38
musulmonlar huquq manbalariga emas, ul zotning o‘zlariga murojaat
qilardilar. Huquqiy muammolarni yechishda hech qanday qiyinchiliklar
bo‘lmagan, chunki payg‘ambar (s.a.v.)ning o‘zi yuzaga kelgan
muammolarni vahiy yoki o‘z hukmlari, ijtihodlari orqali hal qilgan1.
Payg‘ambar vafotidan so‘ng, ummaviylar sulolasi hukmronligi davrida
islom dini ancha yangi-yangi sarhadlarga yoyilgan. Ilgari boshqa dinlarga
e’tiqod qiluvchi minglab kishilar islom dinini qabul qilganlar. Tabiiyki,
ularning millatlari turlicha bo‘lgani kabi, urf-odatlari, dinga
munosabatlari, huquqiy qarashlari va an’analari ham turlicha edi. Ularga
islom dinini mukammal, sof holda targ‘ib va talqin qilish uchun o‘sha
davrda Qur’onni yod bilgan, undagi ilmlardan to‘lig‘icha xabardor
bo‘lgan, minglab hadislarni esda saqlagan mashhur sahoba yoki tobeinlar
safarbar etilganlar 2. Xuddi shu davrda musulmon huquqining manba-
larini shakllantirish va tizimga solishning zarurati yuzaga kelgan.
Musulmonlarning Qur’oni karimda ifodasini topmagan turli huquqiy
muammolarini yechishda, ikkinchi manba bo‘lgan sunnaga murojaat
qilishni o‘rganish va tizimga solishga ham zarurat kuchaygan. Sunna
tarkiban uchta: qavliy, fe’liy, taqririy qismdan iborat.
Qavliy sunna – Muhammad (s.a.v.)ning so‘zlari bo‘lib, uning biror
voqea-hodisaga munosabati ifodalanadi.
Fe’liy sunna – Muhammad (s.a.v.)ning biror narsani ma’lum qilish
uchun bajargan xatti-harakatlaridir.
Taqririy sunna – Muhammad (s.a.v.)ning huzurida biror ish qilinsa
yoki birovning biror ish qilgani haqida aytilsa, payg‘ambarning bunga
e’tiroz bildirmaganidir 3.
Dostları ilə paylaş: