17. Rauf Parfi qaysi sheʼrida kiprigida suyuq hayajon, koʻzlarida yumaloq sevgi borligini mahorat bilan tasvirlaydi? Javob: «Yana qaytib keldim...» 18. «Yurak» sheʼrida nima “yorqin” deya atalgan?
Javob: Turkiston 19. «Yurak» sheʼrida kimning yoki nimaning «maskani sanda» deyilgan? Javob: Shodlikning va hasratning 20. Qaysi sheʼrida shoir jonlantirish, tashxis sanʼatlari orqali dalalarni insondek uxlatadi? Javob: «Yoz kechasi» Mustaqillik_davri_sheʼriyatidan_namunalar 1. Qaysi adib oʻz sheʼrida quyidagi jumlalarni xitob qiladi? «Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun Sevgan farzand boʻlsa, kechirma aslo». Javob: Abdulla Oripov 2. «Sirli olam toqiga ilk narvon» qoʻygan, «sheʼriyat mulkida shoh-u sulton» boʻlgan, dushmanlarga qarshi «koʻksi qalqon» vatanparvarlarni kuylagan shoir kim? Javob: Erkin Vohidov 3. «Bu dunyoga bir qoʻshiq, Berib ketgin, shoirim – Marhumlar uygʻonsinlar, Uxlolmasin tiriklar.» Ushbu misralar muallifi kim? Javob: Usmon Azim 4. Shekspirning «Hamlet» asarini kim asliyatdan tilimizga tarjima qilgan? Javob: Jamol Kamol 5. «Asr bilan vidolashuv» sheʼrining muallifi kim? Javob: Jamol Kamol 6. «Asr bilan vidolashuv» qanday sheʼriy shaklda yozilgan? Javob: musamman (sakkiz) 7. «Asr bilan vidolashuv» sheʼrida nima jahannam elchisi deya taʼriflangan? Javob: atom 8. Jamol Kamolning «Asr bilan vidolashuv» sheʼri necha boʻlimdan iborat? Javob: 9 boʻlim 9. «Asr bilan vidolashuv» sheʼrida yigirmanchi asrda kimlar boʻyinlariga zanjir, asorat solib, davron