Islom ta’limoti



Yüklə 100 Kb.
səhifə4/4
tarix27.04.2023
ölçüsü100 Kb.
#103675
1   2   3   4
Bahouddin Naqshband ta’limotida tarbiyaviy-axloqiy qarashlar.

5. Yodkard (eslash, zikr etish) – Allohni yod etib, boshqa narsalardan ko’ngilni uzish. Naqshbandiyada bu zikrning usuli quyidagichadir: murid o’zini huzur ichra shayxining ko’ngli ro’parasida tasavvur qilib, ko’zi – og’zini yopadi, tilini tanglayiga yopishtirib, tishlarini bir-biriga jipslab, nafas olmay, xoksorlik bilan qalban «kalimai tavhid»ni zikr qiladi. Bir nafas olib – chiqarishda uch daf’a zikr etishga urinadi va hokazo.
Naqshbandiya tariqatining eng mashhur shahobchalari: ahroriya, mazhariya, mujaddidiya va xolidiya. Mujaddidiyaning asoschisi Ahmad as-Sirhindiy Ibn Arabiyning vahdat al-vujud falsafasini tanqid qilib, vahdati ash-shuhudni yoqlab chiqqan. Sunniylik aqidasiga zid kelmaydigan tasavvufiy tushunchaga ega bo’lgan Imom Rabboniyning eng mashhur asari «Maktubot» turkchaga ilk bor Mustaqimzoda Sulaymon Sa’diddin tomonidan o’girilgan va Istambulda nashr etilgan.


Yasaviya tariqati. Shayx Ahmad Yasaviy (v. 1166-67 y.) va uning shogirdlari nomi bilan bog’liqdir. Ahmad Yasaviy sufiylik tariqatining targ’ibotchisi bo’lish bilan birga shoir ham edi. Yasaviy g’oyalari bir necha marotaba turli tahrirda nashr etilgan «Devoni hikmat»da jamlangan. Ammo, tadqiqotchilar orasida uning Yasaviyga taalluqliligi ilmiy muammo sifatida bahs etilayapti. Uning fikricha, dunyoning noz-ne’matlarini so’ragan kishi sufiy emas, balki zuhd va taqvoni ixtiyor etib, umrini toat-ibodatda hamda yig’i bilan o’tkazgan kishi asl sufiydir. Uning «hikmatlar»i xalq orasida keng tarqalgan.
By tariqat asoschisi Xoja Ahmad Yasaviy bugungi Qozog’istonning janubidagi Chimkent viloyati, Sayram qishlog’ida dunyoga kelgan. Ba’zi manbalarga qaraganda, u Yasida (hozirgi Turkiston) tavallud topgan. Rivoyatlarga ko’ra, bu yerda u Arslon-bob ismli mashhur shayxning xayrli duosiga erishgan. Oddiy xalq ommasi anglaydigan uslubda sufiyona hikmatlari, she’rlari bilan atrofdagi odamlarni xaq yo’lga chaqiradi, ularning ma’naviyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi She’r-hikmatlari «Devoni xikmat» nomi ostida kitob holiga keltirilgan. Ahmad Yasaviy hayotligidayoq uzoq o’lkalarga muridlarini jo’natib, o’z tariqatini keng tarqatishga harakat qildi. Yasaviy riyozat, chilla, zikr va mujohadaga kuchli ahamiyat berib, hayotining aksari qismini chillaxonada o’tkazdi. Uning hayoti va karomatlari haqida ko’plab manoqiblar saqlanib qolgan.
Yasaviy tariqatida jahriy zikr ijro etiladi. Zikr chog’ida darvishning tomog’idan arraning tovushi kabi ovoz chiqqani uchun Yasaviya zikriga «zikri arra», «zikri minshoriy» deyiladi. Bu zikr quyidagicha ijro etiladi: darvish ikki qo’lini tizzasi ustiga qo’yib, nafasini qorniga chiqarib «ha» deb, yana qorni tomonidan nafas olib bosh, bel, yelka qimirlamagan holda «Hayy» deydi va zikr shu tarzda davom etadi. Zikrning 12 zarb turi ma’lumdir. Yasaviylikda xilvatga ham katta ahamiyat beriladi.
Bu tariqatda muhim o’rin tutgan asoslar quyidagilardan iborat: Allohni tanish (ma’rifatulloh), mutlaq jo’mardlik, rostgo’ylik, o’zini Allohga topshirish (tavakkul) va teran tafakkur.
Yasaviya tariqati, asosan, sunniy e’tiqodiga amal qilish bilan birga Xuroson malomatiya maktabidan biroz ta’sirlangani sababli, terma madaniyat asosiga ega. Uning xususiyatlari keyinchalik yuzaga kelgan ko’plab tariqatlarda aks etgan. Hatto Naqshbandiyani Yasaviyaning bir shahobchasi deb biluvchilar ham bor. Ahmad Yasaviyning eng mashhur xalifalaridan Sulaymon Hakim ota Boqirg’oniy (v. 1186 y.), Sufiy Muhammad Donishmand az-Zarnuqiy va boshqalar ma’lum.

XULOSA

Bu tariqatning asoschisi – shayx Najmiddin Kubro al-Xivaqiy (v. 1221 y.) bo’lib, tasavvuf tarixidagi eng yorqin siymolardan biridir. Xivada tug’ilgan. Yoshligida diniy ilmlarni egallagan. Ayniqsa, hadis ilmida tengi yo’q edi. Turli o’lkalarni kezgan. Misrda shayx Ruzbihon al-Misriy bilan tanishib, unga murid bo’lgan. Qattiq riyozatlar natijasida murshidining tavajjuhiga erishib, uning qiziga uylangan. Bundan keyin u Ammor Yosirga murid bo’lgan, uning tavsiyasi bilan esa Ismoil Kasriy dargohiga kirgan va u yerdan «xirqai tabarruk» kiygan. Yana Misrga – shayxining yoniga – qaytgan Kubro, shayxi tomonidan o’z vatani Xorazmga irshod vazifasi bilan jo’natiladi. Kubro Xorazmga ko’chib borib, kubraviya-zahabiya tariqatiga asos solgan. Qisqa vaqt ichida atrofdagilarning muhabbatini qozondi, shogirdlar tarbiyalab, voyaga yetkazdi. Chunonchi, Farididdin Attorning ustozi – shayx Najmuddin al-Bag’dodiy bilan «Mirsod al-ibod» asari muallifi mashhur Najmuddin Doya Kubro shogirdlari jumlasidandir. Najmiddin Kubro mo’g’ullar bilan bo’lgan jangda halok bo’lgan.
Yozgan asarlari orasida eng mashhuri «Usuli ashara» risolasi bo’lib, bu asar barcha tariqatlarga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Ismoil Xaqqiy Bursaviy tomonidan sharh etilgan. «Favoihul jamol» asari esa tasavvuf ruhshunosligi (psixologiyasi) mavzusidadir. Kubroning asarlari Eron, Kichik Osiyo va Hindistondagi tariqat muhitlariga kuchli ta’sir qilgan. Chunonchi, bu tariqat naqshbandiya va mavlaviya tariqatlariga ham ta’sir ko’rsatgan.
Kubraviya ko’proq O’rta Osiyo, Rossiya va Eron mamlakatlarida keng tarqalgan. Kubraviyaning o’ziga xos jihatlari chordona qurib, jahriy zikr qilish. Uning tariqat silsilasi Ali ibn Abi Tolibga borib ulanadi. Tariqat asoslari «Usuli ashara» asarida tavsif etilgan. Kubraviyaning mashhur shahobchalari quyidagilar: baho’iya xilvatiya, firdavsiya, nuriya, rukniya, hamadoniya, nurbaxshiya, barzanjiya.
Yüklə 100 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin