Iv-bob hayot faoliyati xafsizligi. Ekologiya favqulodda vaziyatlar sharoitida xfx



Yüklə 34,04 Kb.
səhifə1/5
tarix24.10.2022
ölçüsü34,04 Kb.
#66073
  1   2   3   4   5
Nomozov Jaloliddin 218-18


IV-BOB HAYOT FAOLIYATI XAFSIZLIGI. EKOLOGIYA

  1. Favqulodda vaziyatlar sharoitida XFX.


Favqulodda vaziyatlarda aholini himoya qilishning asosiy usullari.
Tinchlik va urush vaqtlarida favqulotdagi vaziyatlarda aholini muhofaza qilish fuqaro muhofazasining asosiy vazifalaridan biridir.
Tinchlik vaqtida favqulotdagi vaziyatlarda aholini muhofaza qilishning asosiy yunalishlari quyidagicha:
1. Aholini favqulotdagi vaziyat boshlanishi yoki boshlanganligi haqida xabardor qilish.
2. Aholini favqulotda vaziyat sodir bo‘lgan joylardan boshqa xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish.
3. Aholini fuqaro muhofazasini muhofaza qilish joylariga ko‘chirish (berkitish).
Urush vaqtida aholini favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy yunalishlari quyidagicha:
1. Aholini fuqaro muhofazasining muhofaza qilish joylariga berkitish.
2. Aholini evakuatsiya qilish, ishchi va xizmatchilarni va ularning oilalarini birinchi kategoriya obektlaridan, shahardan tashqarida joylashgan, xavfsiz zonalarga va shahar tashqarisidagi hududlarga ko‘chirish.
3. Aholi tomonidan shaxsiy individual himoya vositalarini nafas olish va terini himoya qilish uchun ishlatladigan anjomlardan, medik vositalardan foydalanish.
Radioaktiv zararlanish va kimyoviy zaharlanish paytidagi chora tadbirlar.
1. SHaxsiy himoya vositalaridan foydalanish.
2.Fuqaro muhofazasining muhofaza qurilmalarida berkinish va eng oddiy joylarda berkinish.
3. Zaharlangan joylarda bo‘lganda belgilangan rejimlarga rioya qilish.
4. Zaharlangan joylardan zaharlanmagan joylarga evakuatsiya qilish.
5. Tibbiyot vositalarni ishlatishni qo‘llash.
6. To‘la va qisman sanitar tadbirlarini olib borish.
Suv bosgan joylarda aholini muhofaza qilish.


  1. Aholini asosan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish;

2. Suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlarda yashovchi aholini oldindan ogohlantirish, sodir bo‘lgan taqdirda qanday choralarni ko‘rishni oldindan tushintirish;
3. Tezkor evakuatsiya zarur bo‘lmagan vaqtda balandroq joylarga chiqib olish, keyinchalik esa xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish.

Aholini muhofaza qilishda fuqaro muhofazasi muhandislik xizmati, ishchilar, korxona ishchilari quyidaga ishlarni o‘tkazishlari kerak:


1. Fuqaro muhofazasi muhofaza qilish joylarini qurish, shuningdeq er osti qurilmalarini ta’mirlash (er to‘lalarni, er osti o‘tish joylarini).
2. Qutqarish ishlarida ishtirok etish va boshqa ishlarni bajarish, imoratlarni tiklash, fuqaro muhofazasi qurilmalarini va muhandislik qurilmalarini tiklash.
Yong‘inlar bilan kurashish.
Yong‘in, bu- kuchli issiqlik natijasida moddiy va ma’naviy boyliklarni bir necha daqiqada yo‘q qiluvchi, atrof-muhitni izdan chiqaruvchi favqulodda vaziyatdir. Yong‘in uy sharoitida nazorat qilinishi mumkin bo‘lgan dastlabki daqiqadan uch daqiqagacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada kuchayadi.
Yonginlarga qarshi kurash asosan yong‘inga qarshi kurashadigan xizmatchilarga zimmasiga yuklatilgan, ular zamonaviy texnika bilan ta’minlangandirlar. Yong‘inlarga qarshi kurashishni takomillashtirish uchun yong‘inga qarshi muhofazani rejalashtirib borish va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazib turish zarur. Fuqaro muhofazasida butun aholini yong‘inga qarshi kurashishgi o‘rgatish kerak, kerakli moslamalarni saqlash lozim. Elektr asbob-uskunalar, apparatlar, isitgichlar va isitish anjomlarini yong‘inga qarshi moslanganligi maqsadga muvofiqdir.


Aholini ko‘chirishni tashkil etish va o‘tkazish.
Aholini ko‘chirish - bu tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar zonalarida va ular yuzaga kelish ehtimoli bor zonalardan aholini transportda (piyoda) tashkiliy olib chiqish hamda uni oldindan (FV manbalarining shikastlovchi omillarining ta’sir zonalaridan tashqarida) tayyorlab quyilgan xavfsiz joylarga qisqa muddatli joylashtirish tadbirlari majmuidir.
Ko‘chirish tadbirlarini o‘tkazish xususiyatlari quyidagilarga qarab belgilanadi:

  • Favqulodda vaziyatlar manbaining tavsifi (tusi);

  • Favqulodda vaziyatlar manbai ta’sir ko‘rsatishining makon-vaqt (tavsiflari);

  • Transportda (piyoda) olib chiqiladigan aholining soni va qamrab olinishi;

  • Aholini ko‘chirish tadbirlarining o‘tkazilish vaqti va qanchaliq shoshilinchligi;

Qachonki ko‘chirilishi kerak bo‘lgan aholining hammasi favqulodda vaziyatlar manbaining shikastlovchi omillari ta’sir zonasi chegarasidan tashqariga transportda (piyoda) olib chiqib bo‘linsa, shundagina aholini ko‘chirish tugallangan hisoblanadi. O‘tkazilish vaqti va muddatiga qarab, aholini ko‘chirishning 2 turi (varianti) mavjud:

  1. Oldindan o‘tkaziladigan ko‘chirishlar.

  2. Shoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) ko‘chirishlar.

Oldindan o‘tkaziladigan ko‘chirishlar favqulodda vaziyatlar (potensial xavfli ob’ekglardagi falokatlar yoki tabiiy ofatlar) yuzaga kelish ehtimoli yuqori darajada ekanligi haqida ishonchli ma’lumot olinganda o‘tkaziladi. Bunga bir necha o‘n daqiqadan bir necha sutkagacha davr ichida favqulodda vaziyat sodir bo‘lishi mumkinligi haqidagi qisqa muddatli ishonchli oldindan taxminlash asos hisoblanadi. Bu taxminga shu muddat mobaynida aniqlik kiritilishi mumkin.


Shoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) ko‘chirishlar odamlarning hayoti va salomatligiga xavf tug‘iladigan darajada texnogen yoki tabiiy tusdagi favqulodda vaziyat yuzaga kelgan, aholining risoladdagidek kun kechirishi buzilgan taqdirda o‘tkaziladi.
Favqulodda vaziyat rivojlana borishi va favqulodda vaziyat zonasidan olib chiqiladigan aholi soniga qarab, ko‘chirishning 3 xil (variant) bo‘ladi:

  1. Cheklangan ko‘chirishlar.

  2. Mahalliy ko‘chirishlar.

3. Mintaqaviy ko‘chirishlar.

Cheklangan ko‘chirishlar. Favqulodda vaziyat manbai shikast omillarining ehtimol bo‘lgan ta’sir zonasi shahar, kichik tuman yoki qishloq aholi punkti chegarasi ichidan chiqmay, ko‘chiriladigan aholi soni bir necha ming kishidan oshmagan taqdirda o‘tkaziladi. Bunday holda ko‘chirilgan aholi, odatda, favqulodda vaziyat zonasiga tutash aholi punktlariga yoki shaharning shikastlanmagan tumanlariga (FV manbaining shikastlovchi omillari ta’sir zonasidan tashqarida) joylashtiriladi.


Mahalliy ko‘chirishlar o‘rtacha kattalikdagi shaharlar, yirik shaharlarning alohida tumanlari, qishloq tumanlari favqulodda vaziyat zonasiga tushib qolgan hollarda o‘tkaziladi. Bunda ko‘chiriladigan aholining soni bir necha mingdan o‘nlab ming kishigacha etishi mumkin bo‘lib, ular, odatda, favqulodda vaziyatlar zonasi bilan yondosh xavfsiz joylarga joylashtiriladi.
Mintaqaviy ko‘chirishlar shikastlovchi omillar anchagina keng moydonga yoyilib, yirik shaharlarni ham o‘z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta yoki bir necha mintaqa hududini qamrab olganda amalga oshiriladi. Mintaqaviy evakuatsiyada favqulodda vaziyat zonasidan transportda (piyoda) olib chiqiladigan aholi domiy yashab turgan joylaridan anchagina uzoqqa ko‘chirilishi mumkin.
Favqulodda vaziyat zonasiga tushib qolgan aholining qanchasi ko‘chirish tadbirlari bilan qamrab olinganiga qarab, ko‘chirishning ikki turi (varianti) bo‘lishi mumkin:
1. Yalpi ko‘chirish.
2. Qisman ko‘chirish,

Yalpi ko‘chirish favqulodda vaziyat zonasidan hamma toifa aholi olib chiqilishini nazarda tutadi.


Qisman ko‘chirish favqulodda vaziyat zonasidan mehnatga layoqati bo‘lmagan aholi, maktabgacha yoshdaga bolalar, maktab, hunar-texniqa bilim yurtlari o‘qituvchilari olib chiqilishi zarur bo‘lganda o‘tkaziladi.
Aholini ko‘chirishning ko‘rsatilgan variantlari xavfning yoyilish ko‘lami va tavsifiga, uning amalga oshishining oldindan taxmini qanchalik ishonchliligiga, shuningdek favqulodda vaziyatlar manbai shikastlovchi omillarining ta’sir zonasidagi ishlab chiqarish ob’ektlaridan xo‘jaliqda foydalanish istiqboliga qarab tanlanadi. Odamlar hayoti va salomatligiga xavf borligi aholini ko‘chirish haqida qarorga kelish uchun asos hisoblanadi.
Aholini ko‘chirish haqida qarorga kelish huquqi O‘zbekiston Respublikasi sub’ektlarining hududida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan yoki favqulodda vaziyatlar xavfi oldindan taxmin qilinayotgan ijroiya hokimiyat idoralarining mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlarining rahbarlarida (fuqaro muhofazasi boshliqlarida) bo‘ladi. Favqulodda vaziyatlarlarning tarqalish chegarasiga, ko‘lamiga va ko‘chirishning qanchalik shoshilinchligi talablariga qarab mahalliy yoki mintaqaviy xarakterga ega bo‘ladi. SHoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) yoki oldindan o‘tkaziladigan ko‘chirish tegishli fuqaro muhofazasi boshliqlarining ko‘rsatmalari (farmoyishlari)ga binoan amalga oshiriladi.
Kechiktirmay qarorga kelish talab qilinadigan hollarda cheklangan xarakterdagi shoshilinch ko‘chirish potensial xavfli ob’ektning navbatchi yuriqchilik xizmati boshlig‘ining ko‘rsatmasi (farmoyishi)ga binoan o‘tkazilishi mumkin. Boshqaruvning hududiy, idoraviy, ob’ekt idoralari fuqaro muhofazasi boshliqlari (favqulodda vaziyatlar hay’atlari) ko‘chirishga umumiy rahbarliq qiladi.
Aholini ko‘chirish tadbirlarini bevosita tashkil etish va o‘tkazishga esa viloyat, shahar, tumanlar ma’muriyati va iqgisodiyot ob’ekti boshqaruv organlari tashkil etadigan aholini ko‘chirish tashkilotlari rahbarlik qiladi. Aholini ko‘chirish tadbirlarini yaxshilab o‘ylab rejalashtirishni hamda transportni, yo‘llarni, ko‘chirish tashkilotlarining ko‘chiriladigan aholi boradigan xavfsiz joylarni oldindan tayerlab qo‘yishini, shuningdek aholining fuqaro muhofazasi sohasida har tomonlama tayergarlik ko‘rishini talab qiladi. Bunday tayyorgarlikni ijroiya hokimiyati idoralarining va iqtisodiyot ob’ektlari boshqaruv tashkilotlarining fuqaro muhofazasi boshlig‘i bo‘lgan rahbarlari tashkil etadi va o‘tkazadi.
Aholini evakuatsiya qilish ishlab chiqarish-hududiy va hududiy tamoyillari asosida rejalashtiriladi, tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish-hududiy tamoyili favqulodda vaziyatlar zonalaridan ishchilar, xizmatchilar, studentlar, o‘quvchilarni, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, o‘quv yurtlari bo‘yicha, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish soxasida ishlamaydigan boshqa aholini esa turar joydan foydalanish organlari orqali turar joylari bo‘yicha transportda (piyoda) olib chiqishni nazarda tutadi.
Muayyan hollarda evakuatsiya hududiy tamoyilda, ya’ni aholini ko‘chirish e’lon qilingan paytda bevosita aholi yashab turgan joyidan amalga oshirilishi mumkin.

Yüklə 34,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin