Ixtiofauna xilma-xilligi va uni saqlash reja: Ixtiofauna saqlash turlari


Qisqichbaqasimonlarning xilma-xilligi va ahamiyati



Yüklə 66,91 Kb.
səhifə4/9
tarix07.01.2024
ölçüsü66,91 Kb.
#208177
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ixtiofauna xilma-xilligi va uni saqlash reja Ixtiofauna saqlash-fayllar.org

Qisqichbaqasimonlarning xilma-xilligi va ahamiyati.
Qisqichbaqasimonlarning 30 000 dan ortiq turi ma’lum. Ularning ko‘pchili-gi dengiz va okeanlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda hayot kechiradi. Suvda muallaq yashovchi mayda qisqich baqasimonlar plankton deyiladi. Chuchuk suvlarda plankton qisqichbaqasimonlardan dafniya va siklop ko‘p uchraydi (38-rasm). Ular baliqchilik xo‘jaliklarida va akvariumda baliq boqish uchun maxsus ko‘paytiriladi.Ko‘pchilik dengiz qisqichbaqasimonlari (krablar, omarlar, langustlar, krevetkalar) go‘shti uchun ovlanadi. Qisqichbaqasimonlar baliqlar, tishsiz kitlar va boshqa dengiz hayvonlarining asosiy ozig‘i hisoblanadi. Qisqichbaqasimonlarning ayrim vakillari quruqlikda yashashga moslashgan. O‘zbekistonning cho‘l mintaqalarida zaxkash (eshak qurt) keng tarqalgan. Ular tuproqda in qurishi va o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanishi tufayli tuproqni yumshatib, uni chirindi moddalarga boyitadi.
O‘rgimchaksimonlar haqiqiy quruqlikda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar. Og‘iz organi 2 juft. O‘pka yoki traxeya orqali nafas oladi. Ayrim jinsli harakat organlari 4 juft. O‘rgimchaksimonlar sinfi o‘rgimchaklar, falangalar, chayonlar, kanalar turkumlariga ajratiladi.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Butli o‘rgimchak o‘tlar va butalar orasiga qurgan to‘ri ustida hayot kechiradi. Qalin o‘t-o‘lanlar bilan qoplangan daryo va soylar bo‘yida uning to‘rini ko‘p uchratish mumkin. Butli o‘rgimchakning tanasi kichik boshko‘krak va dumaloq shakldagi silliq qoringa bo‘linadi (39-rasm). Boshko‘krakning ustki tomonida to‘rt juft oddiy ko‘zchasi, oldingi uchida bo‘g‘imlarga bo‘lingan ikki juft og‘iz organlari joylashgan.Og‘iz organlarining birinchi jufti ustki jag‘lar hisob lanadi. Ustki jag‘larning birinchi bo‘g‘imi harakatchan tirnoqsimon o‘simtadan iborat bo‘lib, o‘ljasi tanasini teshish uchun xizmat qiladi. Jag‘larning asosida zahar bezlari joylashgan. Jag‘lar sanchilganida zahar tirnoqlar ichidagi naycha orqali o‘ljasi tanasiga tushadi va uni o‘ldiradi. O‘rgimchaklarning ikkinchi juft og‘iz organlari oyoq paypaslagichlar deb ataladi. Ular mayda sezgir tukchalar bilan qoplangan bo‘lib, tuyg‘u organi hisoblanadi. Paypaslagichlarning asosiy bo‘g‘imlari pastki jag‘lar vazifasini bajaradi. Butli o‘rgimchakning oyoq paypaslagichlari yurish oyoqlariga nisbatan birmuncha kalta. Boshko‘krakda uzun va ingichka 4 juft yurish oyoqlari ham joylashgan. Qorin bo‘limining hamma bo‘g‘imlari qo‘shilib ketgan. Qornining orqa tomonida butsimon oqish dog‘i bo‘ladi. Shuning uchun unga butli o‘rgimchak nomi berilgan. Qorin bo‘limining keyingi uchida uch juft o‘rgimchak so‘gallari (bezlar) bo‘lib, ularga o‘rgimchak bezlarining yo‘llari ochiladi.

Yüklə 66,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin