Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


СБОРНИК ЗАДАЧ ПО ПРЕДМЕТУ: «БИЗНЕС ПЛАНИРОВАНИЕ»



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

СБОРНИК ЗАДАЧ ПО ПРЕДМЕТУ: «БИЗНЕС ПЛАНИРОВАНИЕ»
288 
ТИПОВЫЕ БИЗНЕС ПЛАНЫ, РАЗРАБОТАННЫЕ ПО ПРЕДМЕТУ 
«БИЗНЕС ПЛАНИРОВАНИЕ»
314 
ГЛОССАРИЙ
342 
ОБЩИЙ ТЕСТЫ ПО ПРЕДМЕТУ «БИЗНЕС ПЛАНИРОВАНИЕ» 
349 
УКАЗАНИЕ ПО СОСТАВЛЕНИЮ БИЗНЕС ПЛАНА 
399 
СПИСОК ИСПОЛЬЗОВАННОЙ ЛИТЕРАТУРЫ 
409 


12 
KIRISH 
O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor 
yo’nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori 
malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, 
oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg’or ta’lim texnologiyalariga asoslangan 
holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bugungi mehnat 
bozoriga kadrlarni taqdim etish borasidagi ustivor vazifalardan biri bo’lib 
qolmoqda. 
Hozirgi kunda oliy ta’lim sohasi oldida turgan eng muhim masalalardan biri 
– bu, ta’lim sifati va baholash tizimini takomillashtirish hamda raqobatbardosh 
kadrlarni 
tayyorlash 
hisoblanadi. 
SHuningdek,iqtisodiy 
islohotlarni 
chuqurlashtirish, aholining turmush farovonligini oshirish zaruriyati insonlardan 
yangicha iqtisodiy fikrlashni talab qiladi. Bu esa ularda iqtisodiy bilimlarni 
o’zlashtirish zaruriyatini keltirib chiqarali. Xususan, 2019 yil 8 oktyabrda 
tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi 
oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash 
to’g’risida”gi PF-5847-sonli farmoniga asosan ilm-fanni yangi bosqichga 
ko’tarish ustivor vazifa sifatida belgilanganligi malakali kadrlarni tayyorlashga
yangi talablarni qo’yadi. Ayniqsa, mamlakatimizda iqtisodiy sohada yuqori 
malakali kadrlarni tayyorlashga bo’lgan ehtiyojni qondirish masalasi muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. CHunki, O’zbekistonni yuqori darajadagi industrlashgan 
mamlakatga aylantirish masalasining ilgari surilishi oliy ta’limda tayyorlanayotgan 
kadrlarning bilimi va ko’nikmalariga yuqori darajadagi talablarni 
qo’yadi.Tayyorlanayotgan kadrlar mamlakat iqtisodiyotida turgan dolzarb 
muammo va masalalarni hal qila olish hamda asoslangan qarorlarni qabul qilish 
ko’nikmalariga ega bo’lishi zarurdir. Zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish
qoidalarini va shakllarini hamda usullarini mukammal o’zlashtirgan,har qanday 
iqtisodiy jarayonlarga to’g’ri baho beradigan,iqtisodiyot oldida turgan muammolar 
yechimini hal qila oladigan mutaxassisgina mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishni 
ta’minlaydi.


13 
Ushbu tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan vazifani hal etishda mazkur 
darslik alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, unda mehnat sarflarini, natijalarni va 
xarajatlarni rejalashtirish usul va tartibotlari bayon etiladi. Darslikda tadbirkorlik 
faoliyatini asoslash, tashkil etish, tartibga solish va amalga oshirish quroli 
hisoblangan biznes rejani tuzish bo’yicha ham nazariy, ham amaliy tushunchalar 
beriladi. 
Korxona rejasi va uning bo’limlari qanchalik sinchkovlik bilan ishlab 
chiqilgan bo’lsa, uni bajarish shunchalik yengillashadi, resurslar kamroq talab 
qilinadi hamda ish sifati yuqori darajada bo’ladi. 
Rejalashtirish nafaqat ishlab chiqarish jarayonini oqilona tashkil etish asosi, 
balki iqtisodiy resurslardan foydalanish me’yorlarini o’rnatish asosi bo’lib ham 
hisoblanadi. Rejalashtirish “nimani, qachon va kim uchun ishlab chiqarish kerak” 
degan savolni hal qilish bilan birga, faoliyatni tartibli ravishda amalga oshirishni 
ta’minlaydi. Rejalashtirish mazmunini qo’yilgan maqsadni amalga oshirish uchun 
yo’nalishlarni belgilash hamda vazifalarni aniqlashtirish, harakatlarni va 
vositalarni tanlash tashkil etadi. Ayniqsa hozirgi sharioitlarda rejalashtirishning 
ahamiyati tobora oshib bormoqda. U moliyaviy mablag’larning istiqbolligini 
asoslash, investitsion loyihalar samaradorligini baholash, yangifaoliyat turini ham 
hisob kitoblar, grafiklar, jadvallar asosida ifodalash quroliga aylanmoqda. 
Mazkur darslik O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim 
vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Biznesni rejalashtirish” fan dasturi va o`quv 
rejasiga mos ravishda tayyorlangan. Darslik “Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishi 
bo’yicha tahsil oluvchi talabalarga hamda rejalashtirish bilan qiziquvchilar uchun
mo`ljallangan. 


14 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin