175
tasdiqlangan muddatlariga muvofiq tuzilgan grafik asosida ishlab chiqiladi.
Buyumlarni jarayonga kiritish chiqarish kalendar grafigi texnologik jarayon
yakunidan boshlash, ish turlari bo’yicha (yig’ish, sinash, mexanik ishlov berish)
ishlab chiqarish sikli davomiyligi asosida tuziladi.
Seriyali ishlab chiqarishda yil davomida ishlab
chiqariladigan mahsulot
hajmi ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida tugallanmagan ishlab
chiqarish hajmi va nomenklatura o’zgarishlarini e’tiborga olgan holda
rejalashtiriladi.
Ommaviy ishlab chiqarishda ishlab chiqarish dasturi korxona va barcha
asosiy sexlar bo’yicha bir vaqtda tuziladi.
Ishlab chiqarish dasturida quyidagi ko’rsatkichlar rejalashtiriladi:
1.
Mahsulot guruhlari bo’yicha qiymat ifodasidagi mahsulot ishlab
chiqarish hajmi.
2.
Mahsulot
nomenklaturasi va assortimenti, ya’ni iste’molchilar bilan
tuzilgan shartnomalarga asosan mahsulot sortlari, modellari bo’yicha turlari
rejalashtiriladi.
3.
Mahsulot ishlab chiqarish muddatlari.
4.
Tashqi tashkilotlarga koperatsiya aloqalari asosida etkazib beriladigan
yarim fabrikatlar (assortimenti va sifatini e’tiborga olgan holda) hajmi.
Ushbu
talablar asosiy sexlar bilan bir qatorda yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi sex va
xizmatlarga ham tegishli.
5.
Mahsulot sifat ko’rsatkichlarini rejalashtirish.
Ishlab chiqarish dasturi bir yilga kvartallar va oylar bo’yicha taqsimlangan
holda tuziladi. Yillik ishlab chiqarish rejasini kvartallarga taqsimlashda quyidagi
tomonlarga asoslanadi:
1.
Ish o’rinlarini ixtisoslashtirish va ishlab chiqarishni tashkil etish
uslublarini takomillashtirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida bir
turdagi mahsulotlarni kvartallar bo’yicha konsentratsiyalash.
176
2.
4-kvartalda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni reja
yilining bir kvartalida
ham ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va shu orqali ishlab chiqarishni tayyorlash
xarajatlarini qisqartirish
3.
Yangi jihozlarni kiritish kutilayotgan kvartalda mahsulot hajmining
o’sishini rejalashtirish
4.
Mahsulot ishlab chiqarish muddatini ularni yetkazib berish shartnomasida
ko’rsatilgan muddatlar bilan uyunlashtirish
5.
Kvartaldagi ish kunlarini e’tiborga olgan holda taqsimotni oshirish.
Dostları ilə paylaş: