часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
ноябрь
, 2022
г
897
Elektron hisoblash vositalari bilan birga Matematika tatbiqlarining kengayishi (biometriya,
sotsiometriya, ekonometrika, psixometriya va boshqalar), matematik usullar hayotining
turli sohalariga jadal surʼatlar bilan kirib borayotgani ham Matematika predmetini ixcham
taʼrif bilan qamrab boʻlmaydigan darajada kengaytirib yubordi. Demak, Matematika
aksiomatik nazariyalar va matematik modellarni, ular orasidagi munosabatlarni
oʻrganadigan, xulosalari qatʼiy mantiqiy mushohadalar orqali asoslanadigan fandir.
Dastlab oddiy sanoq sonlar va ular ustidagi arifmetik amallardan boshlangan tematik
bilimlar umuminsoniy taraqqiyot bilan birga kengayib va chuqurlashib borgan. Eng
qadimgi yozma manbalardayoq (masalan, matematik papiruslar) kayerlar ustida amallar
va chiziqli tenglamalarni yechishga doir misollar uchraydi. Sugʻorma dehqonchilik,
meʼmorlikning rivojlanishi, astronomik kuzatuvlarning ahamiyati ortishi geometriyaga oid
dalillar jamgʻarilishiga olib kelgan. Masalan, Qadimgi Misrda tomonlari 3, 4 va 5 birlik
boʻlgan uchburchak toʻgʻri burchakli bulishidan foydalanilgan. Bu davr Matematikasining
oliy yutuqlarini muntazam toʻrtburchakli kesik piramida hajmini hisoblash qoidasi (hozirgi
yozuvda V— (a2 + ab + b2) L/3 formulaga mos keladi) va l= (16/9)2 taqribiy qiymatini
misollarida koʻrish mumkin.
Yunonistonda geometrik xossalar faqat kuzatuv va tajriba yoʻli bilangina topilmay,
avvaldan maʼlum xossalardan keltirib chiqarilishi mumkinligi ham payqalgan hamda
deduktiv isbot gʻoyasi rivojlantirilgan (Fales, Pifagor va boshqalar). Bu gʻoyaning choʻqqisi
Yevklidning „Negizlar“ asarida geometriyaning aksiomatik qurilishi boʻldi. Bu kitob
Matematikaning keyingi rivojiga katta taʼsir qildi va XIX asr boshlarigacha mantiqiy
bayonning mukammalligi boʻyicha namuna boʻlib keldi. Yunonlar Matematikani
geometriya bilan tenglashtirib, sanʼat darajasiga koʻtarganlar. Buning natijasida
planimetriya va stereometriya ancha mukammal darajaga yetgan. Faqat 5 xil qavariq
muntazam kupyoqlikning mavjudligi (Platon), kvadratning tomoni bilan diagonali umumiy
oʻlchovga ega emasligi (Pifagor), nisbatlar nazariyasiga asoslangan son tushunchasi
(Evdoks), qamrash usuli bilan egri chiziqli shakllar yuzi va yer uzunligini, jismlar hajmini
hisoblash, Geron formulasi, konus kesimlari (Apolloniy, Pergayos), sterografik proyeksiya
(Ptolemey), geometrik yasashlar va shu munosabat bilan turli egri chiziqlarning
oʻrganilishi yunon geometriyasining taraqqiyot darajasi haqida tasavvur beradi. Yunon
olimlari qoʻygan burchak triseksiyasi, kubni ikkilash, doira kvadraturasi, muntazam
koʻpburchak yasash masalalari XIX asrga kelib oʻz yechimini topdi, mukammal va „doʻst“
sonlar haqidagi muammolar esa hamon ochiqligicha qolmoqda. Ayniqsa, Arximed
tadqiqotlarida yunon Matematikasi oʻz davridan juda ilgarilab ketgan — u integral hisob,
ogʻirlik markazi gʻoyalarini qoʻllagan. Yunon olimlari trigonometriyaga oid dastlabki
maʼlumotlarga ham ega boʻlganlar (Gipparx, Ptolemey), Diofantning „Arifmetika“ asarida
sonlar nazariyasiga oid masalalar qaralgan.
Matematikada