Ixtisoslashtirilgan maktabning 2023-2024 o‘quv yili 9-sinf o‘quvchilarining fizika fanini o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun test, savol, masala va topshiriqlar varianti II chsb (fizika)



Yüklə 23,43 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü23,43 Kb.
#199739
9-sinf, ixtisos, 2-ChSB DEMO (fizika) (1)






Ixtisoslashtirilgan maktabning 2023-2024 o‘quv yili 9-sinf o‘quvchilarining fizika fanini o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun test, savol, masala va topshiriqlar varianti


II ChSB (fizika)


1. Rasmda qanday optik jihoz tasvirlangan?



(Bilish – 2,5 ball)
A) qavariq ko‘zgu
B) botiq linza
C) qavariq linza
D) botiq ko‘zgu


2. Rasmda ko‘zning qanday kasalligi tasvirlangan?
(Bilish – 2,5 ball)

A) astigmatizm
B) uzoqdan ko‘rarlik
C) yaqindan ko‘rarlik
D) rang ajrata olmaslik


3. Yig‘uvchi linzadan o‘tgan nurlar linzadan 10 cm masofada bitta nuqtaga yig‘ilsa, linzaning optik kuchi qanday (D)?
(Qo‘llash – 4,5 ball)
A) 5
B) 0,5
C) 10
D) 0,1
4. Quyida keltirilgan holatlardan qaysi birida haqiqiy tasvir hosil bo‘ladi?
(Bilish – 2,5 ball)

  1. Predmet botiq linzaning ikkilangan fokusida turibdi

  2. Predmet botiq linzaning fokusida turibdi

  3. Predmet qavariq linzaning ikkilangan fokusida turibdi

  4. Predmet qavariq linzaning fokusida turibdi


5. Rasmda I yorug‘lik nurining turli xil optik jihozlardan o‘tish yo‘li ko‘rsatilgan.

Nurning yo‘liga asoslanib, chizmadagi Z ning qanday optik jihoz ekanligini aniqlang.
(Qo‘llash – 4,5 ball)
A) yassi ko‘zgu
B) botiq linza
C) qavariq linza
D) botiq ko‘zgu


6. Ahmad ko‘zoynagini olib, kitobni ko‘zidan 20 cm uzoqlikda o‘qiydi. Ko‘zoynakning optik kuchini (D) toping.
(Qo‘llash – 4,5 ball)

  1. –1,5

  2. –2

  3. 2

  4. –1



7. Optik kuchi 2 D bo‘lgan linzada buyumning 3 marta kattalashgan haqiqiy tasviri hosil qilinayotgan bo‘lsa, linzadan tasvirgacha bo‘lgan masofa necha metr?
(Qo‘llash – 4,5 ball)
A) 1
B) 2
C) 3
D) 4


8. Fokus masofasi 10 cm bo‘lgan yig‘uvchi linzadan 5 cm masofaga buyum joylashtirildi. Buyum va uning tasviri orasidagi masofani (cm) toping.
(Qo‘llash – 4,5 ball)

  1. 8

  2. 15

  3. 10

  4. 5



9. Egrilik radiuslari R1 va 60 cm bo‘lgan ikki tomonlama qavariq linzaning vakuumdagi fokus masofasi 7,5 cm ga teng. Linza materialining absolyut sindirish ko‘rsatkichi 3 ga teng bo‘lsa, R1 ning qiymatini (cm) toping.
(Qo‘llash – 4,5 ball)

  1. 20

  2. 60

  3. 30

  4. 10



10. Rasmda suv ichiga joylashtirilgan havo linzalari ko‘rsatilgan.



Suv

Havo linzalari

Ushbu holatda linzalardan qaysilari yig‘uvchi bo‘lishini aniqlang.


(Mulohaza – 5,5 ball)

  1. hech qaysisi

  2. barchasi

  3. 1, 3, 5

  4. 2, 4, 6


Yüklə 23,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin