoxlantirib dastur ishi tugatiladi.
Dastur tuzilayotganda
Exception
klassi va uni kengaytiruvchi klasslarga asosi e’tiborni
qaratish kerak.
Exception
klassi o’z navbatida ikki turdagi klasslar tomonidan kengaytiriladi.
Birinchi turdagi klasslar bu
RuntimeException
klassi va uni kengaytiruvchi klasslar. Ikkinchi
turga boshqa klasslar kiradi.
Java dasturlash tilida
Error
va
RuntimeException
klasslaridan kelib chiqgan istisnolar
tekshirilmaydigan istisnolar
deyiladi. Barcha boshqa istisnolar
tekshiriladigan istisnolar
deyiladi. Tekshiriladigan istisnolarga dasturchi istisnolarni boshqaruvchi dastur kodini ta’minlab
berishi kerak.
Metod amal bajarishi mobaynida uddalay olmaydigan xolat yuzaga kelsa istisno obyekti
xosil qilinadi. Agar metod bajarilishida istisno xosil bo’lish xolati mavjud bo’lsa metod e’lon
qilish kodida ushbu xolat belgilanishi kerak. Istisno
throws
kalit so’zi bilan belgilanadi. Masalan,
agar dasturdagi
faylniOchish()
metodi xotirada joylashgan faylni ochishi kerak bo’lsa, metod
bajarilishi mobaynida ochilishi kerak bo’lgan fayl xotirada mavjud bo’lmasligi yoki mavjud fayl
ochilmasligi mumkin. Ushbu xolda
IOException
istisnosi xosil bo’ladi.
public void faylniOchish() throws IOExceptions
{
…
}
Istisnoni atayin xosil qilish xam mumkin. Istisno
throw
kalit so’zi bilan xosil qilinadi.
Odatda bu dastur ishini tekshirish uchun amalga oshiriladi. Masalan,
IOException e = new IOException();
throw e;
Dostları ilə paylaş: