Ix-xii asrlarda o’zbek davlatchiligi: siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot



Yüklə 343,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix29.04.2023
ölçüsü343,49 Kb.
#104861
  1   2   3   4   5   6   7   8
JlzsAzKqagwTns7AquQ1scFCNLgxcYRhhxugd7hk



IX-XII ASRLARDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI: 
SIYOSIY, 
IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT 
1. Tohiriylar va Somoniylar 
2. Qoraxoniylar 
3. G’aznaviylar 
4. Saljuqiylar 


Tohiriylar va Somoniylar 
 
Arablarning O’rta Osiyo hududlaridagi deyarli bir yarim asrlik hukmronlik davri 
bu hududning erksevar xalqlarining o’z eli, Vatanining mustaqilligi yo’lidagi 
jo’shqin kurashini, intilishini so’ndira olmadi. Darhaqiqat, IX asr boshlariga kelib 
Arab xalifaligida yuzaga kelgan bo’hronli vaziyat, siyosiy tanglik, Xuroson va 
Movarounnahrda kechayotgan ziddiyatli jarayonlar, eng muhimi, bu hududda yuz 
bergan Rofe ibn Lays qo’zg’oloni (806-810) mazkur o’lka xalqlari uchun xalifalik 
tobeligidan qutilish, yurt mustaqilligini qo’lga kiritish yo’lida qulay imkoniyatlarni 
vujudga keltirgandi. Xususan, mashhur xalifa Xorun ar-Rashid (786-809) vafotidan 
so’ng xalifalik taxtini egallash uchun uning o’g’illari – Amin va Ma’mun o’rtasida 
qizg’in kurash boshlangan edi. Bir necha yilga cho’zilgan bu siyosiy mojaro nafaqat 
xalifalik markazini tang ahvolga solib qolmasdan, balki unga tobe bo’lgan 
hududlardagi voqealar rivojiga ham sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Ma’mun katta qo’shin 
tuzib, unga Xurosonlik Tohir ibn Husaynni boshliq etib tayinladi. Rey yaqinidagi 
jangda Tohir ibn Husayn al-Amin qo’shinini engadi va Bag’dodga yurish boshlaydi. 
Tohir 813 yilda yana g’olib kelib Bag’dodni ham qo’lga kiritadi. Ma’mun halifalik 
taxtiga ko’tariladi. Lekin u 819 yilga qadar Bag’dodga bormay Marvdan turib 
hokimiyatni boshqaradi. Uning buyrug’i bilan Tohir ibn Husayn Iroq hokimiyati va 
Bag’dod harbiy garnizoni boshlig’i bo’ladi (819 yilga qadar). Ma’mun 
Marvdagidayoq olimlar guruhini o’z atrofiga to’plagan edi. U 819 yilda Bag’dodga 
borar ekan, u erda Baytul hikmat (fanlar akademiyasi)ga asos soladi. Demak, bu fan 
maskanining negizini avvalo, Turkistonlik olimlar tashkil etganlar. 


IX asr o’rtalariga kelib Ahmad va uning katta o’g’li Nasr Somoniylar
Movarounnahrning ko’pchilik hududlarini birlashtirishga muvaffaq bo’ldilar. Nasr 

Yüklə 343,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin