5. Йўлдош Ў., Йўлдош М. Бадиий таҳлил асослари.
– Тошкент: Камалак, 2016.
6. Қуронов Д. ва бошқ. Адабиётшунослик луғати. –
Тошкент: Академнашр, 2010.
7. Internet materiallari: Postmodernizm,
jumladan,
http://iEssay.ru sayti.
Tayanch so‘z va iboralar:
Globalizm va
adabiyot, yangi izlanishlar adabiyoti, internet
adabiyoti, zamonaviy jahon adabiyoti
muammolari
haqidagi qarashlar, adabiyotning
kelajagi, zamonaviy adabiyot va tarjima
masalalari, sog‘lom adabiyot targ‘ibi.
4-mavzu:
JAHON ADABIYOTINING
ZAMONAVIY
MUAMMOLARI
RЕJA:
1.
Globalizm va adabiyot.
2. Adabiyotning kelajagi masalasi.
3. Internet adabiyoti.
4. Zamonaviy adabiyot va tarjima masalasi.
5. Yoshlar va sog‘lom adabiyot targ‘iboti.
77
Globalizm va adabiyot.
Texnikaning rivoji, umumiy
taraqqiyot, ilmiy kashfiyotlar bu davr adabiyotiga jiddiy
ta’sir ko‘rsatdi. XIX asrda Hindistonga inglizlar temir yo‘l
qura boshlaganida braxmanlar norozi bo‘lib, bu bizning
ruhiy-ma’naviy dunyomizga daxl qilishdir deya jon-jahd-
lari bilan qarshilik qilishgan edi. Shunga qaramay, dunyo-
da umumiy taraqqiyotni to‘xtatib bo‘lma(y)di. Dunyoning
holi ham shunga ko‘ra o‘zgardi. Olamni badiiy-estetik
qabul qilishda ham jiddiy evrilishlar yuz berdi. Yevropada
realizm, tanqidiy realizm o‘rniga modernizm, postmo-
dernizm kirib keldi. Nigohlar,
ispan esteti va faydasufi
O. Gasset aytmoqchi, 180 gradusga burildi. Voqealar tas-
viridan inson botini (ruhiyat)ning tasviri oldingi marraga
chiqdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan to shu kunlargacha
realizm, tanqidiy realizm, estetizm, modernizm, postmo-
dernizm oqimlari bir-birining o‘rnini olib, biri ikkinchisi-
ga xamirturish bo‘lib keldi. Natijada bugungi dunyoning
kayfiyatida ko‘pgina izmlarning nafasi seziladigan holga
keldi. Shunga qaramay, keyingi bir necha o‘n yilliklarda
jahonni o‘z domiga tortgan umumiy kayfiyatni «globa-
lizm» deb atash urfga kirdi. Globalizm adabiy oqim emas.
Lekin u adabiy oqimlarga jiddiy ta’sir qiladigan umum-
jahoniy «iqlim» bo‘lib, uning ta’sirida dunyo badiiy-es-
tetik tafakkur tarzida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar yuz
berdi, bermoqda.
Globalizm nima? Lotincha «globus», ya’ni shar so‘zi-
dan olingan bo‘lib, dunyo miqyosidagi iqtisodiy, siyosiy,
78
79
madaniy, diniy jihatdan o‘zaro ta’sirlashuv jarayonidir.
Unda dunyo xo‘jalik tizimi o‘zgarib boradi. Bozor mu-
nosabatlari, mehnat taqsimoti,
xalqaro aloqalar, mada-
niy munosabatlar, dunyoqarashlar o‘zaro integratsiyala-
shuv oqibatida jiddiy evrilishga yuz tutadi. Ayni damda,
siyosiy va iqtisodiy globallashuv farqlanadi. Tarixchilar
globalizm ni kapitalizmning bitta davri deb qarasa, kul-
turologlar madaniyatning sharqlashuvi oqibati deydi.
Manbalar aytadiki, bu so‘z ilk bor K. Marksning F. Engels-
ga yozgan xatida (1850-y.) uchraydi: «Endi dunyo bozori
haqiqatan ham bor. Kaliforniya va Yaponiyaning dunyo
bozoriga qo‘shilishi bilan globallashuv sodir bo‘ldi».
20
Globalizm o‘z domiga tortgan dunyoda adabiyot o‘z
«mahallasining kayfiyati»ni kuylab xotirjam bo‘lolmay-
di. O‘zbek shoiri: «Ikki daryo oralig‘ida, Qolib ketdi me-
ning ovozim» (Abdulla Oripov), – deb yozgan edi. Endi
insonni qiziqtiradigan, uning hayotiga ta’sir qiladigan
maydon ikki qutb o‘rtasidir.
Bugun shoir butun dun-
yo muammolarini kuylashga mahkum va majbur. Buni
u atay qilmaydi, balki tabiiy ravishda ado etadi. Bugun
dunyo siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ekologik, psixologik
jihatdan yaxlit arenaga aylanib ulgurgan. Natijada in-
son badiiy tafakkurida ham o‘zgarishlar sur’ati misli
ko‘rilmagan darajalarda tezlashmoqda. Adabiyotda-
gi «izm»lar ham shunga ko‘ra tez-tez yangilanib bor-
moqda. Chunki jamiyat kayfiyati yangilanmoqda. Jami-
yat kayfiyati esa adabiyot yangilanishini taqozo etadi.
Yangi lanish adabiyotning tarzini, yo‘nalishlarini o‘zgar-
tiradi, demakki, uning qarshisida
yangidan yangi mu-
ammolarni paydo qiladi.
20
Qarang: Internet materiallari. Globalizm.
Dostları ilə paylaş: