Jahon iqtisodiyotining globallashuvi to’g’risidagi ilmiy konsepsiyalar asosiy yo’nalishlari Reja



Yüklə 27,62 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü27,62 Kb.
#205531
  1   2   3   4
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi to’g’risidagi ilmiy konseps

  • asosiy yo’nalishlari
  • Reja:
  • 1. Jahon iqtisodiyotini globallashuv tushunchasi va tamoyillari.
  • 2. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari va omillari.
  • 3. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlarining natijalari.
  • Jahon iqtisodiyotini globallashuv tushunchasi va tamoyillari.
  • Jahon xo’jaligini globallashtirish - XX asrning 1980 yillar oxiri - 1990 yillar boshida keng ilmiy aylanmaga kiritilgan nisbatan yangi tushunchadir. Bu davrga qadar “globallashtirish” atamasi zamonaviy iqtisodiyotda - yirik xalqaro kompaniyalar mahsulotlarining alohida savdo bozorlari va muvofiq tarzda yagona milliy yoki xorijiy bozorni egallashga emas, balki hamma bozorlarda, ya'ni global miqyosda savdo qilishga yo’naltirilgan korporativ strategiyalarni birlashtirish kabi muayyan, o’ziga xos xodisani belgilash uchun foydalanilgan. Tahminan 20 yil oldin ushbu atamadan birinchilardan bo’lib foydalangan amerikalik muallif T. Levit 1983 yildayoq chop etgan “Garvart biznes revyudir” deb nomlangan maqolasida yirik transmilliy korporatsiyalar (TMK) tomonidan ishlab chiqarilgan alohida mahsulotlar bozori birlashishi to’g’risida yozgan.
  • 1980-1990 yillar bo’sag’asida “globallashtirish” tushunchasi yangi talqinga ega bo’ldi: asli yaponiyalik keyinroq amerikalik mashhur iqtisodchi K.Ome ta'riflab bergan mazkur atamaning ommaga tushunarli bo’lgan ifodasidan jahon xo’jaligi rivojlanishining nisbatan yangi qirralari va tavsiflari, uning dastlabki taraqqiyot bosqichlaridan farqlanuvchi hozirgi holatini ko’rsatish uchun tatbiq eta boshladilar. Tatqiqot ob'ektining nisbatan yangiligi (1990 yillar yuz yilliklarni bosib o’tdi), shuningdek jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan jarayonlarning murakkabligi va kompleksligi, hozirga qadar jahon iqtisodiyotini globallashtrish jarayonlari kam yoki ko’proq darajada o’xshash tushunchasi va ta'rifi yaratilishiga imkon bermadi. Globallashtirishga nisbatan turlicha yondashuvlar, turli ta'riflar mazkur tushunchaning mazmuni va hatto uning muvaqqat chegaralari ifodalanishi saqlanib kelmoqda. Jumladan, globallashtirish jarayonlari antik davrdan buyon yoki boshqa variantlarda, dastlabki jahon bozorlari yoki yaxlit jahon xo’jaligi yuzaga kelgan vaqtlardan e'tiboran rivojlanib kelayotgani to’g’risidagi tasdiqni ham uchratish mumkin. Globallashtirish butun dunyo - tarixiy jarayon sifatida XVIII asr boshlaridan e'tiboran yuzaga kelgan deb hisoblaydi. Siyosiy
  • kon'yunktura mahalliy Markazi direktori V.Fedorov. Biroq, bunday tushunishda globallashtirish xo’jalik hayotining internatsionallashtirish jarayonlari bilan ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda bir xil bo’lib qoladi.
  • Bizning fikrimiz jahon iqtisodiyotini globallashtirish - bu xo’jalik hayotini zamonaviy butunjahon internatsionallashtirish bosqichidir, uning doirasida jahon xo’jaligi sifat jihatdan yangi, rivojlanishning avval notanish bo’lgan tavsiflari va xususiyatlariga ega bo’ladi. Shunday tavsiflar sifatida jahon xo’jaligining muvofiq tarzda ortib borayotgan yaxlitligi hamda deyarli jahonning barcha mamlakatlari iqtisodiyotining keskin kuchayib borayotgan o’zaro bog’liqligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga dastlab yopiq bo’lgan mamlakatlarni jalb etish, global tovar va ayniqsa moliya bozorlarini shakllantirish, jahon iqtisodiy gomogenizatsiyasiga ba'zan izchil bo’lmagan (xo’jalik yuritish shakli va tizimlarining o’xshashligi, bir xilliligini kuchaytirish) yo’nalish.
  • Yu.V.Shishkovning namunaviy ta'rifiga ko’ra, jahon xo’jaligi katta yoki kichik yaxlit iqtisodiy tizimdan nafaqat xalqaro mehnat taqsimoti, balki ulkan xalqaro, ko’pincha butunjahon, ishlab chiqaruvchi-savdo tuzilmalari, globalmoliyaviy tizim hamda planetar axborot tarmog’i bilan biriktirilgan yagona butunjahon iqtisodiy tashkilotga aylana boshladi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, investitsiyalarning tarmoqli tuzilmasi, ishlab chiqarish va savdo tabiati xo’jalik hayoti sub'ektlari tomonidan global kon'yunktura hisobga olingan holda belgilanadi, iqtisodiy o’sishlar va tushishlar butunjahon miqyosini qamrab oladi. V.P. Kolesova tahriri ostida “Jahon xo’jaligini globallashtirish va Rossiyaning o’rni” nomli monografiyasida - Internatsionallashtirishning butunjahon miqyosi - gloallashtirishning mohiyatini anglatadi, deb tasdiqlangan (2002 g., str.7).
  • Xalqaro valyuta fondi (XVF) taftishchilari jahon xo’jaligining globallashtirishini “tovarlar, xizmatlar va jahon kapital oqimi bo’yicha xalqaro bitimlarning turi, xajmi ortishi, shuningdek, texnologiyalarning nisbatan jadal va keng diffuziyasi natijasida jahonning barcha mamlakatlari ortib boruvchi iqtisodiy o’zaro bog’liqligi” sifatida ta'riflaydilar.
  • XVFning so’nggi ma'ruzalaridan birida mazkur nuqtai nazar mantiqan davom ettiriladi: “Globallashtirish nima?”. Ushbu tushunchaning iqtisodiy mazmuni-jahonda milliy iqtisodning, xususan tashqi savdo va moliyaviy oqimlar yordamida yaqinlashishini kuchaytirishni anglatadi. Ba'zan hatto ishchi kuchi, bilim va texnologiyalarning milliy chegaralaridan oqimlarning misli ko’rilmagan darajada ortib ketishi ham nazarda tutiladi. Globallashtirishda hech qanday sir yo’q. U faqatgina asrlar davomida iqtisodiyotning barcha darajalarida - qishloq bozori, shahar sanoati, savdo, poytaxt fond birjalarida amal qilib kelgan aynan shu bozor kuchlari harakatini milliy chegaralari orqali o’tkazadi3.
  • Proffesor A. Katsovich globallashtirish jarayonini tasvirli yoritilishi va jahon xo’jaligining yangi tavsiflari yuzaga kelishi: “Globallashtirish chegaralar orqali iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni intensifikatsiya qilish orqali aniqlanishi mumkin. Globallashtirish - bu erkin savdo to’g’risidagi bitimlar uyg’unligi, jahonni yagona va o’ta raqobatli bozorga aylantirgan Internet hamda moliyaviy bozorlarning birlashishidir”, degan taklifni kiritadi. Umuman mazkur o’quv qo’llanmada keltirilgan globallashtirish jarayonlarini tushunishga yondashuv asosida Butunjahon banki Prezidenti Dj. Vulfensonning jahon xo’jaligi va jahon sotsiumi zamonaviy holati to’g’risidagi mulohazalari joy olgan: “Globallashtirish jahonni yagona global tarkibga aylantiradi, milliy va internatsional birliklar esa bir-biriga qo’shilib ketadi. So’nggi moliyaviy inqiroz, OITS, global isib ketishlarni eslang. Texnologiyalarning jadal rivojlanishi yashash tarzimiz va biznes uslubimizni o’zgartiradi. Xususiy sektor - xususiy kapital oqimlarining masalan rivojlanayotgan mamlakatlar hozirga kelib, ushbu mamlakatlarning g’arbiy moliyalashtirish hukumat manbalaridan besh marotaba ortib ketayotgani, misli ko’rilmagan darajada taraqqiy etib ketdi. qashshoq mamlakatlarda tezkor urbanizatsiya yuz berib, fuqarolik jamiyati vujudga kelmoqda, demokratiya rivojlanmoqda - hukumat ham markaziy hokimiyatdan mahalliy darajaga bosqichma-bosqich o’tmoqda. Ushbu yo’nalishlardan foydalana oladigan mamlakatlar misli ko’rilmagan darajada ilgariga sakramoqdalar. Integratsiyadan ortda qolayotgan mamlakatlar degradatsiyalanadi. Ularning
  • qoloqlik darajalari ortib borib, boshqa mamlakatlarga nisbatan teng huquqliligi murakkablashib boradi”5.
  • Milliy iqtisodning iqtisodiy o’zaro aloqalarini kuchaytiruvchi nisbatan sezilarli omillaridan biri, shu bilan birga globallashtirish atributi, asosiy muhiti er sharining deyarli har qanday nuqtasida moliyaviy muassasalarga istalgan miqdordagi mablag’ni bir zumda o’tkazib berish imkoniyatini ta'minlovchi global axborot maydoni va global axborot tarmog’i bo’lgan global moliya bozorini shakllantirish hisoblanishi ko’pincha ta'kidlab o’tiladi. Global moliyaviy bozor doirasida milliy bozorlar (evrobozorlar), shuningdek, offshor moliyaviy bozorlarning ahamiyati ortib boradi. Globallashtirish davomida, ba'zi holatlarda kam yoki umuman real ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan, moliyaviy bozorlardagi inqirozli holatlarda esa ma'lum darajada zarar keltiradigan moliyaviy kapitalning mamlakatlararo aralashishi hajmi va tezligi ortib boradi.6 Moliyalarni globallashtirishda jahon xo’jaligida yuz beradigan muvofiq o’zgarishlar yaqqol namoyon bo’ladi, aynan “Moliyaviy kapital milliy iqtisodiyot chegaralarini buzib o’tuvchi asosiy omil hisoblanadi”

  • Yüklə 27,62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin