173
Yuqoridagilardan ko’rinadiki mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish
belgilangan strategiya va qo’yilgan vazifalarga korxonada mavjud bo’lgan texnik,
tashkiliy va boshqa imkoniyatlardan to’liq foydalanish
asosida erishishga
yo’naltirilgan iqtisodiy resurslar kompleksi va ichki omillarning o’zaro ta’sir
tizimini ko’zda tutadi.
Buning uchun ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatining muhim
yo’nalishlarini tanlash va asoslash, tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmlarini
o’rnatish, iqtisodiy resurslarga talabni hisoblash zarur. O’z navbatida bular ishlab
chiqarish dasturi va ishlab chiqarish quvvati o’rtasida mutanosiblikni ta’minlash,
ishlar va xizmatlarni bajarish hajmlari va muddatlarini aniqlashtirish, ishlab
chiqarish faoliyatini Operativ yo’naltirish va boshlanich reja ko’rsatkichlarini
korrektirovka qilishni ko’zda tutadi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasida yoritiladigan masalalardan yana
biri ishlab chiqarish jarayoni bayoni hisoblanadi. Rejada ishlab chiqarish shakli
(ommaviy,
seriyali, yakka tartibli), uni tashkil etish uslublari, ishlab chiqarish
texnologik zanjiri, ishlab chiqarish sikli tuzilmasi keltiriladi.
Agar ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir ishlarni subpudratchilar ya’ni
chetdan jalb qilinadigan ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadigan bo’lsa buni biznes
rejada alohida qayd etish lozim. Koperatsiya to’g’risidagi qarorning asoslanishi
hamda subpudratchi tomonidan etkazib beriladigan qismlar va yarim fabrikatlarni
ishlab
chiqarish xarajatlari, tashib keltirish, nazorat nuqtai nazaridan aniq
hamkorlarni tanlashni asoslash bayon etiladi.
Biznes rejada sub’udratchi firmalarni nomi, manzili, ular tomonidan
bajariladigan ishlar turi va shartlari ko’rsatiladi.
Bo’lim ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot
tannarxini hisoblash bilan
tugallanadi. Bo’limga ishlab chiqarilgan mahsulot kalkulyatsiyasi va ishlab
chiqarish harajatlari smetasining barcha moddalari bo’yicha hisoblar ilova qilinadi.