Iv-bob hayot faoliyati xafsizligi. Ekologiya favqulodda vaziyatlar sharoitida xfx


Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish



Yüklə 34,04 Kb.
səhifə5/5
tarix24.10.2022
ölçüsü34,04 Kb.
#66073
1   2   3   4   5
Nomozov Jaloliddin 218-18

3. Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish.
Yer sayyorasi va uning o`ziga xos tabiati insoniyatning umumiy yashash makoni, yagona uyi hamda yashyash vositasi hisoblanadi. Shuning uchun yuz berayotgan ekologik tangliklarni bartaraf etish yer yuzidagi barcha xalqlar va davlatlarning umuminsoniy vazifasidir. Sayyoramizda Xalqaro ekologik hamkorlikning zarurligi quyidagi hollar bilan belgilanadi:

  • Yer sayyorasi va uning o`ziga xos tabiatini insonga ma’lum bo`lgan olamda yagona ekanligi;

  • Yer tabiati va biosfera yaxlit tizim sifatida mavjud bo`lib inson va jamiyat uning tarkibiy qismi ekanligi;

  • Insoniyatning barcha ishlab chiqarish faoliyatini moddiy negizi tabiat ekanligi;

  • Tabiatdagi salbiy o`zgarishlar va atrof-muhitga antropogen ta’sir ko`lami jihatidan butun sayyoraga tazyiq ko`rsatuvchi jarayonlar ekanligi;

  • Hozirda yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etishga ko`p hollarda bir yoki bir nechta davlatlaning imkoniyatlari yetarli emasligi;

  • Barcha insoniyatning birgalikdagi harakati sayyoramizdagi ekologik vaziyatni yaxshilashning eng maqbul yo`li ekanligi.

Xalqaro ekologik hamkorlik (XEH) deyilganda – yer yuzidagi barcha mamlakat xalqlar tomonidan tabiat muhofazasiga doir xalqaro kelishuv-shartnoma, konvensiyalar tuzish, xalqaro ekologik me’yorlani ishlab chiqish va ularga rioya etilishini hamkorlikda nazorat qilish, umumsayyoraviy va hududiy ekologik muammolarni birgalikda hal etish, ilmiy tadqiqotlar va turli xalqaro anjumanlar o`tkazish kabi keng ko`lamli chora-tadbirlar kompleksi tushuniladi. XEH quyidagi tamoyillarga asoslangan bo`lishi lozim:

  • Sayyoramizdagi har bir inson sog`lom ekologik sharoitlarda yashash huquqiga ega ekanligi;

  • Har bir mamlakat atrof-muhit va tabiiy resurslardan o`z fuqarolarri manfaatlari yo`lida foydalanish huquqiga ekan ekanligi;

  • Bir davlatning ekologik muvaffaqiyati boshqa davlatlar hisobiga bo`lmasligi yoki ularning manfaatlariga zid bo`lishiga yo`l qo`ymaslik;

  • Har bir davlat hududidagi ishlab chiqarish faoliyati shu davlatdagi va undan tashqaridagi tabiiy muhitga zarar yetkazmasligini ta’minlash;

  • Ekologik oqibatlarni bashorat qilib bo`lmaydigan har qanday xo`jalik va boshqa turdagi faoliyatlarni amalga oshirilishiga yo`l qo`ymaslik;

  • Tan olingan xalqaro me’yorlar va andozalar asosida atrof-muhit, tabiiy resurslar va ulardagi o`zgarishlar ustidan nazorat o`rnatish;

  • Atrof-muhit muammolari bilan bog`liq barcha kelishmovchiliklarni tinchlik yo`li bilan hal etish.

Hozirgi paytda XEH asosan ikki xil shaklda namoyon bo`lmoqda:

  1. Atrof-muhit muhofasasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ikki yoki ko`p tomonlama davlatlararo bitim, shartnoma va konvensiyalar tuzish.

  2. Turli xalqaro tabiatni muhofaza qiluvchi uyushma, komissiya va tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish.

Xalqaro ekologik hamkorlik umumbashariy qadriyatlarning muhim tarkibiy qismi sifatida so`nggi yuz yildan ko`proq vaqtdan beri shakllanib, takomillashib bormoqda. Uning dastlabki ko`rinishlari XIX asr oxirlaridan boshlab hayvonotlardan foydalanishni tartibga solishga qaratilgan davlatlardan foydalanishni tartibga solishga qaratilgan davlarlararo harakat tarzida namoyon bo`la boshladi.1945-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil etilishi munosabati bilan ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik ushbu xalqaro tashkilot faoliyatining muhim tarkibiy qismi sifatida rivojlana boshlandi. BMT xalqaro ekologik hamkorlikni yanada taraqqiy ettirish yo`lida ko`p ishlarni amalga oshirdi. Hozirda BMTning mavjud 14 ta ixtisoslashgan tashkilotlardan 6 tasi atrof-muhit muhofazasiga aloqador masalalar bilan shug`ullanadi. Jumladan, YuNESKO-ta’lim, fan va madaniat masalalari bilan shug`ullanuvchi tashkilot faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri atrof-muhit muhofazasi sohasida maorif va kadrlar tayyorlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo`yicha ijobiy tajribalarni ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlar o`tkazishga qaratilgan.

  • FAO– oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi bo`yicha tashkilot. U yer, suv, o`simlik va hayvonlardan kompleks foydalanish, ularning unumdorligini oshirish muammolari bilan shug`ullanadi.

  • VOZ- xalqaro sog`likni saqlash tashkiloti. Atrof-muhitni muhofazasining sanitary-gigiyenik masalalari bilan shug`ullanadi.

  • VMO- xalqaro meteorologik tashkilot. Iqlimdagi umumsayyoraviy o`zgarishlar bilan shug`ullanadi.

  • IMKO- dengizlar bo`yicha davlarlararo maslahat tashkiloti. Bu tashkilot dunyo dengiz va okeanlaridan foydalanishning ekologik jihatlari bilan shug`ullanadi.

Yuqoridagilardan tashqari, BMTning ijtimoiy va iqtisodiy masalalar bilan shug`ullanuvchi kengashi EKOSOS faoliyatida ham atrof-muhit muhofazasiga jiddiy e’tibor beriladi. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" nomli asarida "Eng murakkab savollardan biri shuki, bizdagi barqarorlik va xavfsizlik yo’lida tahdid bo’lib turgan muammolarni anglab yetayapmizmi? Xavfsizlikka tahdid solib turgan muammolarga nimani qarshi qo’ya olamiz? Biz istiqomat qilayotgan mintaqada jo’g’rofiy-siyosiy muvozanat saqlanishiga nimalar kafolat bo’la oladi? Xavfsizlikni qanday saqlab qolish mumkin?” degan savollar qo’yilgan. Xavfsizlik nima? L.Yu.Xotunsevning fikricha- alohida shaxs, jamiyat va tabiat obyektlarini kuchli darajadagi xavf-xatardan himoyalanganlik darajasi bo’lib, uning asosiy mezoni kelajakda yoki hozirda sodir bo’luvchi tabiiy yoki ijtimoiy xatardan qarshi chiquvchi qo’rquv hissidir. Lekin bugungi kunda xavfsizlik keng ma’noli tushuncha bo’lib. Birinchidan, u nafaqat inson, jamiyat va davlat, balki tabiat va uning elementlari nuqatayi nazardan ham qaralishi mumkin. Chunki ekologiya nafaqat insonlar, balki barcha tirik organizmlar o’rtasidagi va ularni atrof muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o’rganadi. Ikkinchidan, xavfsizlik nafaqat texnogen yoki tabiiy favqulotda holatlar va jarayonlardan organizmlarning saqlanganlik darajasi, balki u ko’zga ko’rinmas hamda bilvosita ta’sir etuvchi hodisalar orqali ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, issiqxona samarasi tufayli iqlimning sekin isib borishi va uni natijasida cho’llashish jarayonini yuzaga kelishi. Oqibatda cho’llangan yerlarda o’simlik va hayvonot dunyosining tur va xillari kamayishi, ya’ni biologik xilma-xillikning degradatsiyalashuvi va insoniyat uchun noqulay ekologik sharoitlarni yuzaga kelishi. Ha, bu eko xavfga kiradi, lekin u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy ta’sirga ham ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun ,,xavfsizlik” tushunchasi ma’lum bir fanga yoki tarmoqqa tegishli emas. ‘Stokgolm deklaratsiyasi’ da atrof-muhitni milliy, regional va xalqaro miqyosida muhofaza qilishning 26 prinsipi ko’rsatildi. ‘Tadbirlar rejasi’ 109 banddan iborat bo’lib, unda davlat va xalqaro hamjamiyat o’rtasida atrof-muhit muhofazasining tashkiliy, siyosiy, iqtisodiy masalalariga e’tibor berilgan. Stokgolm konferensiyasi tavsiyasiga ko’ra BMTning Bosh Assambleyasi Xalqaro atrof-muhitni muhaofaza qilish dasturi- YUNEP ni tuzdi, uning qarorgohi Keniya poytaxti Nayrobida joylashgan. Konferensiyaning ochilish kuni (5-iyun) har yili Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanadigan bo’ldi. Konferensiya qarori bilan Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish jamg’armasi tuzildi. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi-bir me’yorda rivojlangan davlatlar va butun jahon hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarkibiy qarashlar tizimidir. Ekologik muammolar biror davlat faoliyatiga bevosita bog’liq emasligini Orol va Orolbo’yi muammosi misolida ko’rish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov BMTning 48, 50,55-sessiyalarida ushbu muammo nafaqat O’rta Osiyo davlatlarinig, balki butun dunyo hamjamiyatining muammosi ekanligini aytgandi, chunki Orol muammosi dunyo ekologik holatini yanada keskinlashtirishi mumkin. BMTning Rio-de-Janeyrodagi konferensiyasida qabul qilingan "Atrof-muhit muhofazasi va rivojlanishiga doir deklaratsiya"da - "Inson haqida g’amxo’rlik- barqaror rivojlanish faoliyatini ta’minlashning markaziy bo’g’inidir. Odamlar sog’lom yashash va tabiat bilan uyg’unlashish orqali unumli mehnat qilish huquqiga egadirlar", - deb aytilgan edi. Yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasida inson va tabiatning uyg’unlikda rivojlanishi uchun quyidagi asosiy qoidalar nazarda tutilgan:

  • davlatlarning tabiiy resurslardan foydalanishdagi suveren huquqi boshqa davlatlar atrof-muhitiga zarar qilmasligi kerak.

  • davlatlar yoki alohida transcontinental kompaniyalarning rivojlanish huquqi hozirgi va kelajak avlodning atrof-muhit muhofazasi sohasidagi ehtiyojlarini adekvat darajada qondirishi kerak.

  • barqaror rivojlanishda atrof-muhit muhofazasi taraqqiyot jarayonining bir qismi hisoblanadi va undan ajralgan holda muhokama qilinmasligi kerak.

  • rivojlanayotgan va o’tish davri iqtisodiyotida turgan davlatlarda ekologik muammolarni birlamchi masalalar turkumiga kiritish lozim, shu uchun ham ularda tabiiy resurslarni konservatsiya qiluvchi (saqlovchi) xo’jalik tarmoqlarini rivojlantirish kerak.

  • har bir davlat atrof-muhit holati uchun javobgar.

  • tabiiy xomashyolarni qazib olish, ishlab chiqarish va qayta ishlash ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi va bu jarayonda ilg’or texnologiyalardan foydalanish kerak.

Barqaror rivojlanish konsepsiyasi yuqorida keltirilgan atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan prinsiplarni amalga oshirish tufayli, xalqaro hamjamiyatning hamkorligiga va bir maromda rivojlanishiga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, barqaror rivojlanish – kelajak avlod ulushini saqlagan holda hozirgi zamon kishisini ekologik xavfsiz, iqtisodiy ta’minlangan va ijtimoiy muhofazalangan munosib hayot tarizini ta’minovchi jarayon hisoblanadi.
Yüklə 34,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin